Umarkulov Zabur Zafarjonovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Jigar exinokokkozi va uning asoratlangan shakllarida miniinvaziv videoendoskopik hamda navigatsion-punksion usullarning jarrohlikdagi ahamiyati», 14.00.27 – Xirurgiya; 14.00.19 – Klinik radiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.DSc/Tib1448.
Ilmiy rahbarlar: Davlatov Salim Sulaymonovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xamidov Obid Abduraxmanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi DSc.06/2025.27.12.Tib.17.03 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Abduraxmonov Ma'mur Mustafaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xodjibekova Yulduz Maratovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Daminov Feruz Asadullaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Rossiya Federatsiyasi Fuqaro mudofaasi, favqulodda vaziyatlar va tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish vazirligining "A.M. Nikiforov nomidagi Butunrossiya shoshilinch va radiatsiya tibbiyoti markazi" Federal Davlat Byudjet Muassasasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: miniinvaziv endovideoxirurgik hamda punksion-navigatsion texnologiyalarni ustuvor qo‘llash orqali jigar exinokokkozi va uning asoratlangan shakllarini jarrohlik yo‘li bilan davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jigar exinokokkozining asoratlangan shakllarida UZI, KT, MRT va RPXG usullarini izchil qo‘llash asosida kista turi, lokalizatsiyasi, o‘lchami va asorat xarakteriga ko‘ra ob’ektiv tanlov algoritmi ishlab chiqilib, kista turi va topik xususiyatlari 100% aniqlik bilan verifikatsiya qilingan hamda bemorlarning 65,3% da miniinvaziv endovideoxirurgik yoki navigatsion-punksion usullarga o‘tish isbotlangan;
dopplerografiya yordamida kista diametri 10 sm dan oshganda jigar gemodinamikasining patologik o‘zgarishi – hajmiy qon oqimining 410 ml/daqgacha pasayishi – aniqlangan va darvoza venasi bo‘yicha 480 ml/daqdan past qon oqimi operatsiyadan keyingi xavfning mustaqil prediktori ekanligi parazitar jarayon natijasida yuzaga keladigan qon aylanishi buzilishi, bilier etishmovchilik va oksidant toksiemiya bilan birgalikda asoslangan;
yiringli-xolangiogen asoratlarda endogen intoksikatsiya ko‘rsatkichlariga (bilirubin 174,4±45,2 mkmol/l) asoslangan ikki bosqichli taktika – dastlab punksion sanatsiya, so‘ngra radikal jarrohlik – joriy etilib, malotravmatik usullarni yakkuniy davolash yoki dastlabki sanatsiya bosqichi sifatida qo‘llash imkonini bergan va asoratlar chastotasi 24,1% dan 8,1% ga kamaytirilgani aniqlangan;
albendazolning gepatotoksik ta'sirini kamaytiruvchi gepatoprotektor himoyasidagi kimyoterapiya sxemasi ishlab chiqilib, miniinvaziv texnologiyalar bilan birgalikda qo‘llash natijasida residivlar chastotasi 12,3% dan 6,7% ga sezilarli darajada kamaytirilgan va davolash samaradorligi isbotlangan;
miniinvaziv texnologiyalar va gepatoprotektor kimyoterapiyani ustuvor qo‘llashga asoslangan differensiallashgan jarrohlik taktikasi joriy etilib, Clavien–Dindo bo‘yicha operatsiyadan keyingi asoratlar 24,1% dan 8,1% ga va residivlar 12,3% dan 6,7% ga kamaytirilgan hamda letal holatlar to‘liq bartaraf etilgani aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy etilishi.
Jigar exinokokkozi va uning asoratlangan shakllarida miniinvaziv videoendoskopik hamda navigatsion-punksion usullarni qo‘llab davolash natijalarini yaxshilash bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida (O‘zbekiston Respublikasi SSV huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 28.06.2026 y. 05/02-son xulosasi):
birinchi ilmiy yangilik: jigar exinokokkozining asoratlangan shakllarida UZI, KT, MRT va RPXG usullarini izchil qo‘llash asosida kista turi, lokalizatsiyasi, o‘lchami va asorat xarakteriga ko‘ra ob’ektiv tanlov algoritmi ishlab chiqilib, kista turi va topik xususiyatlari 100% aniqlik bilan verifikatsiya qilingan hamda bemorlarning 65,3% da miniinvaziv endovideoxirurgik yoki navigatsion-punksion usullarga o‘tish isbotlangan/ Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Samarqand bekati birlashgan kasalxonasi (12.11.2025 y. 50-son buyrug‘i), Termiz shahar tibbiyot birlashmasi (24.11.2025 y. 3710-son buyrug‘i), Navoiy viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (27.11.2025 y. 110-son buyrug‘i) hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Jizzax viloyati filiali (18.11.2025 y. 149-son buyrug‘i) amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: Obektiv tanlov algoritmini joriy etish natijasida bemorlarning 65,3% ida an’anaviy ochiq jarrohlikdan miniinvaziv usulga o‘tish ta’minlandi, bu esa operatsion travmatizmni sezilarli kamaytiradi, erta reabilitatsiyani tezlashtiradi va bemorlarning hayot sifatini yaxshilaydi. Jarrohlik taktikasini individuallashtirish orqali tanlov xatolarining oldi olinadi hamda davolashning xavfsizligi oshadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Bemorlarning 65,3% ida miniinvaziv usulga o‘tish statsionarda davolanish muddatini an’anaviy ochiq jarrohlikka nisbatan o‘rtacha 4–6 kunga (30–35%) qisqartiradi. Bir koyko-kun o‘rtacha 250000 so‘m deb hisoblanganda, har bir bemor hisobiga 1000000–1500000 so‘m tejamkorlik ta’minlanadi. Yiliga 100 ta bemorda qo‘llanilganda yillik iqtisodiy samaradorlik 100–150 mln so‘mni tashkil etadi. Xulosa: Obektiv tanlov algoritmini joriy etish miniinvaziv usullar qo‘llashni kengaytiradi, jarrohlik travmatizmini kamaytiradi hamda sezilarli iqtisodiy samara keltiradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: dopplerografiya yordamida kista diametri 10 sm dan oshganda jigar gemodinamikasining patologik o‘zgarishi – hajmiy qon oqimining 410 ml/daqgacha pasayishi – aniqlangan va darvoza venasi bo‘yicha 480 ml/daqdan past qon oqimi operatsiyadan keyingi xavfning mustaqil prediktori ekanligi parazitar jarayon natijasida yuzaga keladigan qon aylanishi buzilishi, bilier etishmovchilik va oksidant toksiemiya bilan birgalikda asoslangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Samarqand bekati birlashgan kasalxonasi (12.11.2025 y. 50-son buyrug‘i), Termiz shahar tibbiyot birlashmasi (24.11.2025 y. 3710-son buyrug‘i), Navoiy viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (27.11.2025 y. 110-son buyrug‘i) hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Jizzax viloyati filiali (18.11.2025 y. 149-son buyrug‘i) amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: Dopplerografik xavf prediktorlarini joriy etish operatsiyadan oldingi davrda yuqori xavfli bemorlarni erta aniqlash va ularga individuallashtirilgan tayyorgarlik o‘tkazish imkonini beradi. Bu esa operatsiyadan keyingi asoratlar chastotasini sezilarli kamaytiradi hamda jarrohlik aralashuv xavfsizligini oshiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Xavf prediktorlari asosida operatsiyadan oldingi tayyorgarlikni optimallashtirish operatsiyadan keyingi asoratlarni bartaraf etish va qayta aralashuvlar sonini kamaytiradi, har bir bemor hisobiga davolash xarajatlarida 1200000–1800000 so‘m miqdorida tejamkorlikka erishiladi. Xulosa: Dopplerografik xavf prediktorlarini joriy etish yuqori xavfli bemorlarni erta tanlash va davolashni optimallashtirish imkonini beradi, bu esa jarrohlik xavfsizligini sezilarli oshiradi.
uchinchi ilmiy yangilik: yiringli-xolangiogen asoratlarda endogen intoksikatsiya ko‘rsatkichlariga (bilirubin 174,4±45,2 mkmol/l) asoslangan ikki bosqichli taktika – dastlab punksion sanatsiya, so‘ngra radikal jarrohlik – joriy etilib, malotravmatik usullarni yakkuniy davolash yoki dastlabki sanatsiya bosqichi sifatida qo‘llash imkonini bergan va asoratlar chastotasi 24,1% dan 8,1% ga kamaytirilgani aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Samarqand bekati birlashgan kasalxonasi (12.11.2025 y. 50-son buyrug‘i), Termiz shahar tibbiyot birlashmasi (24.11.2025 y. 3710-son buyrug‘i), Navoiy viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (27.11.2025 y. 110-son buyrug‘i) hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Jizzax viloyati filiali (18.11.2025 y. 149-son buyrug‘i) amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: Ikki bosqichli taktikani qo‘llash yiringli-xolangiogen asoratlar holatida bemorlarning umumiy holatini bosqichma-bosqich barqarorlashtirish, endotoksikozni bartaraf etish hamda radikal jarrohlikka xavfsiz tayyorlash imkonini beradi. Natijada operatsiyadan keyingi asoratlar chastotasi 24,1% dan 8,1% gacha kamaydi, bu bemorlarning hayot sifatini sezilarli yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Asoratlar chastotasining 24,1% dan 8,1% ga kamayishi (16 foiz punkt pasayish) qayta gospitalizatsiya, takroriy jarrohlik aralashuvlar va qo‘shimcha davolash xarajatlarini o‘rtacha 2000000–2800000 so‘mga qisqartiradi. Statsionarda davolanish muddatining qisqarishi hisobiga har bir bemor uchun qo‘shimcha 1200000–1500000 so‘m tejamkorlik ta’minlanadi. Xulosa: Yiringli-xolangiogen asoratlarda ikki bosqichli taktikani qo‘llash operatsion xavfsizlikni oshiradi, asoratlar chastotasini keskin kamaytiradi va sog‘liqni saqlash tizimi uchun sezilarli iqtisodiy samara beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: albendazolning gepatotoksik ta'sirini kamaytiruvchi gepatoprotektor himoyasidagi kimyoterapiya sxemasi ishlab chiqilib, miniinvaziv texnologiyalar bilan birgalikda qo‘llash natijasida residivlar chastotasi 12,3% dan 6,7% ga sezilarli darajada kamaytirilgan va davolash samaradorligi isbotlangan; Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Samarqand bekati birlashgan kasalxonasi (12.11.2025 y. 50-son buyrug‘i), Termiz shahar tibbiyot birlashmasi (24.11.2025 y. 3710-son buyrug‘i), Navoiy viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (27.11.2025 y. 110-son buyrug‘i) hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Jizzax viloyati filiali (18.11.2025 y. 149-son buyrug‘i) amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: Gepatoprotektor vositalar bilan uyg‘unlashtirilgan albendazol ximioterapiya sxemasini joriy etish preparatning jigarga bo‘lgan toksik ta’sirini kamaytiradi, uzoq muddatli terapiyani bemorlar tomonidan yaxshi ko‘tarish imkonini beradi va davolash kursini to‘liq yakunlashni ta’minlaydi. Natijada residivlar chastotasi 12,3% dan 6,7% gacha (45% nisbiy kamayish) pasaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Residivlar chastotasining 12,3% dan 6,7% ga kamayishi takroriy jarrohlik aralashuvlar hamda ularga bog‘liq statsionar davolash xarajatlarini har bir bemor hisobiga o‘rtacha 3500000–4500000 so‘mga qisqartiradi. Gepatoprotektorlarning qo‘shimcha narxi 200000–300000 so‘mni tashkil etgan holda, umumiy iqtisodiy samaradorlik yuqori darajada saqlanib qoladi. Xulosa: Albendazol va gepatoprotektorlar uyg‘unlashgan ximioterapiya sxemasini qo‘llash residivlarni sezilarli kamaytiradi, uzoq muddatli davolashning xavfsizligini oshiradi hamda takroriy jarrohlik xarajatlarini qisqartiradi.
beshinchi ilmiy yangilik: miniinvaziv texnologiyalar va gepatoprotektor kimyoterapiyani ustuvor qo‘llashga asoslangan differensiallashgan jarrohlik taktikasi joriy etilib, Clavien–Dindo bo‘yicha operatsiyadan keyingi asoratlar 24,1% dan 8,1% ga va residivlar 12,3% dan 6,7% ga kamaytirilgan hamda letal holatlar to‘liq bartaraf etilgani aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Samarqand bekati birlashgan kasalxonasi (12.11.2025 y. 50-son buyrug‘i), Termiz shahar tibbiyot birlashmasi (24.11.2025 y. 3710-son buyrug‘i), Navoiy viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (27.11.2025 y. 110-son buyrug‘i) hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Jizzax viloyati filiali (18.11.2025 y. 149-son buyrug‘i) amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: Miniinvaziv texnologiyalar ustuvor qo‘llangan differensiallashgan jarrohlik taktikasini joriy etish natijasida Clavien–Dindo bo‘yicha asoratlar chastotasi 24,1% dan 8,1% ga, residivlar 12,3% dan 6,7% ga kamaytirildi hamda tadqiqot guruhida letal holatlar bartaraf etildi. Bu bemorlarning tiklanish muddatini sezilarli qisqartiradi, mehnat qobiliyatining erta tiklanishini ta’minlaydi hamda jamiyat miqyosida mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Differensiallashgan taktikaning kumulyativ iqtisodiy samaradorligi statsionar davolanish muddatining qisqarishi, asoratlar va residivlarning kamayishi hisobiga har bir bemor uchun o‘rtacha 4500000–6000000 so‘m tejamkorlik keltiradi. Yiliga 150–200 ta bemorda qo‘llanilganda yillik iqtisodiy samaradorlik 700–1200 mln so‘mni tashkil etadi. Xulosa: Miniinvaziv texnologiyalar ustuvor qo‘llangan differensiallashgan taktika jigar exinokokkozining asoratlangan shakllarida eng yaxshi klinik va iqtisodiy natijalarni ta’minlaydi, asoratlar, residivlar va letal holatlar chastotasini sezilarli kamaytiradi.