Muxamedova Shaxnoza Tolibovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tizimli yallig‘lanish javob sindromi bo‘lgan chaqaloqlarda sitokinlar dinamikasining xususiyatlari», 14.00.36–Allergologiya va immunologiya; 14.00.09–Pediatriya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Tib799.
Ilmiy rahbar: Navruzova Shakar Istamovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:  Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti huzuridagi PhD.31.10.2019.Tib.93.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Fedoskova Tat`yana Germanovna tibbiyot fanlari doktori, professor., Alieva Nigora Rustamovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Sankt-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universiteti
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Tizimli yallig‘lanish javob sindromi bo‘lgan chaqaloqlarda sitokinlar dinamikasida tashxisiy va istiqbolni belgilovchi ahamiyatini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor infeksion yallig‘lanish kasalliklari bo‘lgan chaqaloqlarning erta moslashuv davrida qon zadobidagi IL-6, IFN-γ miqdorining ortishi, kechki moslashuv davrida esa qon zardobida TNF-α va IL-8 miqdorining keskin ikki barobar kamayishi peshobda moslashuv davriga bog‘liq bo‘lmagan holda TNF-α va IL-6 miqdorining ortishi bilan kechishi isbotlangan;
ilk bor yuqumli bo‘lmagan patologiyali chaqaloqlarning erta moslashuv davri qon zardobida (TNF-α, IFN-γ, IL-6) sitokinlar miqdorining ortishi peshobda IL-6 miqdorining proporsional ravishda ortishi bilan kechishi isbotlangan;
yuqumli bo‘lmagan patologiyali chaqaloqlarning kechki moslashuv davri qon zardobida IFN-γ miqdori, peshobda TNF-α, IFN-γ va IL-6 miqdorlarinig ortishiga bog‘liqligi  aniqlangan;
yuqumli bo‘lmagan patologiyali chaqaloqlarda tizimli yallig‘lanish javobi sindromining og‘irlik mezonlari - erta neonatal davrda peshobda TNF-α va IFN-γ ortishi, kechki neonatal davrida qon zardobida IL-6 va TNF-α, peshobda IL-8  miqdorining ortishiga bog‘liqligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tizimli yallig‘lanish javob sindromi bo‘lgan chaqaloqlarda sitokinlar dinamikasining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda tizimli yallig‘lanish javob sindromini istiqbolini aniqlash usuli» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 19 iyundagi  8n-r/259-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda tizimli yallig‘lanish javob sindromini tashxislash, kasallikning oldini olish va istiqbolini belgilashga xizmat qilgan;
«Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda tizimli yallig‘lanish javob sindromining yangi noinvaziv sitokinodiagnostik usulini qo‘llash» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 19 iyundagi  8n-r/260-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma chaqaloqlarda tizimli yallig‘lanish javob sindromini erta tashhislash va immun tizim sitokinlari bo‘g‘inidagi buzilishlarni aniqlash, o‘z vaqtida davolashning optimal usullarini tanlashga va kasallikning oldini olishga xizmat qilgan;
tizimli yallig‘lanish javob sindromi bo‘lgan chaqaloqlarda sitokinlar dinamikasining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan Buxoro viloyat perinatal markazi, Vobkent va Buxoro tumanlari xamda Kogon shaxar tibbiyot birlashmasi amaliyotlariga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 26 iyundagi 8n-d/162-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda tizimli yallig‘lanish javob sindromini tashxislash, erta davolash chora tadbirlarini qo‘llash orqali kasallik asoratlarini kamaytirish, statsionarda davolash muddatini qisqartirish bilan iqtisodiy samaradorlikka erishish va tibbiy yordam ko‘rsatish sifatini oshirishga imkoniyat yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish