Karimov Bekzod Raxmatjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Politravmada tayanch harakat tizimi shikastlangan bemorlarga ixtisoslashtirilgan travmatologik yordamni takomillashtirish”, 14.00.40 – Shoshilinch tibbiyot (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib1804.
Ilmiy rahbar: Valiev Erkin Yuldashevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, DSc.06/2025.27.12.Tib.18.01.
Rasmiy opponentlar: Maxkamov Kozim Ergashevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Karimov Murad Yuldashevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Akademik I.P. Pavlov nomidagi Birinchi Sankt-Peterburg davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqodning maqsadi politravma bilan jabrlanganlarda tayanch-harakat tizimi jarohatlarini davolash natijalarini yaxshilash, davolash taktikasini tanlash va osteosintezning kam invaziv usullarini ishlab chiqish, kompyuter dasturlarini joriy etishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yirik segmentlar va chanoq suyaklari sinishlari bilan kechgan politravmali bemorlarda shikastlanish va umumiy ahvoli og‘irligini kompleks baholash uchun ishlab chiqilgan algoritmida shoshilinch va kechiktirib bo‘lmaydigan amaliyotlar ustuvorligini hisobga olgan holda davolash choralarining muddati, hajmi va bosqichliligini asoslash imkonini beruvchi bir qator ob’ektiv mezonlarining prognostik qiymati isbotlangan;
politravmada uzun naysimon suyaklar va chanoq sinishlari bo‘lgan bemorlarda davolash taktikasini tanlash bo‘yicha integratsiyalashgan va bemorning umumiy ahvoli hamda shikastlanish og‘irligini aks ettiruvchi ko‘p omilli parametrlarga asoslangan algoritm siniq turi, shuningdek, ob’ektiv fiziologik ko‘rsatkichlarni birlashtirgan bo‘lib, tayanch-harakat tizimi shikastlanishlarida davolash taktikasi va usullarini miqdoriy darajada asoslab tanlash imkonini bergan;
tayanch-harakat tizimi shikastlanishlari bo‘lgan politravmali bemorlarda DCO - Damage Control Orthopedics zamonaviy davolash konsepsiyasini tanlash va qo‘llash mezonlarining bemorni qabul vaqtida segmentar shikastlanishlar og‘irligi va ularning umumiy ahvolini hisobga olib, maqbul taktikani qo‘llash, bosqichma-bosqich jarrohlik davolash konsepsiyasi asosida kam invaziv usulda barqarorlashtirish, og‘riq sindromini kamaytirish, qon yo‘qotishni cheklash va «ikkilamchi zarba» fenomeni xavfini minimallashtirishi hisobiga samaradorligi isbotlangan;
politravmada bemorlarning davolash taktikasini boshqarish uchun ishlab chiqilgan dasturiy-texnik integral yondashuvning samaradorligi klinik qarorlar qabul qilish jarayonini hamda gospital davrning barcha bosqichlarida jarrohlik stabilizatsiyasining vaqtlari maqbullashtirishi hisobiga isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ushbu tadqiqot natijalari politravma bilan bemorlarga ixtisoslashtirilgan travmatologik yordam ko‘rsatishni takomillashtirishga qaratilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Ilmiy kengashining 2025 yil 6 martdagi №1-sonli bayonnomasi xulosasi).
birinchi ilmiy yangilik: yirik segmentlar va chanoq suyaklari sinishlari bilan kechgan politravmali bemorlarda shikastlanish va umumiy ahvoli og‘irligini kompleks baholash uchun ishlab chiqilgan algoritmida shoshilinch va kechiktirib bo‘lmaydigan amaliyotlar ustuvorligini hisobga olgan holda davolash choralarining muddati, hajmi va bosqichliligini asoslash imkonini beruvchi bir qator ob’ektiv mezonlar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Buxoro (16.04.2025 yildagi 126- sonli buyruq, §1) va Navoiy (05.05.2025 yildagi №71 sonli buyruq) viloyat filiallari amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: mazkur mezonlar shoshilinch davolash choralarining muddati, hajmi va bosqichliligini baholash imkonini berib, optimal davolash taktikasini individual tanlashga sharoit yaratgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: natijada reanimatsion davolash o‘rtacha muddati 7,73 ± 8,09 sutkadan 4,53 ± 6,97 sutkagacha qisqardi, bu esa erta davr kechishining ishonchli darajada qulaylashganini ko‘rsatdi va har bir bemor uchun 6 mln. so‘mdan ortiq moliyaviy mablag‘ tejalishiga erishildi. Xulosa: ishlab chiqilgan va aniqlangan mezonlar mutaxassisga davolash taktikasini belgilash, zarur aralashuvlar, ularning ketma-ketligi va hajmini tanlashda yordam beradi hamda politravmadagi bemorlarda klinik natijalarni yaxshilash orqali og‘ir asoratlarning oldini olishga xizmat qiladi.
ikkinchi ilmiy yangilik: politravmada uzun naysimon suyaklar va chanoq sinishlari bo‘lgan bemorlarda davolash taktikasini tanlash bo‘yicha integratsiyalashgan va bemorning umumiy ahvoli hamda shikastlanish og‘irligini aks ettiruvchi ko‘p omilli parametrlarga asoslangan algoritm Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Buxoro (16.04.2025 yildagi 126- sonli buyruq, §1) va Navoiy (05.05.2025 yildagi №71 sonli buyruq) viloyat filiallariga amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: ishlab chiqilgan algoritm bemorlarning tayanch-harakat tizimi shikastlanishlarida davolash taktikasi va usullarini miqdoriy darajada asoslab tanlash orqali nogironlikni pasaytirishga imkon bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: ko‘p omilli parametrlarga asoslangan algoritm qo‘llanishi xar bir bemor uchun 4 mln so‘mgacha mablag‘ni tejashga imkon yaratadi. Xulosa: taklif etilgan ko‘p omilli parametrlarga asoslangan algoritm asosida bosqichli davolash taktikasida sterjenli tashqi fiksatsiya apparatini qo‘llash jarrohlik aralashuvlari muddati va hajmini optimallashtirishni ta’minlaydi.
uchinchi ilmiy yangilik: tayanch-harakat tizimi shikastlanishlari bo‘lgan politravmali bemorlarda DCO - Damage Control Orthopedics zamonaviy davolash konsepsiyasini tanlash va qo‘llash mezonlarining bemorni qabul vaqtida segmentar shikastlanishlar og‘irligi va ularning umumiy ahvolini hisobga olib, maqbul taktikani qo‘llash, bosqichma-bosqich jarrohlik davolash konsepsiyasi asosida kam invaziv usullar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Buxoro 16.04.2025 yildagi 126- sonli buyruq, §1) va Navoiy (05.05.2025 yildagi №71 sonli buyruq) viloyat filiallari amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: politravma bilan bemorlarda “ikkilamchi zarba” (“second hit”) sindromi rivojlanish xavfini kamaytirish orqali asoratlar chastotasini pasaytirish va og‘ir bemorlarda jarrohlik davolash xavfsizligini oshirishga imkon yaratilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: bemorlarni Damage Control Orthopedics zamonaviy davolash konsepsiyasini tanlash va qo‘llash mezonlar asosida kam invaziv usulda barqarorlashtirish va ikki bosqichli davolash taktikasi asoratlar rivojlanishini 1,5 martaga va umumiy gospitalizatsiya davomiyligini 1,44 martaga kamaytirish orqali har bir bemor uchun o‘rtacha 3,5 mln so‘m tejashga imkon yaratgan. Xulosa: DCO tamoyillarini qo‘llash davolash taktikasini ratsionallashtirish, jarrohlik aralashuvlari xavfsizligini oshirish va klinik natijalarni yaxshilashni ta’minlaydi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: politravmada bemorlarning davolash taktikasini boshqarish uchun ishlab chiqilgan dasturiy-texnik integral yondashuv Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Buxoro (16.04.2025 yildagi 126- sonli buyruq, §1) va Navoiy (05.05.2025 yildagi №71 sonli buyruq) viloyat filiallari amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: ishlab chiqilgan dasturiy-texnik integral yondashuvning samaradorligi bemorlarga qaratilgan tamoyilni yanada takomillashtirish hamda gospital davrning barcha bosqichlarida jarrohlik stabilizatsiyasining vaqtlari maqbullashtirishi bilan ifodalanadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: gospitalizatsiyaning o‘rtacha davomiyligini 18,6±11,9 kundan 12,9±8,4 kungacha (1,44 barobar) qisqartirish hisobiga har bir bemor uchun 3,5 mln. so‘m tejashga imkon yaratdi. Xulosa: politravmada bemorlarning davolash taktikasini boshqarish uchun ishlab chiqilgan dasturiy-texnik integral yondashuvni joriy etish klinik va tashkiliy ko‘rsatkichlarning sezilarli yaxshilanishini, asoratlar chastotasining kamayishini va tibbiy yordam samaradorligining oshishini ta’minlaydi.