Aqqiev Bobomurod Toshpo‘latovichning
falsafa doktori (RhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Miokard infarktini o‘tkazgan bemorlarda omega-3 TYoK (omakor)ning yurak ritmi variabelligiga va qorinchalar aritmiyasiga ta’siri», 14.00.06–Kardiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Tib450.
Ilmiy rahbar: Qurbanov Ravshanbek Davletovich, tibbiyot fanlari doktori, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.64.01.
Rasmiy opponentlar: Nurillaeva Nargiza Muxtarxanovna, tibbiyot fanlari doktori; Avezov Davlet Qurbanbaevich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Respublika tez tibbiy yordam ilmiy markazi .
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: miokardning Q-tishchali o‘tkir infarktini o‘tkazgan bemorlarda omega-3 TYoK (omakor)ning yurak ritmi variabelligiga va qorinchalar aritmiyasiga ta’siriga baho berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
3 oy davomidagi 1 gramm miqdorda omega-3 TYoKsining qabul qilinishi Q-tishli MIni o‘tkazgan bemorlarning standart terapiyasiga samarali antiaritmik ta’sir ko‘rsatishi isbotlangan;
ilk bor Q-tishli MIni o‘tkazgan bemorlarda QT intervali dispersiyasi va yurak ritmi turbulentligining QAga bog‘liqligi va ularning dinamikasiga omega-3 TYoKlarining ta’siri aniqlangan;
Q-tishli MIni o‘tkazgan bemorlarda avtonom nerv tizimi hujayralari membranasining holatini bevosita aks ettiruvchi lipidlar peroksidlanish ko‘rsatkichlarining past YuRV bilan o‘zaro teskari korrelyasion bog‘liqligi shu bilan birga lipidlar peroksidlanishiga va lipidlar miqdorining kamayishiga omega-3 TYoKlarining ijobiy barqaror ta’siri aniqlangan;
Q-tishli MIni o‘tkazgan bemorlarning standart terapiyasiga qo‘shimcha kuniga 1 gramm miqdor omega-3 TYoKlarining qabul qilinishi davomida va qabuli to‘xtatilgandan so‘ng ham uning YuRVga ijobiy ta’siri saqlanib qolganligi isbostlangan va shu bilan birga omega-3 TYoKsining pasaygan YuRVga tanlangan yuqori ijobiy ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
MI o‘tkazgan bemorlarda omega-3 TYoK (omakor)ning yurak ritmi variabelligiga va qorinchalar aritmiyasiga ta’sirini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
«Q-tishchali miokard infarktini o‘tkazgan bemorlarda yurak ritm variabelligi va qorinchalar aritmiyasining dinamikasi» mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 25 dekabrdagi 8n-z/249-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanomada ishlab chiqilgan ma’lumotlarning joriy etilishi MIdan keyin yuqori xavfga ega bo‘lgan bemorlar guruhida MI, uning asoratlarining qaytalanishi va TKO‘ kuzatilishining oldini olish imkonini yaratgan;
Q-tishchali miokard infarktini o‘tkazgan bemorlarda yurak ritm variabelligi va qorinchalar aritmiyasining dinamikasiga omega-3 TYoK (omakor)ning ta’sirini o‘rganish orqali olingan tadqiqot natijalarining tegishli qismlari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Toshkent, Sirdaryo viloyatlari kardiologiya dispanserlari va 1-sonli shahar klinik shifoxonasining amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 25 dekabrdagi 8n-z/249-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning amaliyotga tatbiq qilinishi MIni o‘tkazgan bemorlarda xavf stratifikatsiyalarini optimallashtirish, davolashni takomillashtirishga, jumladan omakorni sutkasiga 1 gramm miqdorda tayinlash, hayot sifat darajasini oshirishga, nogironlik darajasini kamaytirish va mazkur guruh bemorlarda qayta gospitalizatsiyalar sonini qisqartirish imkonini bergan.