Yusupaliev Orzumurod Odilovichning
fanlari doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yoshlar mafkuraviy ongi transformatsiyalashuvida urf-odatlar, an’analar va qadriyatlar o‘rni” 09.00.06 – G‘oyalar tarixi va metodologiyasi (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fal779.
Ilmiy rahbar:To‘ychiev Berdiqul To‘raqulovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/2025.27.12.F.01.08.
Rasmiy opponentlar: Qurbonova Lola Abdixadimovna – falsafa fanlari doktori, professor; Norqulov Suhrob Do‘stmurodovich – falsafa fanlari doktori; Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy Pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Yoshlar mafkuraviy ongi transformatsiyasida urf-odat va qadriyatlarning ilmiy-falsafiy ahamiyatini aniqlash, ularning mafkuraviy identifikatsiya va barqarorlikni ta’minlovchi aksiologik hamda sotsiomadaniy mexanizmlarini ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
urf-odat, an’ana va qadriyatlarning ijtimoiy-madaniy regulyativ funksiyasi hamda mafkuraviy ongning aksiologik-integrativ tabiati konseptual jihatdan asoslanib, ular o‘rtasidagi dialektik bog‘liqlik yoshlar ongi transformatsiyasi nuqtayi nazaridan ochib berilgan;
yoshlar mafkuraviy ongi transformatsiyasini tahlil qilishda sivilizatsion, aksiologik va struktura-funksional paradigmalar qiyosiy asosda tizimlashtirilib, milliy va umuminsoniy qadriyatlar dialektikasining mafkuraviy jarayonlardagi o‘rni ilmiy jihatdan asoslangan;
an’anaviylik, noan’anaviylik va zamonaviylik integratsiyasi negizida yoshlar mafkuraviy ongi transformatsiyasining ilmiy-falsafiy modeli ishlab chiqilib, diniy ong va milliy identiklik omillarining ta’sir mexanizmi nazariy jihatdan ochib berilgan;
Yangilanayotgan O‘zbekiston sharoitida yoshlar mafkuraviy ongini yuksaltirishga qaratilgan innovatsion ilmiy-amaliy mexanizmlar asoslanib, milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligiga tayangan mafkuraviy immunitetni shakllantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
urf-odat, an’ana va qadriyatlarning ijtimoiy-madaniy regulyativ funksiyasi hamda mafkuraviy ongning aksiologik-integrativ tabiati konseptual jihatdan asoslanib, ular o‘rtasidagi dialektik bog‘liqlik yoshlar ongi transformatsiyasiga oid taklif va tavsiyalardan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining ilmiy-amaliy faoliyatida foydalanilgan. (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 14-noyabrdagi 04-37-4842-son ma’lumotnomasi). Natijalar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining ta’lim siyosatini shakllantirish, o‘quv-uslubiy materiallar tayyorlash, pedagogik amaliyotlarni takomillashtirish hamda fuqarolik tarbiyasiga oid dasturlarni yangilash jarayonlarida amaliy foydalanish uchun asosiy ilmiy manba sifatida qabul qilingan;
yoshlar mafkuraviy ongi transformatsiyasini tahlil qilishda sivilizatsion, aksiologik va struktura-funksional paradigmalar qiyosiy asosda tizimlashtirilib, milliy va umuminsoniy qadriyatlar dialektikasining mafkuraviy jarayonlardagi o‘rniga oid g‘oyalardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yi1 21-dekabrdagi PQ-402-son “O‘zbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘orisida”gi Qarori 5-ilova, 30-bandida keltirilgan “Mahallada davlat organlari va jamoat tuzilmalarining hamkorligini ta’minlash” yuzasidan amalga oshirilgan yazifalami bajarishda, hamda O‘zbekiston Respublikasi Rrezideptipipg 2023-uil 21-dekabrdagi “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-209-son Farmonining l2-bandida ko‘rsatilgan “Yo‘l xaritasi”da belgilangan vazifalarni bajarish faoliyatida foydalanilgan. (O‘zbekiston Mahallalari uyushmasining 2026-yil 11-apreldagi 02-03-10/690-son dalolatnomasi). Natijalar taklif va tavsiyalar bugungi kunda ma’rifatli jamiyatni barro etish orqali inson manfaatlarini ustuvor qadriyat sifatida qaror toptirish hamda ushbu tamoyilni fuqarolar ongiga chuqur singdirishga qaratilgan amaliy dasturlarni yanada takomillashtirishga xizmat qilgan;
an’anaviylik, noan’anaviylik va zamonaviylik integratsiyasi negizida yoshlar mafkuraviy ongi transformatsiyasining ilmiy-falsafiy modeli ishlab chiqilib, diniy ong va milliy identiklik omillarining ta’sir mexanizmiga oid taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yil 4-yanvarda tasdiqlangan ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining III yo‘nalishida belgilangan “Milliy g‘oya targ‘ibotini kuchaytirish, jamiyatda sog‘lom mafkura, yangi ma’naviy makon, ma’rifatli jamiyatni barpo etishga qaratilgan chora-tadbirlar” 9-bandi “Ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash doirasida zamonaviy va ta’sirchan targ‘ibot texnologiyalarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan. (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2025-yil 17-noyabrdagi 10/761 son dalolatnomasi). Natijalar, yoshlar mafkuraviy ongi transformatsiyalashuvida urf-odatlar va qadriyatlarning o‘rnini ochib berishga xizmat qilgan;
Yangilanayotgan O‘zbekiston sharoitida yoshlar mafkuraviy ongini yuksaltirishga qaratilgan innovatsion ilmiy-amaliy mexanizmlar asoslanib, milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligiga tayangan mafkuraviy immunitetni shakllantirish bo‘yicha takliflardan O‘zLiDepning “Ayollar qanoti”, “Yoshlar qanoti” dasturlarining asosiy maqsadlarini amalga oshirishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasining mahallalar uyushmasining 2026-yil 10-apreldagi 01-27/195 son dalolatnomasi). Natijalar bugungi kun nuqtayi nazardan dolzarb hisoblangan ta’lim va tarbiya jarayonlarida qadriyatlarga tayangan yondashuv samarali ekani ilmiy jihatdan isbotlangan.