Abdullaev Azamat Akbar o‘g‘lining
fan doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston tijorat banklarining moliyaviy inklyuzivligini oshirishda islomiy moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish”, 08.00.07- “Moliya, pul muomalasi va kredit” ixtisosligi bo‘yicha iqtisodiyot fanlari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.2.PhD/Iqt6740
Ilmiy rahbar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Bekimbetova Gulnora Maratovna.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.23.05.
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Xaydarov Nizomiddin Xamraevich; iqtisodiyot fanlari doktori, professor Berdiyarov Bahriddin Tavasharovich.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston tijorat banklarining moliyaviy inklyuzivligini oshirishda islomiy moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha nazariy takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
“Islomiy moliyalashtirish inklyuzivligi” (Islamic Financing Inclusion) tushunchasi mustaqil ilmiy atama sifatida ilk bor ta’riflangan bo‘lib, u Islom tamoyillariga muvofiq moliyaviy xizmatlarga kirishni, ulardan faol foydalanishni va diniy sabab bilan ixtiyoriy chetlangan aholi segmentini rasmiy moliyaviy tizimga jalb qilishni anglatishi asoslandi;
tijorat banklari faoliyati uchun kirish (access), foydalanish (usage) va sifat (quality) o‘lchovlarini inobatga olgan holda differensial vaznlar asosida islomiy moliyaviy inklyuzivlik indeksi (IMII) ishlab chiqildi;
tijorat banklari misolida islomiy moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish modeli ishlab chiqilib, u mahsulotlarni kengaytirish, rasmiy “Islamic window”ga o‘tish, raqamli integratsiya va xodimlarni xalqaro sertifikatlash takliflarini qamrab olishi asoslandi;
tijorat banklari uchun huquqiy tayyorgarlik, “Islamic window” orqali pilot joriy etish va bozorni kengaytirish bosqichlarini, “Regulatory Sandbox”, risk boshqaruvi hamda kadrlar tayyorgarligi mexanizmlarini qamrab oluvchi uch bosqichli dual banking modeli (2026-2030) ishlab chiqildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘zbekiston tijorat banklarining moliyaviy inklyuzivligini oshirishda islomiy moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“Islomiy moliyalashtirish inklyuzivligi” tushunchasi va uning kirish, foydalanish hamda jalb qilish o‘lchovlaridan iborat tuzilmasidan islomiy moliyaviy inklyuzivlikni nazariy-uslubiy jihatdan asoslashda, shuningdek oliy ta’lim ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga kiritilgan “Islomiy moliya” hamda “Islom iqtisodiyoti va moliyasi” yo‘nalishlari mazmunini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 2-iyundagi 02/30-1273-sonli ma’lumotnomasi hamda 2026-yil 25-fevraldagi 75-son buyrug'i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida islomiy moliyaviy inklyuzivlikni umumiy moliyaviy inklyuzivlikdan farqlash va uni miqdoriy o‘lchash uchun yagona nazariy asos yaratildi;
islomiy moliyaviy inklyuzivlik indeksi (IMII) metodikasidan, ya'ni kirish, foydalanish va sifat o‘lchovlari asosida Trastbank XABning islomiy moliyalashtirish xizmatlaridan foydalanuvchi mijozlar segmentida inklyuzivlik darajasini baholashda foydalanilgan (Trastbank XABning 2026-yil 9-iyuldagi 01-29/4248-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida bankka diniy e'tiqod sababli an'anaviy bank xizmatlaridan chetlangan mijozlar qatlamini aniqlash hamda ularga yo‘naltirilgan mahsulot va xizmatlar samaradorligini miqdoriy o‘lchash imkoniyati yaratildi;
islomiy moliyalashtirishni takomillashtirish modelining tarkibiy elementlaridan, xususan islomiy moliya mahsulotlari turkumi (murabaha, ijara, mushoraka va boshqalar), uch darajali shar'iy boshqaruv tizimi hamda xodimlarni tayyorlash yondashuvidan Trastbank XABning islomiy moliyalashtirish yo‘nalishini tashkil etish va mahsulotlar liniyasini shakllantirishda namunaviy model sifatida foydalanilgan (Trastbank XABning 2026-yil 9-iyuldagi 01-29/4248-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida tijorat banklarida islomiy moliyalashtirish xizmatlarini joriy etishning amaliy modeli yaratildi;
tijorat banklarida islomiy moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirishning uch bosqichli modelini (mahsulotlarni kengaytirish, rasmiy “Islamic window” ochish, raqamli kanal va xodimlarni sertifikatlash) ishlab chiqish taklifidan foydalanilgan (Trastbank XABning 2026-yil 9-iyuldagi 01-29/4248-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida O‘RQ-1126-son Qonunda belgilangan tijorat banklarining islomiy bank faoliyatini amalga oshirish imkoniyatlarini kengaytirish vazifasi ijrosini ta’minlashga xizmat qildi.