Xoliqulova Yulduz Panji qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ijara hisobini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish”, 08.00.08 – “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Iqt5135. 
Ilmiy rahbar: Sagdillaeva Zulfiya Asanalievna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.23.05.
 Rasmiy opponentlar: Axmedjanov Karimjon Bakidjanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Muxammadiev Zarrux Umarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi
Xo‘jalik yurituvchi subektlarda ijara muomalalari hisobini moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida takomillashtirishga oid ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ijara muomalalariga oid axborotlarning ishonchliligi va shaffofliligini oshirish, axborot foydalanuvchilarga o‘z vaqtida etib borishini ta’minlash maqsadida lizing va ijaraga oid bir nechta turdagi axborotlarni yagona hujjat tamoyiliga muvofiq birlashtirish orqali tizimli va tezkor shakllantirish imkonini beruvchi 01-LIH “Lizing va ijara ma’lumotlari aylanma hisoboti” nomli hisobot shakli ishlab chiqilgan;
hisob-siyosatiga har bir asosiy vosita guruhlari bo‘yicha tegishli ijaraga berilgan asosiy vositalar uchun 0121-“Operativ ijara berilgan bino, inshoot va uzatuvchi moslamalar”, 0131-“Operativ ijaraga berilgan asbob-uskunalar”, 0141-“Operativ ijaraga berilgan mebel va ofis jihozlari” , 0151 – “Operativ ijaraga berilgan kompyuter va hisoblash texnikalari”, 0161 – “Operativ ijaraga berilgan transport vositalari”, 0191 – “Operativ ijaraga berilgan boshqa asosiy vositalari” nomli analitik hisobvaraqlar ochish orqali xo‘jalik yurituvchi subektlarda operativ ijaraga beriladigan asosiy vositalar ustidan samarali nazoratni yo‘lga qo‘yish, axborotlarning yanada aniqligini ta’minlash va axborot olish tezkorligini oshirish taklif etilgan;
lizing beruvchi va oluvchi o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblar shaffofliligini ta’minlash va to‘lov intizomini yanada mustahkamlashga xizmat qiluvchi, lizing shartnomasining davriy oraliqlari kesimida to‘lovlar, ularning hozirgi qiymati, muddat o‘tib ketganda oshirilgan to‘lov summasining hisob-kitobini o‘z ichiga olgan “Lizing to‘lovini hisoblash jadvali” ishlab chiqilgan;
xo‘jalik yurituvchi subektlarda ijara hisobini moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari talabi doirasida yuritilishini ta’minlash va 16-son “Ijara” nomli xalqaro standartni milliy qonunchilik talablari asosida qo‘llashga moslashtirish maqsadida “Ijara muomalalarini moliyaviy hisob va hisobotda aks ettirish tartibi to‘g‘risida Nizom”ning namunaviy shakli taklif etilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ijara va lizingga berish jarayonida buxgalteriya hisobi tizimini xalqaro tajriba asosida takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ijara muomalalariga oid axborotlarning ishonchliligi va shaffofliligini oshirish, axborot foydalanuvchilarga o‘z vaqtida etib borishini ta’minlash maqsadida lizing va ijaraga oid bir nechta turdagi axborotlarni yagona hujjat tamoyiliga muvofiq birlashtirish orqali tizimli va tezkor shakllantirish imkonini beruvchi 01-LIH “Lizing va ijara ma’lumotlari aylanma hisoboti” nomli hisobot shaklini ishlab chiqish taklifi “O‘zagrolizing” AJda ijara va lizing hisobi hujjatlar aylanish tizimini tartibga solish va boshqaruvga taqdim etiladigan ichki hisobotlarning shakllarini ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zagrolizing” AJning 2025-yil 17-dekabrdagi 02-10-25/1737-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida jamiyatda lizing va ijara hisobi va hisoboti tizimini boshqarish samaradorligi va moddiy javobgar shaxslarning mas’uliyatini yanada oshirishga erishilgan. Shuningdek, lizing va ijara turlari, mijozlar, muddatlar, stavkalar, marja va penyalar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlarni tizimli shakllantirish orqali boshqaruvga axborotlarni yanada aniqroq va o‘z vaqtida taqdim etishga xizmat qilgan;
hisob-siyosatiga har bir asosiy vosita guruhlari bo‘yicha tegishli ijaraga berilgan asosiy vositalar uchun 0121-“Operativ ijara berilgan bino, inshoot va uzatuvchi moslamalar”, 0131-“Operativ ijaraga berilgan asbob-uskunalar”, 0141-“Operativ ijaraga berilgan mebel va ofis jihozlari” , 0151 – “Operativ ijaraga berilgan kompyuter va hisoblash texnikalari”, 0161 – “Operativ ijaraga berilgan transport vositalari”, 0191 – “Operativ ijaraga berilgan boshqa asosiy vositalari” nomli analitik hisobvaraqlar ochish orqali xo‘jalik yurituvchi subektlarda operativ ijaraga beriladigan asosiy vositalar ustidan samarali nazoratni yo‘lga qo‘yish, axborotlarning yanada aniqligini ta’minlash va axborot olish tezkorligini oshirish taklifi “O‘zagrolizing” AJning hisob-siyosatida o‘z aksini topgan (“O‘zagrolizing” AJning 2025-yil 17-dekabrdagi 02-10-25/1737-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida operativ ijaraga berilgan asosiy vositalar bo‘yicha ma’lumotlarni olish tezligi oshgan hamda foydalanish huquqi asosida operativ ijaraga berilgan asosiy vositalar bo‘yicha ichki nazorat samaradorligini oshirishga hamda mazkur jarayonlarga oid axborotlarni soliq hisobotlarida to‘g‘ri va to‘liq aks ettirishga xizmat qilgan. 
lizing beruvchi va oluvchi o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblar shaffofliligini ta’minlash va to‘lov intizomini yanada mustahkamlashga xizmat qiluvchi, lizing shartnomasining davriy oraliqlari kesimida to‘lovlar, ularning hozirgi qiymati, muddat o‘tib ketganda oshirilgan to‘lov summasining hisob-kitobini o‘z ichiga olgan “Lizing to‘lovini hisoblash jadvali” ishlab chiqish taklifi “O‘zagrolizing” AJ faoliyatiga joriy qilingan  (“O‘zagrolizing” AJning 2025 yil 17 dekabrdagi 02-10-25/1737-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida lizing hisobida yagona lizing hisoblash jadvali yuritilishini shakllantirish yo‘lga qo‘yilgan. Yagona lizing jadvalining barcha lizing obektlari uchun qo‘llanilishi lizing hisobidagi axborotlarning shaffofligi ta’minlanib, lizing qiymatini hisoblashdagi xatolar va yo‘qotishlarni kamaytirishga, lizing munosabatlari ishtirokchilari o‘rtasidagi to‘lov intizomini mustahkamlashga xizmat qilgan. Shuningdek, o‘zaro hisob-kitoblarning samarali yo‘lga qo‘yilishi natijasida lizing oluvchi tashkilotlarda yuzaga keladigan moliyaviy yo‘qotishlarni 5,4 foizdan 3,8 foizgacha pasaytirishga erishilgan;
xo‘jalik yurituvchi subektlarda ijara hisobini moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari talabi doirasida yuritilishini ta’minlash va 16-son “Ijara” nomli xalqaro standartni milliy qonunchilik talablari asosida qo‘llashga moslashtirish maqsadida “Ijara muomalalarini moliyaviy hisob va hisobotda aks ettirish tartibi to‘g‘risida Nizom”ning namunaviy shaklini ishlab chiqish taklifi “O‘zagrolizing” AJda ijara muomalalariga doir ichki me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zagrolizing” AJning 2025 yil 17 dekabrdagi 02-10-25/1737-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklif xo‘jalik yurituvchi subektlarda ijara muomalalari hisobini yuritishda MHXS talablari va milliy qonunchilik me’yorlarini moslashtirishga xizmat qilgan. Buning natijasida ichki me’yoriy hujjatlarni sifatini yaxshilash, uslubiy asoslarni takomilashtirish hamda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari talablarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llash imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish