Boboev Shuhrat Raximovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tajribaviy oshqozon-ichak traktining sirka kislotasi bilan kimyoviy kuyishida yo‘g‘on ichak devoridagi morfologik o‘zgarishlarning qiyosiy tavsifi”, 14.00.02 – Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Tib 5320.
Ilmiy rahbar: Xasanova Dilnoza Axrorovna, tibbiyot fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.06/2025.27.12.Tib.05.01
Rasmiy opponentlar: Rasulov Hamidulla Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ishigov Ibragim Agaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Qozog‘iston Respublikasi).
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oq zotsiz kalamushlar oshqozon-ichak traktining cirka kislotasi bilan kimyoviy kuyishida yo‘g‘on ichak devoridagi morfofunksional o‘zgarishlarni o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
70% li sirka kislotasi bilan chaqirilgan kimyoviy shikastlanishdan so‘ng, 1 va 3 oylik kalamushlar yo‘g‘on ichagining turli qismlari (ko‘richak, chambar ichak, sigmasimon va to‘g‘ri ichak) shilliq va mushak qavatlaridagi destruktiv hamda regenerator jarayonlarning yoshga va sohaga bog‘liq xususiyatlari o‘tkir va surunkali davrlarda qiyosiy aniqlangan;
oshqozon-ichak traktining 70% li sirka kislotasi ta’siridagi kuyishdan so‘ng 1 va 3 oylik kalamushlarda yo‘g‘on ichak shilliq qavatidagi regeneratsiya jarayonlari qiyosiy o‘rganilgan va 3 oylik hayvonlarda tiklanish jarayonlarining nisbatan yuqori ekanligi aniqlangan;
1 va 3 oylik oq zotsiz kalamushlarda 70% li sirka kislotasi ta’siridan so‘ng uzum danagi yog‘i bilan korreksiyasidan keyin yo‘g‘on ichakning shilliq va mushak qavatlarining qalinligi, kriptalar chuqurligi hamda qadahsimon hujayralarning soni normaga yaqinlashgani morfologik jihatdan isbotlangan;
infantil va yuvenil yoshdagi kalamushlar yo‘g‘on ichak shilliq qavatining hujayra proliferatsiyasi va epitelial differensialanish ko‘rsatkichlari nazorat guruhiga nisbatan qiyosiy baholanib, yoshga bog‘liq bo‘lgan hujayraviy yangilanish va regenerator potensialning qonuniyatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Eksperimental oshqozon-ichak traktining kimyoviy kuyishlarida yo‘g‘on ichakning ko‘richak, chambar ichak, sigmasimon va to‘g‘ri ichak qismlarida turli sohalarida strukturaviy tuzilishining morfologik xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar (Sog‘liqni Saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashdan 2026 - yil 5 martda 04/30 - son bilan yagona xulosasi) asosida:
birinchi ilmiy yangilik: 70% li sirka kislotasi bilan chaqirilgan kimyoviy shikastlanishdan so‘ng, 1 va 3 oylik kalamushlar yo‘g‘on ichagining turli qismlari (ko‘richak, chambar ichak, sigmasimon va to‘g‘ri ichak) shilliq va mushak qavatlaridagi destruktiv hamda regenerator jarayonlarning yoshga va sohaga bog‘liq xususiyatlari o‘tkir va surunkali davrlarda qiyosiy aniqlanganligi Buxoro viloyati Patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 03.09.2025 yildagi 04/11828-son hamda va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 03.09.2025 yildagi 04/11831-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: oshqozon-ichak traktining 70 % li sirka kislotasi ta’sirida kimyoviy kuyishida yo‘gon ichak devoridagi patologik jarayonlarning qiyosiy tavsifi ochib berilganligi og‘ir asoratlar rivojlanishini oldini olishda profilaktik va davolovchi chora tadbirlarni ishlab chiqishni takomillashtirishga imkon bergan. Iqtisodiy samaradorligi: oshqozon-ichak traktining kimyoviy kuyishida yuz beradigan o‘zgarishlar va yo‘g‘on ichak devoridagi morfologik va morfometrik o‘zgarishlar tufayli rivojlanadigan patologik holatning erta inobatga olinishi davolash samaradorligini oshiradi, natijada bemorlarga sarflanadigan byudjet mablag‘lari 205000 so‘mga iqtisod qilinadi. Xulosa: 70% li sirka kislotasi ta’sirida turli yoshdagi (infantil va yuvenil) organizmlarda yo‘g‘on ichakning barcha segmentlari (ko‘richak, chambar, sigmasimon va to‘g‘ri ichak) shilliq hamda mushak qavatlaridagi morfofunksional o‘zgarishlar ilk bor majmuaviy baholandi.
ikkinchi ilmiy yangilik: oshqozon-ichak traktining 70% li sirka kislotasi ta’siridagi kuyishdan so‘ng 1 va 3 oylik kalamushlarda yo‘g‘on ichak shilliq qavatidagi regeneratsiya jarayonlari qiyosiy o‘rganilgan va 3 oylik hayvonlarda tiklanish jarayonlarining nisbatan yuqori ekanligi aniqlanganligi Buxoro viloyati Patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 03.09.2025 yildagi 04/11828-son hamda va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 03.09.2025 yildagi 04/11831-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: oshqozon-ichak traktining 70% li sirka kislotasi ta’sirida kuyishida tajriba hayvonlari yo‘g‘on ichagi devoridagi morfologik o‘zgarishlarning xususiyatlarini o‘rganish orqali, ushbu kasallik bilan og‘rigan bemorlarda davolash taktikasiga o‘zgartirishlar kiritilishini inobatga olinishi nogironlikni oldini olishga, bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga asos bo‘lgan. Iqtisodiy samaradorligi: oshqozon-ichak traktining kimyoviy kuyishida yuz beradigan o‘zgarishlar va yo‘g‘on ichak devorining tuzilmalaridagi morfologik va morfometrik o‘zgarishlar tufayli rivojlanadigan patologik holatning erta inobatga olinishi davolash samaradorligini oshiradi, natijada bemorlarga sarflanadigan byudjet mablag‘lari 205000 so‘mga iqtisod qilinadi. Xulosa: sirka kislotasidan kuyishdan so‘ng regeneratsiyaning yoshga bog‘liq ekanligi aniqlandi. Sog‘ayish jarayonlari kattalarda (3 oylik) kichiklarga (1 oylik) qaraganda tezroq va yaxshiroq. Bu usul bemorlarni to‘g‘ri davolashga, ularning nogiron bo‘lib qolmasligiga va davlat xarajatlarini tejashga yordam beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk marotaba 1 va 3 oylik oq zotsiz kalamushlarda 70% li sirka kislotasi ta’siridan so‘ng uzum danagi yog‘i bilan korreksiyasidan so‘ng yo‘g‘on ichakning shilliq va mushak qavatlarining qalinligi, kriptalar chuqurligi hamda qadahsimon hujayralarning soni normaga yaqinlashgani morfologik jihatdan isbotlanganligi Buxoro viloyati Patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 03.09.2025 yildagi 04/11828-son hamda va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 03.09.2025 yildagi 04/11831-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: kimyoviy shikastlangan ichak to‘qimasini mahalliy tabiiy vosita (uzum danagi yog‘i) yordamida patogenetik tiklash orqali nogironlikni kamaytirish, davolash muddatini qisqartirish va aholi hayot sifatini oshirishdan iborat. Iqtisodiy samaradorligi: oshqozon-ichak traktining kimyoviy kuyishida yuz beradigan o‘zgarishlar yo‘g‘on ichak devorining tuzilmalaridagi morfologik va morfometrik o‘zgarishlar tufayli rivojlanadigan patologik holatning erta inobatga olinishi davolash samaradorligini oshiradi, natijada bemorlarga sarflanadigan byudjet mablag‘lari 205000 so‘mga iqtisod qilinadi. Xulosa: uzum danagi yog‘ini kimyoviy kuyishdan so‘ng korreksiya qilinganda, yo‘g‘on ichakning gistologik ko‘rsatkichlari-shilliq va mushak qavatlari qalinligi, kriptalar chuqurligi hamda qadahsimon hujayralar miqdori nazorat ko‘rsatkichlariga (normaga) yaqinlashishi aniqlandi. Ushbu morfometrik tiklanish usuli amaliy sog‘liqni saqlashga joriy etilishi natijasida patologik jarayonni erta prognozlash va davolash xarajatlarini har bir bemorga 205000 so‘mga kamaytirish imkonini berdi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: infantil va yuvenil yoshdagi kalamushlar yo‘g‘on ichak shilliq qavatining hujayra proliferatsiyasi va epitelial differensialanish ko‘rsatkichlari nazorat guruhiga nisbatan qiyosiy baholanib, yoshga bog‘liq bo‘lgan hujayraviy yangilanish va regenerator potensialning qonuniyatlari aniqlanganligi Buxoro viloyati Patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 03.09.2025 yildagi 04/11828-son hamda va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 03.09.2025 yildagi 04/11831-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: uzum danagi yog‘ining davolovchi ta’siri aniqlanishi oshqozon-ichak traktining kimyoviy kuyishida qo‘llanilishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi, ular o‘z navbatida, rivojlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan hayotga xavf tug‘diruvchi asoratlarni oldini olish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: oshqozon-ichak traktining kimyoviy kuyishida yuz beradigan o‘zgarishlar va yo‘g‘on ichak devorining tuzilmalaridagi morfologik va morfometrik o‘zgarishlar tufayli rivojlanadigan patologik holatning erta inobatga olinishi davolash samaradorligini oshiradi, natijada bemorlarga sarflanadigan byudjet mablag‘lari 205000 so‘mga iqtisod qilinadi. Xulosa: ilk bor Ki-67 (proliferatsiya markeri) va CK-19 (hujayra differensiallanishi) markerlari yordamida turli yoshdagi (infantil va yuvenil) kalamushlarda yo‘g‘on ichak hujayralarining yangilanish va himoya darajasi aniqlandi. Immunogistokimyoviy tahlillar orqali uzum danagi yog‘ining reparativ xususiyatlari hujayra proliferatsiyasi darajasida isbotlandi. Bu usul hayot uchun xavfli asoratlarni erta aniqlash va davolash taktikasini optimallashtirish orqali ijtimoiy salomatlikni saqlash hamda har bir holatda 205000 so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini beradi.