Gulomov Furkat Kayyumovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Asoratlangan o‘t tosh kasalligida jigardan tashqari o‘t yo‘llari shikastlanishlarini jarrohlik yo‘li bilan davolashning kompleks tizimi», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2026.1.DSc/Tib1520.
Ilmiy maslaxatchi: Xamdamov Baxtiyor Zarifovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instiuti, DSc.06/2025.27.12.Tib.05.03
Rasmiy opponentlar: Abduraxmanov Mamur Mustafaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor, Muslimov Gurbanxon Falati oglu, tibbiyot fanlari doktori, professor (Ozarbayjon Respublikasi), Kurbaniyazov Zafar Babajanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: zararlanish darajasini, jarrohlik aralashuv taktikasini va takomillashtirilgan laparoskopik rekonstruksiya usullarini tanlashni birlashtirgan algoritmni ishlab chiqib uni joriy etish orqali asoratlangan o‘t-tosh kasalligida jigardan tashqari o‘t yo‘llarining shikastlanishlarini jarrohlik davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor asoratlangan o‘t-tosh kasalligida, o‘t yo‘llari devoridagi yallig‘lanishli-fibrozli o‘zgarishlar darajasini va ularning biliar gipertenziyaning shakllanishidagi rolini va laparoskopik aralashuvlarning texnik qiyinchiliklarini raqamli tavsiflash imkonini berib, jigardan tashqari o‘t yo‘llarining shikastlanishlarini kompleks klinik - morfologik va patogenetik tahlili o‘tkazish asoslangan;
kasallikning yallig‘lanishli - infiltrativdan fibrozlanish bosqichiga o‘tishini tavsiflovchi, CD31 bo‘yicha tomir zichligining pasayishida α-SMA va kollagen I/III ning ekspressiyasining yaqqol ifodalangan darajada oshishi bilan namoyon bo‘luvchi, jigardan tashqari o‘t yo‘llari devorini tarkibiy qayta qurilishining morfologik va immunogistokimyoviy qonuniyatlari aniqlangan;
shikastlanishning morfofunksional, biokimyoviy va klinik parametrlari o‘rtasidagi korrelyasion o‘zaro aloqalar aniqlanib: bilirubin darajasi r=0,732), ishqoriy fosfataza faolligi(r=0,769), umumiy o‘t yo‘lining diametri (r=0,653) va striktura uzunligi (r=0,714) fibrozning ifodalanganligi va operatsiyaning texnik murakkabligi darajasi (r=0,748) bilan ishonarli darajada bog‘liqligi isbotlangan;
endotelial disfunksiya, gipoksiya, miofibroblastlarning faollashuvi va kollagenli remodellanishning izchil rivojlanishini aks ettiruvchi jigardan tashqari o‘t yo‘llarining yallig‘lanishli-fibrozli jarayoni progressiyalanishining patogenetik modeli shakllantirilib, bu asoratlangan o‘t-tosh kasalligida rigidlik va o‘t yo‘llari stenozining shakllanish mexanizmlarini ochish imkonini berishi isbotlangan;
ilk bor jarrohlik taktikasining yo‘nalishini va laparoskopik aralashuvning optimal ko‘lamini tanlashni belgilaydigan jigardan tashqari o‘t yo‘llarining shikastlanishining og‘irligini ob’ektiv bashoratlash va integral tashxisot mezonlarini ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tadbig‘i bo‘yicha 2026 yil 20-apreldagi 06/02 – son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor asoratlangan o‘t-tosh kasalligida, o‘t yo‘llari devoridagi yallig‘lanishli-fibrozli o‘zgarishlar darajasini va ularning biliar gipertenziyaning shakllanishidagi rolini va laparoskopik aralashuvlarning texnik qiyinchiliklarini raqamli tavsiflash imkonini berib, jigardan tashqari o‘t yo‘llarining shikastlanishlarini kompleks klinik - morfologik va patogenetik tahlili o‘tkazish asoslangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: asoratlangan o‘t-tosh kasalligida jigardan tashqari o‘t yo‘llaridagi yallig‘lanishli-fibrozli o‘zgarishlarning klinik-morfologik va patogenetik xususiyatlari aniqlanib, ularning biliar gipertenziya, o‘t yo‘llari rigidligi va stenozlari shakllanishidagi roli asoslab berilgan. Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy etilishi: tadqiqot natijalari RShTYoIM Navoiy filialida (10.01.2026-y.,№1-sonli Buyruq), RShTYoIM Sirdaryo filialida (05.01.2026-y., 5/2-sonli Buyruq) hamda RShTYoIM Namangan filialida (08.01.2026-y., 4s / t 10-sonli buyruq) amaliyotga tadbiq etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: morfofunksional mezonlarning joriy etilishi o‘t yo‘llari shikastlanishlari tashxisotining aniqligini 26% ga oshirish, tashxisot xatolari sonini kamaytirish va operatsiya ichi shikastlanishlari chastotasini kamaytirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: morfologik stratifikatsiyalashni joriy etish qo‘shimcha uskunalarni talab qilmaydi va tekshiruv hajmini optimallashtirish va operatsiya davomiyligini qisqartirish orqali har bir bemorga 1250000 so‘mgacha tejalishini ta’minlaydi. Xulosa: xususan, jigardan tashqari o‘t yo‘llari devorining morfologik va immunogistokimyoviy xususiyatlari natijalarni prognoz qilish va shaxsiylashtirilgan jarrohlik echimlarini ishlab chiqishda kalit hisoblanadi.
