Seytnazarov Kurbanbay Reyimbaevichning
yuridik fanlar doktori (DSc) himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Jinoyat protsessida tortishuv prinsipini ro‘yobga chiqarish mexanizmini takomillashtirish”, 12.00.09 - Jinoyat protsessi, kriminalistika, tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/Yu247.
Ilmiy maslahatchi: Mirazov Davron Miragzamovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Huquqni muhofaza qilish Akademiyasi, DSc.24/2026.31.01.Yu.01.02 
Rasmiy opponentlar: yuridik fanlar doktori, professor Po‘latov Baxtiyor Xalilovich; yuridik fanlar doktori, dotsent Kadirova Moxigul` Xamitovna; yuridik fanlari doktori, dotsent Bobomurodov Farxod Boymurotovich. 
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jinoyat protsessida tortishuv prinsipini ro‘yobga chiqarish mexanizmini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
masofadan monitoring qilish natijalarini rasmiylashtirish va ko‘rib chiqishda e’tirozlarni o‘rganib chiqish yakuni bo‘yicha qabul qilingan qaror natijasidan qat’i nazar, bu haqda tashabbuskor davlat organi va tashkiloti yozma ravishda xabardor qilinishi shartligi asoslantirilgan;
himoya qilinuvchi shaxs jinoyat protsessida ishtirok etishi munosabati bilan halok bo‘lgan (vafot etgan) taqdirda, halok bo‘lgan (vafot etgan) shaxsning oila a’zolariga himoya qilishni ta’minlash to‘g‘risida qaror qabul qiluvchi organning qaroriga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan bir yo‘la beriladigan nafaqa to‘lanishini belgilash zarurligi asoslantirilgan;
himoya qilinuvchi shaxsga jinoyat protsessida ishtirok etishi munosabati bilan mulkiy zarar etkazilgan taqdirda, himoya qilishni ta’minlash to‘g‘risida qaror qabul qiluvchi organning qaroriga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanishi, keyinchalik ushbu mablag‘lar himoya qilinuvchi shaxsga mulkiy zarar etkazilishida aybdor bo‘lgan shaxsdan undirilishi lozimligi asoslantirilgan;
shaxsning kasalligi, oilaviy ahvoli (oila a’zolarining o‘limi yoki og‘ir kasalligi), shuningdek, boshqa holatlar, agar ular qonunda belgilangan muddatda apellyatsiya shikoyati berishni istisno etgan yoxud jiddiy tarzda qiyinlashtirgan bo‘lsa, uzrli holatlar deb topilishi mumkinligi asoslantirilgan;
ehtiyot chorasi sifatida qamoqda yoki uy qamog‘ida saqlanayotgan va apellyatsiya instansiyasi sudi majlisida qatnashish istagini bildirgan mahkumning ishtirokini ta’minlash ushbu sudning majburiyati hisoblanishi, shuning uchun jinoyat ishi kelib tushgandan so‘ng mahkumning apellyatsiya instansiyasi sudida ishtirok etish istagini bildirgan yoki bildirmaganligi aniqlanishi va natijasiga qarab, uni sud majlisida bevosita yoki videokonferensaloqa tizimidan foydalanish orqali ishtirok etish huquqi ta’minlanishi lozimligi asoslantirilgan;
apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari birinchi instansiya sudi tomonidan ishning haqiqiy holatlari qanchalik to‘g‘ri aniqlanganligini, jinoyat va jinoyat-protsessual qonuni normalari qanchalik to‘g‘ri qo‘llanilganligini tekshirishi asoslantirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jinoyat protsessida tortishuv prinsipini ro‘yobga chiqarish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
masofadan monitoring qilish natijalarini rasmiylashtirish va ko‘rib chiqishda e’tirozlarni o‘rganib chiqish yakuni bo‘yicha qabul qilingan qaror natijasidan qat’i nazar, bu haqda tashabbuskor davlat organi va tashkiloti yozma ravishda xabardor qilinishi shartligiga oid taklifidan Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 30 dekabrdagi 910-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat organlari va tashkilotlarining ochiqlikni ta’minlash sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan majburiyatlarga rioya etilishini masofadan monitoring qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 31-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyati rahbarining o‘rinbosarining 2025 yil 30 apreldagi № 09-09-30-sonli dalolatnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi jinoyat ishini yuritishga mas’ul bo‘lgan davlat organlarining ochiqlikni ta’minlash sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan majburiyatlarga rioya etilishida qonuniylikni ta’minlashga xizmat qilgan;
himoya qilinuvchi shaxs jinoyat protsessida ishtirok etishi munosabati bilan halok bo‘lgan (vafot etgan) taqdirda, halok bo‘lgan (vafot etgan) shaxsning oila a’zolariga himoya qilishni ta’minlash to‘g‘risida qaror qabul qiluvchi organning qaroriga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan bir yo‘la beriladigan nafaqa to‘lanishini belgilash to‘g‘risidagi taklifidan Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 21 fevraldagi 103-son qarori bilan tasdiqlangan “Jabrlanuvchilarni, guvohlarni va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilishni ta’minlash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 4-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyati rahbarining o‘rinbosarining 2025 yil 
30 apreldagi № 09-09-30-sonli dalolatnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi jabrlanuvchilarni, guvohlarni va jinoyat protsessi boshqa ishtirokchilarining ijtimoiy himoyasini ta’minlashga xizmat qilgan;
himoya qilinuvchi shaxsga jinoyat protsessida ishtirok etishi munosabati bilan mulkiy zarar etkazilgan taqdirda, himoya qilishni ta’minlash to‘g‘risida qaror qabul qiluvchi organning qaroriga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanishi, keyinchalik ushbu mablag‘lar himoya qilinuvchi shaxsga mulkiy zarar etkazilishida aybdor bo‘lgan shaxsdan undirilishiga oid taklifidan Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 21 fevraldagi 103-son qarori bilan tasdiqlangan “Jabrlanuvchilarni, guvohlarni va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilishni ta’minlash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 7-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyati rahbarining o‘rinbosarining 2025 yil 30 apreldagi № 09-09-30-sonli dalolatnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi jinoyat protsessida ishtirok etishi munosabati bilan mulkiy zarar etkazilgan shaxslarning mulkiy huquqlarini kafolatlashga xizmat qilgan;
shaxsning kasalligi, oilaviy ahvoli (oila a’zolarining o‘limi yoki og‘ir kasalligi), shuningdek, boshqa holatlar, agar ular qonunda belgilangan muddatda apellyatsiya shikoyati berishni istisno etgan yoxud jiddiy tarzda qiyinlashtirgan bo‘lsa, uzrli holatlar deb topilishi mumkinligiga oid taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024 yil 25 martdagi “Jinoyat ishlarini apellyatsiya, kassatsiya tartibida ko‘rish amaliyotining ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 7-sonli Qarorining 4-bandining beshinchi qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2025 yil 8 maydagi 07/15-49-sonli dalolatnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi yuqori instansiya sudlarida jinoyat protsessi ishtirokchilarining protsessual huquqlarinining kafolatlarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
ehtiyot chorasi sifatida qamoqda yoki uy qamog‘ida saqlanayotgan va apellyatsiya instansiyasi sudi majlisida qatnashish istagini bildirgan mahkumning ishtirokini ta’minlash ushbu sudning majburiyati hisoblanishi, shuning uchun jinoyat ishi kelib tushgandan so‘ng mahkumning apellyatsiya instansiyasi sudida ishtirok etish istagini bildirgan yoki bildirmaganligi aniqlanishi va natijasiga qarab, uni sud majlisida bevosita yoki videokonferensaloqa tizimidan foydalanish orqali ishtirok etish huquqi ta’minlanishi lozimligiga oid taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024 yil 25 martdagi “Jinoyat ishlarini apellyatsiya, kassatsiya tartibida ko‘rish amaliyotining ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 7-sonli Qarorining 
11-bandining birinchi qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2025 yil 8 maydagi 07/15-49-sonli dalolatnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi apellyatsiya instansiyasi sudi majlisida mahkumning ishtirokini ta’minlash orqali tortishuv prinsipining amalga oshirilishini takomillashtirishga xizmat qilgan;
apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari birinchi instansiya sudi tomonidan ishning haqiqiy holatlari qanchalik to‘g‘ri aniqlanganligini, jinoyat va jinoyat-protsessual qonuni normalari qanchalik to‘g‘ri qo‘llanilganligini tekshirishi haqidagi taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024 yil 25 martdagi “Jinoyat ishlarini apellyatsiya, kassatsiya tartibida ko‘rish amaliyotining ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 7-sonli Qarorining 19-bandining birinchi qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2025 yil 8 maydagi 07/15-49-sonli dalolatnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sud majlislarida ishning haqiqiy holatlari va qonun normalari qanchalik to‘g‘ri qo‘llanganligini tekshirish orqali tortishuv prinsipining amalga oshirilishini takomillashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish