Mamatkulov Ixtiyor Basimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalar anesteziologiya va reanimatsiyasi xizmatining sog‘liqni saqlashda islohotlar davridagi holati va rivojlanish tendensiyalari», 14.00.37–Anesteziologiya va reanimatologiya; 14.00.33–Jamiyat salomatligi. Sog‘liqni saqlashda menejment (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Tib259.
Ilmiy rahbarlar: Agzamxodjaev Tal’at Saydalimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Babadjanov Abdumurat Sattarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, DSc.28.02.2018.Tib.63.01.
Rasmiy opponentlar: Sharipova Visolatxon Xamzaevna, tibbiyot fanlari doktori; Rizaev Jasur Alimjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Sankt-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasida 2000–2015 yillar davomida Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish Davlat dasturini amalga oshirish natijalarini tahlil qilishni qiyosiy baholash asosida bolalar anesteziologiyasi va reanimatologiyasi xizmati faoliyatini yaxshilash bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish davrida respublika bolalar anesteziologiyasi va reanimatsiyasi bo‘limi xizmatining rivojlanishi tendensiyalari aniqlangan, mamlakatimizda tibbiy muassasalar tarmog‘ini optimallashtirish natijalari bolalar anesteziologiyasi va reanimatsiyasi asosida baholangan;
bolalar anesteziologiya-reanimatsiya sohasidagi o‘zgarishlarning bolalar aholisi sog‘lig‘i ko‘rsatkichlariga ta’siri o‘rganilgan va ushbu tibbiy yordam turining oqilona menejmenti bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan;
sog‘lig‘i o‘tkir va og‘ir buzilgan bolalarning ota-onalari tomonidan viloyat markazidagi bolalar anesteziologiyasi va reanimatsiyasi bo‘limiga o‘z yo‘li bilan olib kelinishi malakali yordam ko‘rsatishni boshlashni kechiktirishi, «Golden hour – Tez yordamning oltin soati» xalqaro Konsepsiyasi talablarini o‘z vaqtida va to‘liq bajarishga to‘siq bo‘lishi isbotlangan;
ayrim kompensatsion choralarini amalga oshirmasdan DPM tarmog‘ini optimallashtirish aholining ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamdan ko‘rsatish uchun viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari qoshida reanimatsiya yordamini ko‘rsatishni boshlash va bemorni kasalxonaga olib ketayotganda yo‘lda davom ettirish uchun reanimatsion-maslahat brigadalarini tashkil etish asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bolalar anesteziologiyasi va reanimatologiyasi sohasi faoliyatini yanada yaxshilashga bag‘ishlangan tadqiqot bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
«Bolalar anesteziologiyasi va reanimatsiyasi bo‘limlari yordami sifatini baholash modeli» va «Bolalar anesteziologiyasi va reanimatsiyasi yordamini takomillashtirish bo‘yicha uslubiy tadbirlarni tashkil qilish» uslubiy tavsiyanomalari tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 29 noyabrdagi 8n-r/328-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tavsiyalar har bir viloyatda tuman bo‘g‘inida bolalar anesteziologiyasi va reanimatsiyasi xizmatini tiklash yoki muqobil variant – viloyat ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazi va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi viloyat filiallari qoshida reanimatsion-maslahat brigadalarini tashkil qilish masalasi yuzasidan to‘g‘ri qaror qabul qilish imkonini bergan;
bolalar anesteziologiya va reanimatsiyasi xizmatining sog‘liqni saqlashda islohotlar davridagi holati va rivojlanish tendensiyalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan Jizzax va Sirdaryo viloyatlari sog‘liqni saqlash boshqarmalari amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 27 noyabrdagi 8n-z/207-son ma’lumotnomasi). Natijada perinatal o‘lim holatlarini qisqartirish, bolalar anesteziologiyasi va reanimatsiyasi o‘rinlaridan foydalanish samaradorligini oshirish imkonini bergan.