ikkinchi ilmiy yangilik: kasallikning yallig‘lanishli - infiltrativdan fibrozlanish bosqichiga o‘tishini tavsiflovchi, CD31 bo‘yicha tomir zichligining pasayishida α-SMA va kollagen I/III ning ekspressiyasining yaqqol ifodalangan darajada oshishi bilan namoyon bo‘luvchi, jigardan tashqari o‘t yo‘llari devorini tarkibiy qayta qurilishining morfologik va immunogistokimyoviy qonuniyatlari aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: jigardan tashqari o‘t yo‘llari devorini tarkibiy qayta qurilishining morfologik va immunogistokimyoviy qonuniyatlari o‘rnatilgan. Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy etilishi: tadqiqot natijalari RShTYoIM Navoiy filialida (10.01.2026-y.,№1-sonli Buyruq), RShTYoIM Sirdaryo filialida (05.01.2026-y., 5/2-sonli Buyruq) hamda RShTYoIM Namangan filialida (08.01.2026-y., 4s / t 10-sonli buyruq) amaliyotga tadbiq etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: shkalani qo‘llash konversiya chastotasini 16,1% dan 3,7% gacha, og‘ir asoratlar chastotasini 3,4 baravarga kamaytirish va qulay natijalar ulushini 24,2% dan 52,3% gacha oshirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: shkaladan foydalanish asoratlarni va takroriy aralashuvlarni kamaytirish hisobiga kasalxonaga yotqizish muddatini 4,6 kunga va bitta bemorni davolash xarajatlarini o‘rtacha 625000 so‘mga qisqartirgan. Xulosa: olingan ma’lumotlar endotelial disfunksiya, miofibroblastlar faollashuvi va kollagenning qayta tuzilishi (remodellanishi) uyg‘unligi kasallikning kompensatsiyalangan shakllaridan yallig‘lanish-fibroz bosqichiga o‘tishini belgilovchi barqaror morfogenetik kontinuumni shakllantirishini ishonchli ravishda ko‘rsatdi.
uchinchi ilmiy yangilik: shikastlanishning morfofunksional, biokimyoviy va klinik parametrlari o‘rtasidagi korrelyasion o‘zaro aloqalar aniqlanib: bilirubin darajasi r=0,732), ishqoriy fosfataza faolligi(r=0,769), umumiy o‘t yo‘lining diametri (r=0,653) va striktura uzunligi (r=0,714) fibrozning ifodalanganligi va operatsiyaning texnik murakkabligi darajasi (r=0,748) bilan ishonarli darajada bog‘liqligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: tez va uzoq muddatli natijalarni baholash uchun ishlab chiqilgan integral shkalalar, “JTO‘Y-BISh” bashoratli shkalasi va sun’iy intellekt texnologiyalariga asoslangan o‘quv dasturi xavfni miqdoriy stratifikatsiyasini va morfofibrozli o‘zgarishlar darajasini aniq bashoratlashni ta’minlgan. Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy etilishi: tadqiqot natijalari RShTYoIM Navoiy filialida (10.01.2026-y.,№1-sonli Buyruq), RShTYoIM Sirdaryo filialida (05.01.2026-y., 5/2-sonli Buyruq) hamda RShTYoIM Namangan filialida (08.01.2026-y., 4s / t 10-sonli buyruq) amaliyotga tadbiq etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: raqamli tizimdan foydalanish zarar darajasini bashoratlash aniqligini 90,3% ga oshirdi va operatsiyadan oldingi tayyorgarlik vaqtini 22% ga qisqartirdi. Iqtisodiy samaradorligi: dasturni qo‘llash hisob-kitoblarni avtomatlashtirish va vrachlar konsiliumi vaqtini qisqartirish hisobiga 1 bemor hisobiga 625000 so‘mgacha tejash imkonini berdi. Xulosa: bunday yondashuvni amaliyotga joriy etish kasallikning klinik kechishini aniqroq prognoz qilish, xirurgik aralashuv hajmini oqilona tanlash hamda davolashning uzoq muddatli natijalarini yaxshilash imkonini beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: endotelial disfunksiya, gipoksiya, miofibroblastlarning faollashuvi va kollagenli remodellanishning izchil rivojlanishini aks ettiruvchi jigardan tashqari o‘t yo‘llarining yallig‘lanishli-fibrozli jarayoni progressiyalanishining patogenetik modeli shakllantirilib, bu asoratlangan o‘t-tosh kasalligida rigidlik va o‘t yo‘llari stenozining shakllanish mexanizmlarini ochish imkonini berishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning axamiyati: o‘t yo‘llari devorining tarkibiy qayta qurilishi, endotelial disfunksiya, miofibroblastlar faollashuvi va kollagen remodellanishining o‘zaro bog‘liq patogenetik mexanizmlari aniqlanib, zararlanish og‘irligini baholashning morfofunksional mezonlari ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy etilishi: tadqiqot natijalari RShTYoIM Navoiy filialida (10.01.2026-y.,№1-sonli Buyruq), RShTYoIM Sirdaryo filialida (05.01.2026-y., 5/2-sonli Buyruq) hamda RShTYoIM Namangan filialida (08.01.2026-y., 4s / t 10-sonli buyruq) amaliyotga tadbiq etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: ushbu usullardan foydalanish operatsiyadan keyingi asoratlar chastotasini 33,9% dan 9,2% gacha kamaytirish, rekonstruksiya zonasining to‘liq germetikligini ta’minlash va operatsiyadan keyingi reabilitatsiya davomiyligini 1,8 baravarga qisqartirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: asoratlar va qayta kasalxonaga yotqizishlarning kamayishi to‘g‘ridan-to‘g‘ri davolash xarajatlarini 35-40% ga kamaytirilishini ta’minlagan. Xulosa: ikastlanishlarning nafaqat morfologik variabelligini, balki kasallikning klinik kechish xususiyatlarini, xirurgik yondashuvning murakkabligini hamda asoratlar tuzilishini tushuntirib beruvchi yagona morfofunksional asos aniqlandi.
beshinchi ilmiy yangilik ilk bor jarrohlik taktikasining yo‘nalishini va laparoskopik aralashuvning optimal ko‘lamini tanlashni belgilaydigan jigardan tashqari o‘t yo‘llarining shikastlanishining og‘irligini ob’ektiv bashoratlash va integral tashxisot mezonlarini ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning axamiyati: laparoskopik rekonstruksiyaning uchta yangi texnik usullari va jarrohlik taktikasini tanlashning davolash-tashxisot algoritmining joriy etilishi aralashuv bosqichlarini standartlashtirish, operatsiyalar xavfsizligini oshirish, asoratlar chastoasini kamaytirish va funksional natijalarni yaxshilash imkonini berdi. Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy etilishi: tadqiqot natijalari RShTYoIM Navoiy filialida (10.01.2026-y.,№1-sonli Buyruq), RShTYoIM Sirdaryo filialida (05.01.2026-y., 5/2-sonli Buyruq) hamda RShTYoIM Namangan filialida (08.01.2026-y., 4s / t 10-sonli buyruq) amaliyotga tadbiq etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: algoritmdan foydalanish jarrohlik hajmini tanlashni standartlashtirish, operatsiya ichi asoratlarini 11,8% dan 5,6% gacha kamaytirish va kasalxonada qolish muddatini 14,8 dan 10,2 sutkagacha qisqartirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: algoritmdan foydalanish jarrohlik taktikasi va resurs yukini optimallashtirish hisobiga har bir patsientga xarajatlarni o‘rtacha 625000 so‘mga kamaytirilishini ta’minlagan. Xulosa. joriy qilingan ishlanmalar majmuasi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy-texnik Kengash xulosasi bilan tasdiqlangan va amaliyotda qo‘llash uchun tavsiya etilgan (2026 yil20- apreldagi 06/02-sonli xulosasi). Tadqiqot natijalarining amalga oshirilishi o‘t-tosh kasalligini laparoskopik davolash samaradorligi va xavfsizligini oshirishni, intraoperatsion va operatsiyadan keyingi asoratlar chastotasining pasaytirilishini, shuningdek, kasalxonaga yotqizilishning qisqarishi va sog‘liqni saqlash resurslaridan oqilona foydalanish hisobiga sezilarli ijtimoiy-iqtisodiy foydalarni ta’minlaydi.