Okyulov Xasan Omanbaevich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi: “Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda mulkdorlar qatlamining o‘rni” (xorijiy va milliy tajribalar qiyosiy tahlili);
Ixtisoslik shifri: 23.00.02-siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar;
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Ss179
Ilmiy rahbar: Qirg‘izboev Muqumjon, siyosiy fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti
IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.Ss.01.08 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Abdug‘ani Jumanazarovich Xolbekov, sotsiologiya fanlari doktori (DSc), professor; Xayrullo Nosirovich To‘xtaboev, siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
Mulkdorlar qatlamining fuqarolik jamiyatining rivojlantirishdagi o‘rni, shuningdek mulkdorlar qatlamining O‘zbekiston jamiyatida shakllanishi hamda rivojlanish muammolarini ilmiy tahlil etish hamda o‘ziga xosligini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xorijiy, milliy tajribalarni tahlil etish natijasida mulkdorlar qatlamini rivojlantirish orqali mamlakat farovonligini oshirish, fuqarolik jamiyati tuzilmalarini institutlashtirishning shart-sharoiti ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy asoslari qiyosiy ochib berilgan;
mamlakatda xususiy mulkchilikning turli shakllarini rivojlantirish orqali ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti, erkin fuqarolik jamiyatini milliy va xalqaro modellari ilmiy qiyosiy tahlil etilgan.
mamlakatimizda shakllanib va rivojlanib kelayotgan turli mulkdorlar qatlamlarining moddiy boylik hamda milliy mahsulot yaratishlarida ishtirok etayotgan va bandligi ta’minlangan resurslar ishtiroki aspektlari ilmiy, qiyosiy tahlil etilgan;
fuqarolik jamiyati institutlari sifatida faoliyat yuritayotgan, mulkdorlar qatlami nodavlat tashkilotlarini shakllanishi hamda institutlashuvi, biznesni tashkil etishga ta’siri, ishbilarmonlar, tadbirkorlar manfaatlari va jihatlarini tadqiq qilish asnosida mulkdorlar sinfini rivojlantirish jarayonidagi ijtimoiy-siyosiy va huquqiy konseptual jihatlari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tadqiqot natijalari, undagi ilmiy xulosa va takliflarning amaliyotga joriy etilganligi bo‘yicha quyidagi tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgan:
Yangi O‘zbekistonni barpo etish sharoitida fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda mulkdorlar qatlamining o‘rni va rolini oshirishga bag‘ishlangan tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar, amaliy taklif va tavsiyalar, xususan, “mulkdor”, “fermer”, “mulkdorlar qatlami”, “fuqarolik jamiyati”, “fuqarolik jamiyati institutlari” kabi kategoriyalarning nazariy-metodologik mazmunini takomillashtirish, rivojlangan davlatlar tajribasi va xalqaro tashkilotlarning ilg‘or yondashuvlarini milliy amaliyotga tatbiq etish, fuqarolik jamiyati institutlari hamda mulkdorlar qatlamining o‘zaro bog‘liqligi va hamkorlik mexanizmlarini takomillashtirishga oid ilmiy ishlanmalardan O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi faoliyatida foydalanilgan. Tadqiqotda ilgari surilgan ilmiy tavsiyalar vazirlikning tadbirkorlik subektlari, fermerlar va xususiy mulkdorlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tahliliy-uslubiy hujjatlari hamda amaliy faoliyatini takomillashtirish, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish va aholi iqtisodiy faolligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqishda muhim metodologik asos bo‘lib xizmat qilgan. Natijada, vazirlikning tadbirkorlar va mulkdorlar qatlamiga oid amaliy tashabbuslarini shakllantirish, aholi va tadbirkorlik subektlari bilan ishlash samaradorligini oshirish, fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, tadbirkorlik subektlarining ijtimoiy-iqtisodiy faolligini rag‘batlantirish hamda ularning davlat va jamiyat taraqqiyotidagi ishtirokini kengaytirishga qaratilgan amaliy faoliyat samaradorligini oshirishga xizmat qilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2026 yil 11 iyundagi 01/00-03/07-5992-sonli xati).
Dissertatsiyaning O‘zbekistonda mulkdorlar qatlamini rivojlantirishga qaratilgan normativ-huquqiy bazani takomillashtirishda tadbirkorlarning fuqarolik jamiyati institutlari, ayniqsa, nodavlat notijorat tashkilotlari va mahalla tuzilmalari bilan o‘zaro ta’sir mexanizmlari zarurati ilmiy jihatdan asoslangan ilmiy yangiligi O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Madaniyat va ma’rifat” telekanalining “Agar...” ko‘rsatuvida Yaponiya, Xitoy, Koreya tajribasi hamda kichik biznes sub’ektlarining fuqarolik jamiyati rivojlanishidagi o‘rniga oid taklif va tavsiyalar tizimini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining "Ma’rifat" Ijodiy birlashmasi Davlat muassaasining 2026 yil 12 iyundagi 15-20/473-sonli xati).
Dissertatsiyaning tadbirkorlik faoliyati ustidan davlat nazoratini cheklash mulkdorlar qatlami va fuqarolik jamiyatining institutsional imkoniyatlariga ijobiy ta’siridan kelib chiqib, 2030 yilgacha fuqarolik jamiyatining institutsional salohiyatini oshirishga mo‘ljallangan mezonlar va amalga oshirish bosqichlarini o‘z ichiga olgan model shakllantirish imkoniyatlari ochib berilgan ilmiy yangiligi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi huzuridagi “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi tomonidan yosh startapchilar va yosh tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish mexanizmlarini liberallashtirish, yosh avlod vakillari orasida mulkdorlar qatlamini shakllantirishning huquqiy va institutsional kafolatlarini kuchaytirish, shuningdek, «O‘zbekiston – 2030» strategiyasi doirasida yoshlar tadbirkorligi ekotizimini rivojlantirish hamda ularning bandligini ta’minlashga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirishga doir uzoq muddatli chora-tadbirlar dasturlari, maqsadli strategiyalar va amaliy tavsiyalar tizimini ishlab chiqishda keng qamrovli asos sifatida foydalanilgan (“Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi Respublika ijro etuvchi direksiyasining 2026 yil 12 iyundagi 8-14/21-sonli xati).
Dissertatsiyada ishlab chiqilgan ilmiy yangiliklar, nazariy xulosalar va amaliy tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar agentligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar agentligining 2-13-21-4142-sonli dalolatnomasi). Xususan, tadqiqotda yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish, ularda mulkdorlik tafakkurini shakllantirish, iqtisodiy mustaqillik va tashabbuskorlikni rivojlantirish, yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashning institutsional mexanizmlarini takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar Agentlik tomonidan amalga oshirilayotgan ta’limiy, tashkiliy va targ‘ibot loyihalarida qo‘llanilgan. Natijada, yoshlarning tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularning biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, iqtisodiy faolligini oshirish, bandligini ta’minlash hamda zamonaviy mulkdorlar qatlamini shakllantirishga qaratilgan o‘quv-seminarlar, treninglar va loyihalar samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.