Xudayberganov Shuhrat Shavkat o‘g‘lining
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Akademik erkinlik sharoitida talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirishning nazariy-konseptual asoslari”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.DSc/Ped1393.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat pedagogika instituti.
Ilmiy maslahatchi: Xodjaev Begzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat pedagogika instituti, DSc.01/2025.27.12.Ped.12.01 
Rasmiy opponentlar: pedagogika fanlari doktori (DSc), professor Xodjaniyazov Sardor Umarovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor Kurbaniyazova Zamira Kalbaevna, falsafa fanlari doktori, professor Berdimuratova Alima Qarlibaevna.
Yetakchi tashkilot: Shahrisabz davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: akademik erkinlik sharoitida talabalarning ilmiy-tadqiqotchilik faoliyatini rivojlantirishning nazariy asoslarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
akademik erkinlik va ilmiy-tadqiqotchilik faoliyati konvergensiyasi akademik erkinlik, mustaqil bilimlarni o‘zlashtirish va tadqiqotchilik kompetensiyasi o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni bosqichma-bosqich aks ettiradigan epistemologik modelni produktiv tarzda loyihalashning transformatsion jihatiga ustuvorlik berish orqali aniqlashtirilgan;
akademik erkinlik sharoitida talabalarning ilmiy-tadqiqotchilik faoliyatini rivojlantirish jarayoni talabaning ilmiy faoliyatini tashqi boshqariladigan jarayondan ichki motivatsiyalashgan, refleksiv va masʼuliyatli ilmiy subektivlik darajasiga olib chiqishni ta’minlaydigan ARISE (Academic Freedom – Research Content – Implementation – Support and Mentoring – Evaluation and Reflection) didaktik konsepsiyasini modifikatsiyalash orqali takomillashtirilgan;
talabalarning ilmiy-tadqiqotchilik faoliyatini akademik erkinlik sharoitida rivojlantirishning transformatsion jihatlari metodologik, motivatsion-aksiologik, pedagogik-rolli, natijaviy transformatsiya jarayonida yuzaga keladigan pedagogik risklarni minimallashtirishga qaratilgan ustoz-shogird va mentorlik modellari integratsiyasining maqbulligini ta’minlash orqali takomillashtirilgan;
talabalarning ilmiy-tadqiqotchilik faoliyatini rivojlantirishning integratsion modeli loyihaviy ta’lim (project-based learning) va tadqiqotga asoslangan ta’lim (research-based learning) texnologiyalari negizida ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etishning universal tadqiqiy-pedagogik formulasini ishlab chiqish, shuningdek, texnologik, pedagogik va mazmuniy bilimlar integratsiyasiga asoslangan Technological Pedagogical Content Knowledge (TPACK) yondashuvini kompetensiyaviy va raqamli ta’lim muhiti talablari asosida restrukturizatsiya qilish hamda innovatsion ta’lim ekotizimi bilan uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
akademik erkinlik sharoitida talabalarning ilmiy-tadqiqotchilik faoliyatini rivojlantirishning tashkiliy, metodik, motivatsion va kommunikativ mikromexanizmlari raqamli pedagogika, adaptiv ta’lim (adaptive learning), raqamli scaffolding, institutsional ekotizim (institutional ecosystem), Research Roadmap hamda akademik navigatsiya tamoyillariga muvofiq keluvchi “GAYD-MEXANIZM” modeli bo‘yicha navigatsiya xaritasini ishlab chiqish, ilmiy faoliyatni bosqichma-bosqich qo‘llab-quvvatlash, monitoring qilish va refleksiv baholash mexanizmlarini integratsiyalash orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Akademik erkinlik sharoitida talabalarning ilmiy-tadqiqotchilik faoliyatini rivojlantirishning nazariy-konseptual asoslarini rivojlantirishga oid tadqiqot natijalari asosida: 
akademik erkinlik va ilmiy-tadqiqotchilik faoliyati konvergensiyasi akademik erkinlik, mustaqil bilimlarni o‘zlashtirish va tadqiqotchilik kompetensiyasi o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni bosqichma-bosqich aks ettiradigan epistemologik modelni produktiv tarzda loyihalashning transformatsion jihatiga ustuvorlik berish orqali aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalari “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 1-avgustdagi 277-son buyrug‘i, 277-436 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, magistrantlar hamda talabalarda ilmiy tadqiqotchilik ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishga xizmat qilgan; 
akademik erkinlik sharoitida talabalarning ilmiy-tadqiqotchilik faoliyatini rivojlantirish jarayoni talabaning ilmiy faoliyatini tashqi boshqariladigan jarayondan ichki motivatsiyalashgan, refleksiv va masʼuliyatli ilmiy subektivlik darajasiga olib chiqishni ta’minlaydigan ARISE didaktik konsepsiyasini modifikatsiyalash orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalari “Oliy ta’limda mutaxassislik fanlarni o‘qitish metodikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 21-avgustdagi 316-son buyrug‘i, 768958 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, mutaxassislik fanlarini o‘qitish jarayonida talabalarning ilmiy tadqiqotchilik kompetensiyalarini shakllantirishga xizmat qilgan; 
talabalarning ilmiy-tadqiqotchilik faoliyatini akademik erkinlik sharoitida rivojlantirishning transformatsion jihatlari metodologik, motivatsion-aksiologik, pedagogik-rolli, natijaviy transformatsiya jarayonida yuzaga keladigan pedagogik risklarni minimallashtirishga qaratilgan ustoz-shogird va mentorlik modellari integratsiyasining maqbulligini ta’minlash orqali takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalari “Maktabgacha ta’limda ta’lim va tarbiya texnologiyalari” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 14-apreldagi 136-son buyrug‘i, 177768 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, talabalarning ilmiy-tadqiqotchilik faoliyatini amalga oshirish texnologiyasini takomillashtirilishiga erishilgan;
talabalarning ilmiy-tadqiqotchilik faoliyatini rivojlantirishning integratsion modeli loyihaviy ta’lim (project-based learning) va tadqiqotga asoslangan ta’lim (research-based learning) texnologiyalari negizida ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etishning universal tadqiqiy-pedagogik formulasini ishlab chiqish, shuningdek, texnologik, pedagogik va mazmuniy bilimlar integratsiyasiga asoslangan Technological Pedagogical Content Knowledge (TPACK) yondashuvini kompetensiyaviy va raqamli ta’lim muhiti talablari asosida restrukturizatsiya qilish hamda innovatsion ta’lim ekotizimi bilan uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalari “Oliy ta’limda mutaxassislik fanlarni o‘qitish metodikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 21-avgustdagi 316-son buyrug‘i, 768958 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, mutaxassislik fanlarini o‘qitish jarayonida qo‘llanilgan pedagogik formulalar samaradorligini oshirishga erishilgan;
akademik erkinlik sharoitida talabalarning ilmiy-tadqiqotchilik faoliyatini rivojlantirishning tashkiliy, metodik, motivatsion va kommunikativ mikromexanizmlari raqamli pedagogika, adaptiv ta’lim (adaptive learning), raqamli scaffolding, institutsional ekotizim (institutional ecosystem), Research Roadmap hamda akademik navigatsiya tamoyillariga muvofiq keluvchi “GAYD-MEXANIZM” modeli bo‘yicha navigatsiya xaritasini ishlab chiqish, ilmiy faoliyatni bosqichma-bosqich qo‘llab-quvvatlash, monitoring qilish va refleksiv baholash mexanizmlarini integratsiyalash orqali takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalari “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 1-avgustdagi 277-son buyrug‘i, 277-436 raqamli nashr ruxsatnomasi, Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universitetining 2026-yil 20-apreldagi 11-05-2284/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning ilmiy-tadqiqotchilik faoliyatini rivojlantirish jarayonini tashkil etish, nazorat qilish va korreksiyalashga xizmat qilgan;

Yangiliklarga obuna bo‘lish