Azimov Oybek Olimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri va ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi: “Er osti suvlari iste’moli natijasida jigarda kechadigan morfo-funksional o‘zgarishlar va davo-profilaktikasiga yangicha yondashuv (Buxoro viloyati)”, 14.00.02 – Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Tib5081.
Ilmiy rahbar: Tuxsanova Nasiba Esanovna, tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi va Ilmiy kengash raqami: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.06/2025.27.12.Tib.05.01.
Rasmiy opponentlar: Rasulov Hamidulla Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Raxmatova Muqaddas Xoltaevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Abu Ali ibn Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: er osti suvlari iste’moli natijasida jigarda rivojlanadigan morfo-funksional o‘zgarishlarni eksperimental sharoitda morfologik, morfometrik, gistokimyoviy va immunogistokimyoviy usullar yordamida aniqlash hamda ularni limon kislotasi va biofaol qo‘shimcha - qo‘shqo‘nmas o‘simligi mevasi bilan korreksiyalash ta’sirini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi
ilk bor markazlashtirilgan ichimlik suvi va er osti suvlari iste’moli natijasida 3 va 6 oylik oq kalamushlar jigarida yuzaga keladigan morfometrik o‘zgarishlar kompleks o‘rganilib, ularning yoshga bog‘liq morfo-funksional xususiyatlari aniqlangan;
er osti suvlari iste’moli natijasida jigar to‘qimasida yuzaga kelgan morfometrik o‘zgarishlarni limon kislotasi va biofaol qo‘shimcha - qo‘shqo‘nmas mevasi yordamida korreksiya qilishning morfologik samaradorligi ilmiy jihatdan asoslangan;
ilk bor Jo‘yzar sog‘lomlashtirish sihatgohi er osti suvi iste’mol qilingan 3 va 6 oylik oq kalamushlar jigarining morfometrik ko‘rsatkichlari markazlashtirilgan ichimlik suvi va yuqori kimyoviy tarkibli er osti suvlari iste’mol qilingan guruhlar bilan qiyosiy baholanib, ularning morfo-funksional o‘ziga xosliklari aniqlangan;
ilk bor markazlashtirilgan ichimlik suvi, yuqori kimyoviy tarkibli er osti suvlari, korreksiya qo‘llanilgan hamda Jo‘yzar sog‘lomlashtirish sihatgohi er osti suvi iste’mol qilingan tajriba guruhlarida jigar to‘qimasining immunogistokimyoviy, ya’ni Ki-67 va Bcl-2 markerlari ekspressiyasi hamda gistokimyoviy xususiyatlari kompleks baholanib, proliferativ faollik, antiapoptotik himoya va metabolik jarayonlarning morfo-funksional o‘zgarishlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi
Markazlashtirilgan ichimlik suvi va er osti suvlari iste’moli natijasida 3 va 6 oylik oq kalamushlar jigarida yuzaga keladigan morfologik, morfometrik, gistokimyoviy va immunogistokimyoviy o‘zgarishlarni o‘rganish hamda ularni limon kislotasi va biofaol qo‘shimcha - qo‘shqo‘nmas mevasi yordamida korreksiya qilish samaradorligini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor markazlashtirilgan ichimlik suvi va er osti suvlari iste’moli natijasida 3 va 6 oylik oq kalamushlar jigarida yuzaga keladigan morfometrik o‘zgarishlar kompleks o‘rganilib, ularning yoshga bog‘liq morfo-funksional xususiyatlari aniqlanganligi Navoiy viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 24.07.2025 yildagi 78-sonli hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Navoiy filialining 24.07.2025 yildagi 107-sonli buyruqlari bilan amaliyotga tatbiq etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: ichimlik suvi tarkibining jigar to‘qimasiga ta’sirini morfometrik jihatdan baholash orqali turli tarkibli suvlarni uzoq muddat iste’mol qilish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan jigar shikastlanishlarini erta aniqlash imkoniyati yaratiladi. Bu esa aholida, ayniqsa yosh organizmlarda suv omili bilan bog‘liq metabolik va morfo-funksional buzilishlarning oldini olish, profilaktik kuzatuv hamda sog‘lomlashtirish tadbirlarini takomillashtirishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: jigar to‘qimasidagi morfometrik o‘zgarishlarni erta aniqlash orqali kasalliklarning chuqurlashuvi, qo‘shimcha laborator-instrumental tekshiruvlar, uzoq muddatli davolash va reabilitatsiya xarajatlarini kamaytirish imkoniyati yuzaga keladi. Mazkur yondashuv bemorlarni tibbiy kuzatuv va davolash jarayonida ortiqcha xarajatlarning oldini olib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 200000 so‘mgacha iqtisod qilish imkonini beradi. Xulosa: markazlashtirilgan ichimlik suvi va er osti suvlari iste’moli natijasida jigar to‘qimasida yuzaga keladigan yoshga bog‘liq morfometrik o‘zgarishlarni aniqlash usulining amaliyotga joriy etilishi suv omili bilan bog‘liq jigar shikastlanishlarini erta baholash, profilaktika choralarini belgilash va tibbiy nazorat samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
ikkinchi ilmiy yangilik: er osti suvlari iste’moli natijasida jigar to‘qimasida yuzaga kelgan morfometrik o‘zgarishlarni limon kislotasi va biofaol qo‘shimcha — qo‘shqo‘nmas mevasi yordamida korreksiya qilishning morfologik samaradorligi ilmiy jihatdan asoslanganligi Navoiy viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 24.07.2025 yildagi 78-sonli hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Navoiy filialining 24.07.2025 yildagi 107-sonli buyruqlari bilan amaliyotga tatbiq etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: er osti suvlari iste’moli natijasida jigar to‘qimasida rivojlanadigan morfologik va morfometrik o‘zgarishlarni limon kislotasi hamda qo‘shqo‘nmas mevasi bilan korreksiya qilish samaradorligini baholash suvning yuqori kimyoviy tarkibi bilan bog‘liq gepatotsellyulyar shikastlanishlarni kamaytirishga qaratilgan qo‘shimcha profilaktik yondashuvlarni ishlab chiqish imkonini beradi. Bu natijalar ekologik noqulay hududlarda yashovchi aholi salomatligini muhofaza qilish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va biofaol qo‘shimchalardan maqsadli foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalarni takomillashtirishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: limon kislotasi va qo‘shqo‘nmas mevasi yordamida korreksiya qilingan holatlarda jigar to‘qimasidagi morfometrik ko‘rsatkichlarning yaxshilanishi suv tarkibi bilan bog‘liq surunkali jigar shikastlanishlari xavfini kamaytirishga yordam beradi. Bu esa bemorlarni qo‘shimcha davolash, uzoq muddatli kuzatuv va reabilitatsiya qilishga sarflanadigan xarajatlarni qisqartirib, 1 nafar bemor hisobiga 200000 so‘mgacha iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini beradi. Xulosa: limon kislotasi va biofaol qo‘shimcha - qo‘shqo‘nmas mevasi yordamida korreksiya qilishning morfologik jihatdan asoslanganligi er osti suvlari ta’sirida yuzaga keladigan jigar shikastlanishlarini kamaytirish, metabolik muvozanatni yaxshilash va profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish imkonini beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: birinchi marta Jo‘yzar sog‘lomlashtirish sihatgohi er osti suvi iste’mol qilingan 3 va 6 oylik oq kalamushlar jigarining morfometrik ko‘rsatkichlari markazlashtirilgan ichimlik suvi va yuqori kimyoviy tarkibli er osti suvlari iste’mol qilingan guruhlar bilan qiyosiy baholanib, ularning morfo-funksional o‘ziga xosliklari aniqlanganligi Navoiy viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 24.07.2025 yildagi 78-sonli hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Navoiy filialining 24.07.2025 yildagi 107-sonli buyruqlari bilan amaliyotga tatbiq etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: Jo‘yzar sog‘lomlashtirish sihatgohi er osti suvi iste’moli natijasida jigar to‘qimasida yuzaga keladigan morfometrik o‘zgarishlarning boshqa suv manbalari bilan qiyosiy o‘rganilishi turli kimyoviy tarkibga ega suvlarning organizmga ta’sirini baholash imkonini beradi. Ushbu natijalar sog‘lomlashtirish muassasalarida mineral va er osti suvlaridan foydalanishda tibbiy nazoratni kuchaytirish, suv iste’moli me’yorlarini belgilash va xavf guruhlarini aniqlashda muhim ilmiy-amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: turli suv manbalarining jigar to‘qimasiga ta’sirini qiyosiy baholash orqali suv iste’moli bilan bog‘liq morfo-funksional buzilishlarni erta aniqlash, ortiqcha diagnostika va davolash xarajatlarini kamaytirish imkoniyati yaratiladi. Sog‘lomlashtirish sihatgohlarida suvdan oqilona foydalanish bo‘yicha tavsiyalarning ishlab chiqilishi natijasida 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 200000 so‘mgacha iqtisod qilish imkoniyati yuzaga keladi. Xulosa: Jo‘yzar sog‘lomlashtirish sihatgohi er osti suvi iste’moli fonida jigar to‘qimasida yuzaga keladigan morfometrik o‘zgarishlarning qiyosiy baholanishi turli tarkibli suvlarning morfo-funksional ta’sirini aniqlash, xavfsiz iste’mol me’yorlarini asoslash va sog‘lomlashtirish-profilaktika tadbirlarini takomillashtirish imkonini beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor markazlashtirilgan ichimlik suvi, yuqori kimyoviy tarkibli er osti suvlari, korreksiya qo‘llanilgan hamda Jo‘yzar sog‘lomlashtirish sihatgohi er osti suvi iste’mol qilingan tajriba guruhlarida jigar to‘qimasining immunogistokimyoviy, ya’ni Ki-67 va Bcl-2 markerlari ekspressiyasi hamda gistokimyoviy xususiyatlari kompleks baholanib, proliferativ faollik, antiapoptotik himoya va metabolik jarayonlarning morfo-funksional o‘zgarishlari aniqlanganligi Navoiy viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 24.07.2025 yildagi 78-sonli hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Navoiy filialining 24.07.2025 yildagi 107-sonli buyruqlari bilan amaliyotga tatbiq etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: immunogistokimyoviy va gistokimyoviy baholash natijalari suv tarkibi ta’sirida jigar to‘qimasida rivojlanadigan hujayraviy shikastlanish, proliferativ faollik, antiapoptotik himoya va metabolik moslashuv jarayonlarini chuqurroq aniqlash imkonini beradi. Ki-67 va Bcl-2 markerlari ekspressiyasini baholash orqali jigar hujayralarining tiklanish salohiyati, apoptotik jarayonlarga chidamliligi va patologik o‘zgarishlarning rivojlanish darajasini aniqlash mumkin bo‘ladi. Bu esa suv omili bilan bog‘liq jigar shikastlanishlarini erta tashxislash, profilaktika qilish va korreksion yondashuvlarni asoslashda muhim ahamiyatga ega. Iqtisodiy samaradorligi: immunogistokimyoviy va gistokimyoviy mezonlar asosida jigar to‘qimasidagi erta hujayraviy o‘zgarishlarni aniqlash kasalliklarning kech bosqichda aniqlanishi, og‘ir asoratlarning rivojlanishi va uzoq muddatli davolash xarajatlarini kamaytirishga yordam beradi. Korreksion vositalarning samaradorligini morfo-funksional jihatdan asoslash profilaktik va davolash tadbirlarini maqsadli tashkil etish orqali 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 200000 so‘mgacha iqtisod qilish imkonini beradi. Xulosa: tadqiqot natijalari markazlashtirilgan ichimlik suvi, yuqori kimyoviy tarkibli er osti suvlari va Jo‘yzar sog‘lomlashtirish sihatgohi er osti suvi iste’moli natijasida jigar to‘qimasida yuzaga keladigan morfometrik, gistokimyoviy va immunogistokimyoviy o‘zgarishlarni kompleks baholash, ularni limon kislotasi hamda biofaol qo‘shimcha — qo‘shqo‘nmas mevasi yordamida korreksiyalash samaradorligini aniqlash va suv omili bilan bog‘liq jigar shikastlanishlarining oldini olishga qaratilgan amaliy tavsiyalar ishlab chiqish imkonini beradi. Olingan natijalar yuzasidan ishlab chiqilgan “Tajribada er osti suvlari iste’molidan kelib chiqadigan jigardagi morfologik va gistokimyoviy o‘zgarishlarni aniqlash usuli” mavzusidagi uslubiy tavsiyanomani joriy etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengash tomonidan 2026 yil 29 apreldagi 07/27-sonli yagona xulosa tasdiqlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish