Bozorbaev Ilyosbek Israilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Kontekstli o‘qitish asosida pedagog kadrlarning maxsus kompetentligini rivojlantirish”.
13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi.
    Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Ped10657 
Ilmiy rahbar: fizika-matematika fanlari doktori, professor Ergashov Yoqub Suvonovich
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti, PhD.03/2025.27.12.Ped.33.01 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Kurbaniyazova Zamira Kalbaevna pedagogika fanlari doktori, professor; Hamidov Vohid Sobirovich fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: pedagogika. Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kontekstli o‘qitish asosida pedagog kadrlarning maxsus kompetentligini rivojlantirishga oid ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
kontekstli o‘qitish asosida pedagog kadrlarning maxsus kompetentligini rivojlantirishning tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlari ta’lim mazmunining funksional yaxlitligi va adaptiv rivojlanishini ta’minlovchi semiotik, imitatsion hamda ijtimoiy shakllarning o‘zaro integratsiyasini prediktiv analitik muvoffiqlashtirish orqali aniqlashtirilgan;
pedagog kadrlarning maxsus kompetentligini rivojlantirishning kontekstli o‘qitishga asoslangan modeli ta’lim jarayonining dinamik traektoriyasi va pedagogik faoliyatning intermodalligiga tayangan holda, kontekstual refleksiya hamda immersiv amaliyotlarning uzviyligini ta’minlovchi XK (Contextual Knowledge) va TPACK (The technological pedagogical content knowledge) komponentlarini kiritish orqali takomillashtirilgan;
kontekstli o‘qitish asosida pedagog kadrlarning maxsus kompetentligini rivojlantirish jarayoni uzlyuksiz malaka oshirishning auditoriya va auditoriyadan tashqari shakllarida funksional savodxonlik hamda amaliy faoliyat samaradorligining barqaror o‘sishini ta’minlaydigan analitik-rezonlash, metakognitiv va kompetensiyaviy yondashuvlar asosida takomillashtirilgan;
pedagog kadrlarning maxsus kompetentligini rivojlantirishning metodik ta’minoti autentik muhitda innovatsion moslashuvchanlik, amaliy-tadbiqiy va texnologik-pedagogik kompetensiyalarni Professional Development in CTL (Contextual Teaching and Learning) yondashuvining samarali rivojlanishini ta’minlovchi multidissiplinar va natijador uslubiy vositalarni ishlab chiqish asosida kengaytirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kontekstli o‘qitish asosida ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarining maxsus kompetentligini rivojlantirishga qaratilgan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
kontekstli o‘qitishga tayangan holda pedagog kadrlarning maxsus kompetentligini rivojlantirishning tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlari ta’lim mazmunining funksional yaxlitligi va adaptiv rivojlanishini ta’minlovchi semiotik, imitatsion hamda ijtimoiy shakllarning o‘zaro integratsiyasini prediktiv-analitik jihatdan muvofiqlashtirish orqali aniqlashtirildi. Ushbu yondashuvlar “Kontekstli o‘qitish asosida pedagogning maxsus kompetentligini rivojlantirish” nomli qisqa muddatli malaka oshirish kursi va o‘quv dasturi mazmuniga singdirildi. Kurs https://mk.bimm.uz platformasiga joylashtirildi. (Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Ilmiy-metodik kengashining 2024-yil 6-sentyabrdagi №117-son bayonnomasi). Natijada pedagog kadrlarning maxsus kompetentligini rivojlantirish shart-sharoitlari tizimli ravishda aniqlashtirildi;
pedagog kadrlarning maxsus kompetentligini rivojlantirishning kontekstli o‘qitishga asoslangan modeli ta’lim jarayonining dinamik traektoriyasi hamda pedagogik faoliyatning intermodalligiga tayanib, kontekstual refleksiya va immersiv amaliyotlarning uzviyligini ta’minlovchi XK (Contextual Knowledge) va TPACK (Technological Pedagogical Content Knowledge) komponentlarini kiritish orqali takomillashtirildi. Mazkur tavsiyalar O‘zbekiston Milliy universiteti Ilmiy kengashining 2025-yil 27-martdagi 7-son qarori asosida “Kontekstli o‘qitish nazariyasi va amaliyoti” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirildi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi 2025-yil 27- fevraldagi 02/01-01-269-son ma’lumotnomasi). Natijada maxsus kompetentligini rivojlantirishning metodik ta’minoti takomillashtirildi;
kontekstli o‘qitish asosida pedagog kadrlarning maxsus kompetentligini rivojlantirish jarayoni uzlyuksiz malaka oshirishning auditoriya va auditoriyadan tashqari shakllarida funksional savodxonlik, qaror qabul qilish va amaliy faoliyat samaradorligini ta’minlovchi analitik-rezonlash, metakognitiv hamda kompetensiyaviy yondashuvlar asosida takomillashtirildi. Ushbu yondashuvlar pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish mintaqaviy markazlari dasturlarining modullariga integratsiya qilindi hamda  “Kontekstli o‘qitish asosida pedagog kadrlar malakasini oshirish” nomli elektron qo‘llanma orqali amaliyotda qo‘llandi. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi 2025-yil 27- fevraldagi 02/01-01-269-son ma’lumotnomasi). Natijada maxsus kompetentlikni rivojlantirish mazmuni yangilandi;
pedagog kadrlarning maxsus kompetentligini rivojlantirishga xizmat qiluvchi metodik ta’minot autentik ta’lim muhitida innovatsion moslashuvchanlik, amaliy-tadbiqiy hamda texnologik-pedagogik kompetensiyalarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan multidissiplinar va natijador uslubiy vositalarni ishlab chiqish orqali kengaytirildi. Ushbu qarashlar Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining “Masofaviy texnologiyalardan foydalangan holda o‘quv faoliyatini tashkil etish” 2022–2024 yillarda bajarilgan IL-4821091576 amaliy loyiha asosida “Kontekstli o‘qitish asosida pedagogning maxsus kompetentligini rivojlantirish” qisqa muddatli kursi va “Kontekstli o‘qitish nazariyasi va amaliyoti” o‘quv qo‘llanmasini joriy etish jarayonida qo‘llanildi. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi 2025-yil 27- fevraldagi 02/01-01-269-son ma’lumotnomasi). Natijada metodik ta’minot doirasi kengaytirildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish