Isomov Miraskad Maksudovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Yuz-jag‘ birgalikdagi jarohati bo‘lgan bemorlarning hayot sifatini yaxshilash, tashhislash va davolashni maqbullashtirish, 14.00.21 – Stomatologiya va 14.00.28 – Neyroxirurgiya (tibbiyot fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.DSc/Tib1260.
Ilmiy maslahatchilar: Rizaev Jasur Alimjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Mirzaev Alisher Umurzakovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarkand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.17.02.
Rasmiy opponentlar: Mamadaliev Abduraxmon Mamatkulovich, tibbiyot fanlari doktori, professor, Yusupov Ruslan Dokkaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor Yuldashev Abduazim Abduvalievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Akademik E.A.Vagner nomidagi Perm davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: xayot sifatini baholash orqali yuz-jag‘ birgalikdagi jarohati bo‘lgan bemorlarni davolash natijalarini yaxshilash, zamonaviy kompleks tashhis usullari va differensial davolash taktikasini maqbullashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yuz-jag‘ sohasining qo‘shma jarohatlarida patologik jarayonning og‘irlik darajasi, shikastlanishlar kombinatsiyasining anatomo-klinik xususiyatlari, bemorning yoshi hamda es xush buzilishi ehtimollik nisbati (Odds Ratio - OR) tahlili orqali ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi o‘zaro korrelyasion bog‘liqlik isbotlangan;
yuz-jag‘ travmasi kombinatsiyalangan bemorlarda differensial davolash taktikasining an’anaviy usullarga nisbatan afzalligini baxolash uchun orqali miyaning ikkilamchi gipoksik va ishemik shikastlanish og‘irligini ob’ektiv aniklashga karatilgan APACHE shkalasiga bemorning ong darajasini (Glazgo koma shkalasi — GKSh asosida) integratsiya qilishni kiritilishi orqali o‘tkir fiziologik va surunkali salomatlikni baholash shkalasining qo‘llanilish samaradorligi asoslangan;
mavjud shkalalar yuz-jag‘ sohasi sinishlarining ayrim parametrlarini to‘liq hisobga olmasligi inobatga olgan xolda, yuz-jag‘ sohasining barcha turdagi travmatik sinishlarini qamrab oluvchi jarohatning umumiy og‘irligini yuqori aniqlikda baholash imkonini beradigan xamda, mahalliy anatomik destruksiya, gemodinamik buzilishlar, regionar gipoksiya va neyrogen shok elementlarining o‘zaro patogenetik bog‘liqligini uz ichiga olgan kompleks baholash dasturi ishlab chiqilgan va uning yuqori diagnostik hamda prognostik samaradorligi klinik amaliyotda isbotlangan;
yuz-jag‘ sohasining qo‘shma jarohatlarida mul`tispiral kompyuter tomografiyasi (MSKT), magnitkaresnans tomografiya (MRT), transkranial dopplerografiya (TKDG) hamda akustik stvolik chaqirilgan potensiallar (ASChP) usullarini majmuaviy hamda dinamik ravishda qo‘llash orqali miya to‘qimasining ikkilamchi shikastlanishlarini erta aniqlash va davolash samaradorligini oshirish imkoniyatlari asoslangan;
yuz-jag‘ birgalikdagi jarohati bo‘lgan bemorlarni tashxislash va davolash bo‘yicha zamonaviy instrumental tekshiruv usullari, maxsus baholash shkalalari va kompyuter dasturlari asosida davolash usulini individual tarzda tanlash imkonini beradigan personifisirlangan dastur algoritmi ishlab chikilgan va asoratlar, nogironlik va o‘lim ko‘rsatkichlari kamayishi, statsionarda davolanish muddati qisqarishi hamda bemorlar hayot sifati ko‘rsatkichlari yaxshilanishi, davolash va reabilitatsiya muddatini qisqarishi orkali uning samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2026 yil 28 martdagi 5-sonli yig‘ilish bayonnomasiga asosan Ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tatbig‘i bo‘yicha № 05/20 sonli xulosasiga binoan:
birinchi ilmiy yangilik: yuz-jag‘ sohasining qo‘shma jarohatlarida patologik jarayonning og‘irlik darajasi, shikastlanishlar kombinatsiyasining anatomo-klinik xususiyatlari, bemorning yoshi hamda es xush buzilishi ehtimollik nisbati (Odds Ratio - OR) tahlili orqali ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi o‘zaro korrelyasion bog‘liqlik isbotlangan; Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi: tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan ilmiy-amaliy tavsiyalar mazkur Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ilmiy kengashining 2026-yil 26-yanvardagi 8n-z/19-sonli majlis bayonnomasi bilan tasdiqlangan, "Yuz-jag‘ birgalikda jarohatlari bo‘lgan bemorlarni davolash taktikasi va hayot sifatini baholash algoritmi" uslubiy tavsiyalari tarkibiga kiritilgan. Ishlab chiqilgan uslublar sog‘liqni saqlash amaliyot tizimiga, xususan, Toshkent shahar tez tibbiy yordam klinik shifoxonasi (10.03.2026 yildagi 4386-sonli buyruq), hamda Navoiy viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (05.03.2026 yildagi 22-sonli buyruq) sog‘liqni saqlash amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: klinik jihatdan, MSKT yoki MRT kriteriylari hamda TKDG, AUChP monitoring ma’lumotlari asosida bemorlarni erta tashhislash, zarur bo‘lgan usulni tanlash bo‘yicha ko‘rsatkichlarni aniqlash va davolash natijalari saqlab qolish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: birlashgan yuz-jag‘ jarohati bilan og‘rigan bemorlarni davolashda differensial yondashuvni qo‘llash kasalxonaga yotqizish, qayta operatsiyalar va qo‘shimcha laboratoriya tekshiruvlari sog‘liqni saqlash tizimi uchun sezilarli iqtisodiy samaradorlikni ta’minlagan. Xulosa: differensial konservativ yoki jarrohlik davolash uchun aniq ko‘rsatmalar va klinik, xamda MSKT yoki MRT mezonlari va transkranial dopplerografiya va akustik ustun chaqirilgan potensiallari monitoring ma’lumotlariga asoslangan usulni tanlash klinik amaliyotda davolash natijalarini yaxshiladi, hamda differensial davolash uchun belgilangan muhim kompleks diagnostika mezonlari birlashgan yuz-jag‘ jarohati bilan og‘rigan bemorlarda natijalarning og‘irligi va prognozini obektivlashtirishni tanlash imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: yuz-jag‘ travmasi kombinatsiyalangan bemorlarda differensial davolash taktikasining an’anaviy usullarga nisbatan afzalligini baxolash uchun orqali miyaning ikkilamchi gipoksik va ishemik shikastlanish og‘irligini ob’ektiv aniklashga karatilgan APACHE shkalasiga bemorning ong darajasini (Glazgo koma shkalasi — GKSh asosida) integratsiya qilishni kiritilishi orqali o‘tkir fiziologik va surunkali salomatlikni baholash shkalasining qo‘llanilish samaradorligi asoslangan; Ilmiy yangiligini axamiyati: yuz-jag‘ jarohatlari og‘irlik shkalasi (FISS) hamda o‘tkir fiziologik va surunkali salomatlikni baholash shkalasi (APACHE) ning qo‘llanilish samaradorligi isbotlanib, APACHE shkalasiga ong darajasini (Glazgo koma shkalasi) kiritilishi orqali birgalikdagi jarohatlarni baholash aniqligi oshirilgan va klinik ustunliklarini ilk bor namayon etdi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi: ishlab chiqilgan uslublar sog‘liqni saqlash amaliyot tizimiga ilmiy-amaliy tavsiyalari mazkur Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ilmiy kengashining 2026-yil 26-yanvardagi 8n-z/19-sonli majlis bayonnomasi bilan tasdiqlangan, "Yuz-jag‘ birgalikda jarohatlari bo‘lgan bemorlarni differensial davolash va hayot sifatini baholash algoritmi" uslubiy tavsiyalari tarkibiga kiritilgan. Tadqiqotdan olingan natijalari Toshkent shahar tez tibbiy yordam klinik shifoxonasi (10.03.2026 yildagi 4386-sonli buyruq) hamda Navoiy viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (05.03.2026 yildagi 23-sonli buyruq) sog‘liqni saqlash amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: yuz-jag‘ sohasi travmatik shikastlanishlarini baholash uchun jarohatlarning lokalizatsiyasi, tarqalishi va xususiyatlarini hisobga oluvchi ishlab chiqilgan yangi shkalaning GCS, FISS va APACHE shkalalariga nisbatan bemor ahvolining og‘irligini aniqlash va davolash natijalarini prognoz qilishda xayot sifati ko‘rsatkichlarini ustunligi bilan ijtimoiy samaradorlik ta’minlangan. Iqtisodiy samaradorlik: birgalikda yuz-jag‘ va bosh miya jarohatlari bo‘lgan bemorlarni davolash uchun algoritmdan foydalanish kasalxonaga yotqizish, takroriy operatsiyalar va qo‘shimcha laboratoriya tekshiruvlaridan keyin taklif qilingan algoritmdan foydalanish bilan davolash muddatlari 1.7 martaga qiskartirgan, tibbiy yordam gospitalizatsiyalar soni 2.7 martaga pasaytirgan. Xulosa: bemorlarning ob’ektiv holatini kompleks baholash, takomillashtirilgan diagnostika va jarrohlik davolash usullaridan foydalanish, shuningdek, zamonaviy metodologik yondashuvlar, echimlarining asosliligi yuz-jag‘ jarohatlari bilan og‘rigan bemorlarni tashxislash va differensial davolash hamda klinik natijalarni optimallashtirish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: mavjud shkalalar yuz-jag‘ sohasi sinishlarining ayrim parametrlarini to‘liq hisobga olmasligi inobatga olgan xolda, yuz-jag‘ sohasining barcha turdagi travmatik sinishlarini qamrab oluvchi jarohatning umumiy og‘irligini yuqori aniqlikda baholash imkonini beradigan xamda, mahalliy anatomik destruksiya, gemodinamik buzilishlar, regionar gipoksiya va neyrogen shok elementlarining o‘zaro patogenetik bog‘liqligini uz ichiga olgan kompleks baholash dasturi ishlab chiqilgan va uning yuqori diagnostik hamda prognostik samaradorligi klinik amaliyotda isbotlangan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: yuz-jag‘ birgalikdagi jarohati bo‘lgan bemorlarni davolashda klinik kechish xususiyatlari asosida taklif qilingan optimal kompleks tashxis yondoshuvi dasturi jarrohlik yoki konservativ davolash uchun ko‘rsatkichlarni standartlashtirishga olib keldi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi: tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan ilmiy-amaliy tavsiyalar Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ilmiy kengashining 2026-yil 26-yanvardagi 8n-z/19-sonli majlis bayonnomasi bilan tasdiqlangan "Yuz-jag‘ sohasi sinishi shkalasi va yuz-jag‘ jaroxatlari bo‘lgan bemorlarda hayot sifatini baholash" uslubiy tavsiyalari tarkibiga kiritilgan. Ishlab chiqilgan uslublar sog‘liqni saqlash amaliyot tizimiga, xususan, Toshkent shahar tez tibbiy yordam klinik shifoxonasi (10.03.2026 yildagi 4386-sonli buyruq) hamda Navoiy viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (05.03.2026 yildagi 24-sonli buyruq) sog‘liqni saqlash amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: yuz-jag‘ sohasi travmatik shikastlanishlarini baholash uchun jarohatlarning lokalizatsiyasi, tarqalishi va xususiyatlarini hisobga oluvchi ishlab chiqilgan yangi shkalaning GCS, FISS va APACHE shkalalariga nisbatan bemor ahvolining og‘irligini aniqlash va davolash natijalarini prognoz qilishda ustunligi bilan belgilanadi, hamda sog‘liqni saqlash tizimiga tushadigan ijtimoiy-iqtisodiy yukni pasaytirish imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: Yuz-jag‘ va bosh miya jarohatlari bilan og‘rigan bemorlarni davolashda yuz-jag‘ sinishi shkalasidan foydalanish kasalxonaga yotqizish, takroriy operatsiyalar va qo‘shimcha laboratoriya tekshiruvlari xarajatlarini kamaytiradi. Davolashda taklif qilingan yuz-jag‘ sinishi shkalasidan foydalanilganda, kasalxonada yotish muddati 2-3 kunga qisqartirdi, davolash kurslari hamda kuzatuv davomiyligini kamaytirish hisobiga umumiy davolash xarajatlarini o‘rtacha 27,5 % ga pasayishiga olib kelgan. Xulosa: yuz-jag‘ jaroxatlari bilan og‘rigan bemorlarni davolashda taklif qilingan optimallashtirilgan majmuiy tashhislash yondashuvi klinik kechish xususiyatlariga asoslanib, jarrohlik yoki konservativ davolash usullarini tanlash ko‘rsatmalarini standartlashtirish hamda yuz-jag‘ jaroxatlari bilan og‘rigan bemorlarni tashxislash va davolash mezonlari, bemorlarning xususiyatlari, klinik kechishi va jarohatning og‘irlik darajasini oldini olish va xayot sifati ko‘rsatkichlari hisobga olgan holda erishish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: yuz-jag‘ sohasining qo‘shma jarohatlarida mul`tispiral kompyuter tomografiyasi (MSKT), magnitkaresnans tomografiya (MRT), transkranial dopplerografiya (TKDG) hamda akustik stvolik chaqirilgan potensiallar (ASChP) usullarini majmuaviy hamda dinamik ravishda qo‘llash orqali miya to‘qimasining ikkilamchi shikastlanishlarini erta aniqlash va davolash samaradorligini oshirish imkoniyatlari asoslangan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: mazkur usullar bosh miyadagi ikkilamchi patologik o‘zgarishlarni erta aniqlash va davolash taktikasini optimal tanlash imkonini berishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi: ishlab chiqilgan uslublar sog‘liqni saqlash amaliyot tizimiga, xususan, Toshkent shahar tez tibbiy yordam klinik shifoxonasi (10.03.2026 yildagi 4386-sonli buyruq), hamda Navoiy viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (05.03.2026 yildagi 24-sonli buyruq) sog‘liqni saqlash amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: klinik jihatdan, MSKT yoki MRT kriteriylari hamda TKDG, AUChP monitoring ma’lumotlari asosida bemorlarni erta tashhislash, zarur bo‘lgan usulni tanlash bo‘yicha ko‘rsatkichlarni aniqlash va davolash natijalari saqlab qolish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: birlashgan yuz-jag‘ jarohati bilan og‘rigan bemorlarni davolashda differensial yondashuvni qo‘llash kasalxonaga yotqizish, qayta operatsiyalar va qo‘shimcha laboratoriya tekshiruvlari sog‘liqni saqlash tizimi uchun sezilarli iqtisodiy samaradorlikni ta’minlagan. Xulosa: differensial konservativ yoki jarrohlik davolash uchun aniq ko‘rsatmalar va klinik, xamda MSKT yoki MRT mezonlari va transkranial dopplerografiya va akustik ustun chaqirilgan potensiallari monitoring ma’lumotlariga asoslangan usulni tanlash klinik amaliyotda davolash natijalarini yaxshiladi, hamda differensial davolash uchun belgilangan muhim kompleks diagnostika mezonlari birlashgan yuz-jag‘ jarohati bilan og‘rigan bemorlarda natijalarning og‘irligi va prognozini obektivlashtirishni tanlash imkonini bergan.
beshinchi ilmiy yangilik: yuz-jag‘ birgalikdagi jarohati bo‘lgan bemorlarni tashxislash va davolash bo‘yicha zamonaviy instrumental tekshiruv usullari, maxsus baholash shkalalari va kompyuter dasturlari asosida davolash usulini individual tarzda tanlash imkonini beradigan personifisirlangan dastur algoritmi ishlab chikilgan va asoratlar, nogironlik va o‘lim ko‘rsatkichlari kamayishi, statsionarda davolanish muddati qisqarishi hamda bemorlar hayot sifati ko‘rsatkichlari yaxshilanishi, davolash va reabilitatsiya muddatini qisqarishi orkali uning samaradorligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Ishlab chiqilgan tashxislash, oldindan bilish va differensial davolash tizimini amaliyotga joriy etish natijasida asoratlar, nogironlik va o‘lim ko‘rsatkichlari kamayishi, statsionarda davolanish muddati qisqarishi hamda bemorlar hayot sifati ko‘rsatkichlari yaxshilanishi ilmiy jihatdan isbotlangan. Shunday qilib, ishlab chiqilgan diagnostika, prognozlash va differensial davolash tizimini amaliyotga joriy etish asoratlar va noqulay natijalar chastotasini kamaytirishi, statsionarda davolanish muddatini qisqartirishi, tibbiy yordam samaradorligini oshirishi hamda bemorlar hayot sifati ko‘rsatkichlarini sezilarli yaxshilashi kuzatildi. Ijtimoiy samaradorligi: yuz-jag‘ sohasi travmatik shikastlanishlarini baholash uchun jarohatlarning lokalizatsiyasi, tarqalishi va xususiyatlarini hisobga oluvchi ishlab chiqilgan yangi shkalaning xavfini minimallashtirgan, bu esa bemorlarning to‘liq kasbiy va ijtimoiy reabilitatsiyasiga xizmat qilgan. Iqtisodiy samaradorligi: Yuz-jag‘ va bosh miya jarohatlari bilan og‘rigan bemorlarni davolashda yuz-jag‘ sinishi shkalasidan foydalanish kasalxonaga yotqizish, takroriy operatsiyalar va qo‘shimcha laboratoriya tekshiruvlari xarajatlarini kamaytirib, har bir bemor hisobiga 3 757 000 so‘m, surunkali xolatida esa 2 577 000 so‘m iqtisodiy samaraga erishilgan. Xulosa: yuz-jag‘ birgalikdagi jarohati bilan kasallangan bemorlarni kasallik shakli va darajalarini kompleks xususiyatlarini hisobga olgan holda olib borishning ishlab chiqilgan differensial taktikasi davolashga tizimli yondashuvni ta’minlagan, dinamik neyrovizualizatsiya, ul`tratovush va neyrofiziologik tekshiruvlarni olib borish orqali asoratlar va noxush oqibatlar rivojlanishini kamaytirilgan va davolashdan keyin hayot sifatini yaxshilash, hamda klinik natijalarni optimallashtirgan.