Kuchkarova Nazira Kaxramon qizining
 falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Malaka oshirish jarayonida tinglovchilarning ijtimoiy-madaniy salohiyatini rivojlantirish mexanizmini takomillshtirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Ped8061.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti.
Ilmiy rahbar: Xodjaev Begzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti huzuridagi PhD.03/2025.27.12.Ped.33.01 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Zaripov Lochin Rustamovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Medetova Raushan Mamadiyarovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi malaka oshirish jarayonida tinglovchilarning ijtimoiy-madaniy salohiyatini rivojlantirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
malaka oshirish jarayonida tinglovchilarning ijtimoiy-madaniy salohiyatini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari madaniyatlararo kommunikativ kompetensiya va faol o‘qish-o‘rganish tamoyillarining integratsiyasiga ko‘ra ijtimoiy-madaniy mediatsiya mexanizmlarini faollashtiruvchi kognitiv, emotsional-aksiologik, kommunikativ-prakseologik, refleksiv-tahliliy va integrativ komponentlarning sinergik o‘zaro aloqadorligi barqarorligini ta’minlash asosida kengaytirilgan; 
tinglovchilarning ijtimoiy-madaniy salohiyatini rivojlantirishning tuzilmaviy-funksional modeli madaniy-moslashuvchan va maxsus-transversal kompetensiyalarni shakllantirishni ta’minlovchi taqsimlangan faoliyat subektivligi bo‘yicha umummadaniy layoqatni rivojlantirishda ma’rifiy, kommunikativ va kasbiy funksiyalarning modulli dasturlarini gorizontal va vertikal integratsiyasiga asoslangan kasbiy-hamkorlik mexanizmini kiritish orqali takomillashtirilgan; 
tinglovchilarning ijtimoiy-madaniy salohiyatini rivojlantirish jarayoni shaxsiylashtirilgan o‘quv traektoriyalari va hamkorlikdagi bilim konstruksiyasi tamoyillariga muvofiq yaqin rivojlanish zonasi bo‘yicha  mustaqil va hamkorlikdagi faoliyatini rag‘batlantiruvchi tashkiliy-texnologik tuzilmani adaptiv scaffolding yondashuvi bilan boyitilgan teskari aloqa mexanizmini kiritish orqali takomillashtirilgan;
tinglovchilarning ijtimoiy-madaniy salohiyatini rivojlantirish samaradorligi madaniy kontekstga joylashtirilgan ssenariylar va tajribaviy o‘qish sikli  tamoyillariga ko‘ra tinglovchilarda nuqtai nazarlarni qabul qilish qobiliyati hamda o‘zaro kommunikativ ta’sir ko‘rsatish malakalarini kengaytirishga yo‘naltirilgan jarayonlarni modellashtiruvchi shaxsiy o‘sish muhitini yaratish, amaliy faoliyat bilan uzviy integratsiyani ta’minlovchi ijtimoiy-madaniy mediatsiya mexanizmini kiritish asosida takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Malaka oshirish jarayonida tinglovchilarning ijtimoiy-madaniy salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
malaka oshirish jarayonida tinglovchilarning ijtimoiy-madaniy salohiyatini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlarini madaniyatlararo kommunikativ kompetensiya va faol o‘qish-o‘rganish tamoyillarining integratsiyasiga ko‘ra ijtimoiy-madaniy mediatsiya mexanizmlarini faollashtiruvchi kognitiv, emotsional-aksiologik, kommunikativ-prakseologik, refleksiv-tahliliy va integrativ komponentlarning sinergik o‘zaro aloqadorligi barqarorligini ta’minlash asosida kengaytirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan “Pedagogical innovative methods in teaching english” darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 25-iyundagi 218-son buyrug‘i, №218-030 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, tinglovchilarning ta’lim jarayonida ijtimoiy-madaniy faoliyatga doir o‘quv materiallaridan foydalanish malakasini rivojlantirishga xizmat qilgan;
tinglovchilarning ijtimoiy-madaniy salohiyatini rivojlantirishning tuzilmaviy-funksional modelini madaniy-moslashuvchan va maxsus-transversal kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan taqsimlangan faoliyat subektivligi bo‘yicha umummadaniy layoqatni rivojlantirishga xizmat qiluvchi ma’rifiy, kommunikativ va kasbiy funksiyalarning modulli dasturlar orqali gorizontal va vertikal integratsiyasini ta’minlovchi kasbiy-hamkorlik mexanizmini joriy etish  asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan “Pedagogical innovative methods in teaching english” darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 25-iyundagi 218-son buyrug‘i, №218-030 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, tinglovchilarning ijtimoiy-madaniy salohiyatini rivojlantirishda innovatsion yondashuv va texnologiyalardan foydalanish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan; 
tinglovchilarning ijtimoiy-madaniy salohiyatini rivojlantirish jarayonini shaxsiylashtirilgan o‘quv traektoriyalari va hamkorlikdagi bilim konstruksiyasi tamoyillariga muvofiq yaqin rivojlanish zonasi bo‘yicha  mustaqil va hamkorlikdagi faoliyatini rag‘batlantiruvchi tashkiliy-texnologik tuzilmani adaptiv scaffolding yondashuvi bilan boyitilgan teskari aloqa mexanizmini kiritish orqali takomillashtirishga doir takliflardan O‘zbekiston–Belorus hamkorligida 2022-2024-yillarda amalga oshirilgan IL-4821091576. “Masofaviy texnologiyalardan foydalangan holda oliy ta’lim va qayta tayyorlash hamda malaka oshirish tizimlarida o‘quv faoliyatini tashkil etish” loyihasining tinglovchilarni ijtimoiy-madaniy faoliyatga yoʻnaltirilgan texnologiyalardan foydalanish kompetentligini rivojlantirish qismini bajarishda foydalanilgan (Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2025-yil 15-dekabr 02/01-01-581-son ma’lumotnomasi). Natijada, tinglovchilarning ijtimoiy-madaniy salohiyatini rivojlantirishga doir masofiy ta’lim kontentini yaratishga xizmat qilgan;
tinglovchilarning ijtimoiy-madaniy salohiyatini rivojlantirish samaradorligini madaniy kontekstga joylashtirilgan senariylar va tajribaviy o‘qish sikli  tamoyillariga ko‘ra tinglovchilarda nuqtai nazarni qabul qilish qobiliyati hamda o‘zaro kommunikativ ta’sir ko‘rsatish malakalarini kengaytirishga yo‘naltirilgan jarayonlarni modellashtiruvchi shaxsiy o‘sish muhitini yaratish, amaliy faoliyat bilan uzviy integratsiyani ta’minlovchi ijtimoiy-madaniy mediatsiya mexanizmini kiritish asosida takomillashtirishga doir takliflardan O‘zbekiston–Belorus hamkorligida 2022-2024-yillarda amalga oshirilgan IL-4821091576. “Masofaviy texnologiyalardan foydalangan holda oliy ta’lim va qayta tayyorlash hamda malaka oshirish tizimlarida o‘quv faoliyatini tashkil etish” loyihasining tinglovchilarning ijtimoiy-madaniy kompetensiyalarini masofaviy muhitda shakllantirishga yo‘naltirilgan interaktiv texnologiyalarni qo‘llash qismini bajarishda foydalanilgan (Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2025-yil 15-dekabr 02/01-01-581-son ma’lumotnomasi). Natijada, tinglovchilarning ijtimoiy-madaniy salohiyatini rivojlantirishda interaktivlikni oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish