Almardanov Ulug‘bek Qudrat o‘g‘lining
fan doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oliy ta’lim tizimida xorijiy investisiyalar samaradorligini baholash mexanizmini takomillashtirish”, 08.00.01- “Iqtisodiyot nazariyasi” ixtisosligi bo‘yicha iqtisodiyot fanlari. Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Iqt5635
Ilmiy rahbar: iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent Kurolov Kobiljon Kulmanovich
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.23.02
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Xajiev Baxtiyor Dushaboevich; iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent Dusanov Salim Mamarasulovich.
Yetakchi tashkilot: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Respublika oliy ta’lim tizimida xorijiy investisiyalardan foydalanish samaradorligini baholash mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
nazariy yondashuv asosida xususiy va xalqaro investisiya oqimlarini yagona tizimga integratsiyalovchi ko‘p kanallik uzatish mexanizmi ishlab chiqilib, investisiyalarning infratuzilma, ilmiy salohiyat va talabalarni qo‘llab-quvvatlash orqali akademik, ilmiy hamda iqtisodiy samaradorlikni oshirishi asoslandi;
institutsional yondashuv asosida oliy ta’lim muassasalari endaument jamg‘armalari va investisiya loyihalarini tijoratlashtirishdan olinadigan daromadlarga nisbatan differensiallashtirilgan soliq imtiyozlari tizimi ishlab chiqilib, uning xususiy investisiyalarni kengaytirish, daromadlarni qayta investisiyalashni rag‘batlantirish va OTMlar raqobatbardoshligini oshirishdagi ahamiyati asoslandi;
neoklassik nazariya asosida IHRT (Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti) metodologiyasiga mos, milliy mehnat bozori xususiyatlarini hisobga oluvchi investisiyalar samaradorligini baholashning uch komponentli kompozit indeksi (SI = 0.45·EMP + 0.35·DIPL + 0.20·LMI) ishlab chiqilib, VRS-DEA va OLS regressiya modellarini integratsiyalash orqali investisiyalar va ta’lim natijalari o‘rtasidagi sababiy bog‘liqlik empirik asoslandi;
O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalariga investisiyalar hajmining 2030-yilgacha bo‘lgan o‘rta muddatli prognoz ko‘rsatkichlari ekonometrik modellar asosida ishlab chiqildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Oliy ta’limga investisiyalarni jalb etish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
nazariy yondashuv asosida xususiy va xalqaro investisiya oqimlarini yagona tizimga integratsiyalovchi ko‘p kanallik uzatish mexanizmi ishlab chiqilib, investisiyalarning infratuzilma, ilmiy salohiyat va talabalarni qo‘llab-quvvatlash orqali akademik, ilmiy hamda iqtisodiy samaradorlikni oshirishiga doir nazariy materiallardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 19-iyundagi 04/47-4695-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda xususiy va xalqaro investisiya oqimlarini yagona tizimga integratsiyalovchi ko‘p kanallik investisiya mexanizmi oliy ta’lim muassasalarining investisiya siyosatini takomillashtirish, investisiya resurslarini infratuzilma, ilmiy tadqiqotlar, professor-o‘qituvchilar salohiyati hamda talabalarni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlari bo‘yicha samarali taqsimlashga oid uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqishda joriy etildi;
institutsional yondashuv asosida oliy ta’lim muassasalari endaument jamg‘armalari va investisiya loyihalarini tijoratlashtirishdan olinadigan daromadlarga nisbatan differensiallashtirilgan soliq imtiyozlari tizimi ishlab chiqilib, uning xususiy investisiyalarni kengaytirish, daromadlarni qayta investisiyalashni rag‘batlantirish va OTMlar raqobatbardoshligini oshirishdagi ahamiyati bilan bog‘liq natijalar ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 19-iyundagi 04/47-4695-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida oliy ta’lim muassasalari endaument jamg‘armalari va investisiya loyihalarini tijoratlashtirishga nisbatan ishlab chiqilgan differensiallashtirilgan soliq imtiyozlari tizimi ta’lim sohasida xususiy investisiyalarni rag‘batlantirish, ilmiy-innovatsion faoliyatdan olinadigan daromadlarni qayta investisiyalash hamda oliy ta’lim muassasalarining moliyaviy barqarorligini mustahkamlashga oid takliflarni ishlab chiqishda qo‘llanildi;
neoklassik nazariya asosida IHRT metodologiyasiga mos, milliy mehnat bozori xususiyatlarini hisobga oluvchi investisiyalar samaradorligini baholashning uch komponentli kompozit indeksi (SI = 0.45·EMP + 0.35·DIPL + 0.20·LMI) ishlab chiqilib, VRS-DEA va OLS regressiya modellarini integratsiyalash orqali investisiyalar va ta’lim natijalari o‘rtasidagi sababiy bog‘liqlik empirik asoslandi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 19-iyundagi 04/47-4695-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif natijasida investisiyalar samaradorligini baholashning uch komponentli kompozit indeksi (SI) hamda VRS-DEA va OLS regressiya modellariga asoslangan kompleks baholash uslubiyoti oliy ta’lim muassasalarida investisiya resurslaridan foydalanish samaradorligini baholash, ularning natijadorligini monitoring qilish va boshqaruv qarorlarini qabul qilish amaliyotiga joriy etildi;
O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalariga investisiyalar hajmining 2030-yilgacha bo‘lgan o‘rta muddatli prognoz ko‘rsatkichlari ekonometrik modellar asosida ishlab chiqildi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 19-iyundagi 04/47-4695-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif natijasida oliy ta’lim muassasalariga investisiyalar hajmining 2030-yilgacha bo‘lgan o‘rta muddatli ekonometrik prognozlari oliy ta’lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha istiqbolli dasturlarni ishlab chiqish, investisiya ehtiyojlarini rejalashtirish hamda davlat va xususiy investisiyalar hajmini prognozlash amaliyotida foydalanishga tavsiya etildi