Hoshimov Husanboy Anvarjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Modifikatsiyalangan gravitatsiya nazariyalari doirasida qora o‘ralar atrofida zarralar dinamikasi va fundamental chastotalar”, 01.03.02 – Kosmos fizikasi va astrofizika (fizika-matematika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/FM1413
Ilmiy rahbar: Atamurotov Farrux Shuxratovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/2025.27.12.FM.01.05.
Rasmiy opponetlar: Axunov Talat Axmatovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor. Turimov Bobir Valentinovich, fizika-matematika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: “TIQXMMI” Fundamental va amaliy tadqiqotlar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Gravitatsion linzalanish, zarralar harakati va kvazidavriy tebranishlarning umumlashtirilgan noaniqlik prinsipi bilan modifikatsiyalangan Shvarschild qora o‘rasi fazo-vaqti doirasidagi xususiyatlarini kompleks tadqiq qilish hamda yagona nazariy asosni takomillashtirishdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
ilk bor Umumlashtirilgan noaniqlik prinsipi bilan modifikatsiyalangan Shvarschild fazo-vaqti doirasida kvant tuzatishlarining gravitatsion linzalash, qora o‘ra soyasi, zarralar dinamikasi va kvazi-davriy tebranishlarga ta’sir xususiyatlari yagona nazariy yondashuv asosida aniqlandi;
ilk bor bir jinsli va bir jinsli bo‘lmagan plazma taqsimotlari uchun umumlashtirilgan noaniqlik prinsipi bilan modifikatsiyalangan Shvarschild fazo-vaqtida nol geodezikalar hosil qilinib, fotonlar traektoriyasiga umumlashtirilgan noaniqlik prinsipi parametri va plazma muhitining birgalikdagi ta’siri aniqlandi hamda kuchsiz va kuchli gravitatsion linzalash parametrlarining ϵ parametrga bog‘liqligi miqdoriy jihatdan baholandi;
ilk bor umumlashtirilgan noaniqlik prinsipi bilan modifikatsiyalangan Shvarschild fazo-vaqtida sinov zarralar harakati va fundamental tebranish chastotalari o‘rganilib, eng ichki barqaror doiraviy orbita parametrlari hamda kvazi-davriy tebranishlarning RP, ER va WD modellaridan foydalanish asosida ϵ parametrni baholash usuli ishlab chiqildi;
ilk bor Hodisalar gorizonti teleskopi kuzatuv ma’lumotlari (M87 va Sgr A) hamda mikrokvazarlar uchun mavjud kuzatuv natijalari asosida ϵ parametrga qo‘yiladigan cheklovlar baholanib, umumlashtirilgan noaniqlik prinsipi tuzatishlari va plazma muhitining qora o‘raning kuzatiluvchi xossalariga birgalikdagi ta’sir qonuniyatlari aniqlandi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Modifikatsiyalangan gravitatsiya nazariyalarida qora o‘ralar atrofidagi optik va dinamik jarayonlarni umumlashtirilgan noaniqlik prinsipi asosida tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
umumlashtirilgan noaniqlik prinsipi bilan modifikatsiyalangan Shvarsshild qora o‘rasida plazma muhiti mavjud bo‘lgan sharoitdagi kuchsiz gravitatsion linzalanish burchagini hisoblash bo‘yicha olingan nazariy natijalar va ishlab chiqilgan usullardan Fudan universitetida Xitoy Milliy tabiiy fanlar jamg‘armasi — National Natural Science Foundation of China (NSFC) tomonidan moliyalashtirilayotgan W2531002-raqamli grant doirasidagi ilmiy-tadqiqot ishlarida foydalanilgan (Fudan universiteti Fizika departamentining Xie Xide Junior Chair professori Cosimo Bambining 2025-yil 8-avgustdagi ma’lumotnomasi). Natijada, umumlashtirilgan noaniqlik prinsipi parametri va plazma muhiti xususiyatlarining fotonlarning gravitatsion og‘ish burchagiga ta’sirini miqdoriy baholash imkoniyati yaratilgan;
umumlashtirilgan noaniqlik prinsipi bilan modifikatsiyalangan Shvarsshild qora o‘rasining foton sferasi, kritik ta’sir parametri va soya radiusini plazma muhiti ta’sirini hisobga olgan holda aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalardan Fudan universitetida NSFC tomonidan moliyalashtirilayotgan W2531002-raqamli grant doirasidagi ilmiy-tadqiqot ishlarida foydalanilgan (Fudan universiteti Fizika departamentining Xie Xide Junior Chair professori Cosimo Bambining 2025-yil 8-avgustdagi ma’lumotnomasi). Natijada, umumlashtirilgan noaniqlik prinsipi parametri va plazma muhitining qora o‘ra soyasi o‘lchami hamda optik ko‘rinishiga ta’sirini aniqlash va taqqoslash imkoniyati kengaytirilgan;
plazma muhitida fotonlar harakatini, gravitatsion linzalanishni va qora o‘ra soyasini nazariy modellashtirish uchun ishlab chiqilgan usullardan Fudan universitetida NSFC tomonidan moliyalashtirilayotgan W2531002-raqamli grant doirasidagi ilmiy-tadqiqot ishlarida foydalanilgan (Fudan universiteti Fizika departamentining Xie Xide Junior Chair professori Cosimo Bambining 2025-yil 8-avgustdagi ma’lumotnomasi). Natijada, umumlashtirilgan noaniqlik prinsipi bilan modifikatsiyalangan qora o‘ra atrofidagi optik jarayonlarni plazma muhiti mavjud bo‘lgan sharoitda kompleks nazariy modellashtirish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish