Inakov Sherzodbek Alisherovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yolg‘iz keksalar salomatlik holati, ularga ko‘rsatilayotgan tibbiy-ijtimoiy yordamni takomillashtirish (Toshkent shahar va Toshkent viloyati misolida)», 14.00.33– Jamiyat salomatligi. Sog‘liqni saqlashda menejment (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Tib585.
Ilmiy rahbar: Mamatqulov Baxromjon, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti, DSc.27.06.2017.Tib.31.01.
Rasmiy opponentlar:Rizaev Jasur Alimjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Sharipova Madina Karimovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Janubiy-Qozog‘iston tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yolg‘iz keksalarning salomatligini saqlash va mustahkamlash bo‘yicha hamda ularga ko‘rsatilayotgan tibbiy-ijtimoiy yordamni takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
keksa va qariyalar orasida ajrashish va turmush o‘rtog‘ini yo‘qotish ularning salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi, oila va qarindoshlari atrofida istiqomat qilish esa ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillar ekanligi asoslangan;
qariyalarning o‘rtacha kasallanish darajasi 1000 nafar o‘rganilayotgan kontingentga 1492,3 ni tashkil qilishi, barcha ro‘yxatga olingan kasalliklarning 68,0% ni qon aylanish tizimi kasalliklari, suyak-mushak tizimi va ovqat hazm qilish kasalliklari tashkil etishi aniqlangan;
keksa va qariyalarning kasallanishlarining kelib chiqishida yosh, ijtimoiy toifa, turmush sharoiti, turar joyning psixologik muhiti, chekish, spirtli ichimliklar iste’mol qilish, tana vazni indeksi va jismoniy faollik yetakchi xavf omillar ekanligi asoslangan;
o‘z uylarida va «Saxovat» internat-uylarida istiqomat qiluvchi yolg‘iz qariyalar o‘zgalar yordamiga ko‘proq muhtojligi, yosh ulg‘ayishi bilan o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish, harakatlanish va parvarish qilish qobiliyatlarining ko‘proq pasayishi aniqlangan;
o‘z oila a’zolari bilan istiqomat qiluvchi qariyalar vaqt va atrof-muhitga nisbatan yaxshi orientatsiyaga egaligi va topshiriqlarni bajarishga ko‘proq moyil ekanliklari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yolg‘iz qariyalarning salomatlik holati, turmush sharoiti va sifatini o‘rganish bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
«Qariyalarda kasallanishning rivojlanish xavfini integrallashgan kompleks baholash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdqilangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 28 oktyabrdagi 8n-d/241-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma yolg‘iz qariyalar salomatlik holatini yaxshilash, ularning kasallanishini barvaqt aniqlash yo‘li bilan hamda individual differensiallashgan davolash-sog‘lomlashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish orqali kamaytirish imkonini bergan;
«Yolg‘iz qariyalar uchun demensiyani barvaqt aniqlash bo‘yicha CDR-savolnomasini optimallashtirish» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 28 oktyabrdagi 8n-d/241-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma qariyalardagi klinik demensiyani erta bosqichlarda aniqlash imkonini hamda ularga individual differensiallashgan davolash-sog‘lomlashtirish chora-tadbirlarini o‘tkazish yo‘li bilan qariyalarning turmush sifatini va o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatishini yaxshilash imkonini bergan;
yolg‘iz keksalar salomatlik holati, ularga ko‘rsatilayotgan tibbiy-ijtimoiy yordamni takomillashtirishga qaratilgan tadqiqotning tizimli tahlili bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan, Andijon keksalar va nogironlar uchun «Saxovat» internat uyi, Namangan keksalar va nogironlar uchun «Saxovat» internat uyi, Oxangaron keksalar va nogironlar uchun «Saxovat» internat uylariga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirlining 2019 yil 30 dekabrdagi 8n-z/262-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalar tibbiy-ijtimoiy muassasalarning tibbiy, ijtimoiy va iqtisodiy samaradorligining oshishiga, vasiylikka olingan qariyalarning salomatligini yaxshilanishiga, ularning turmush sifatini hamda ko‘rsatilayotgan tibbiy-ijtimoiy yordamdan qoniqish hissini oshirish imkonini bergan.