Mahmudov Alisher Yo‘ldoshevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Sharqona tolerantlik va gumanizmning olmon dramaturgiyasidagi talqinlari qiyosiy tadqiqi (G.E.Lessing, Y.V.Gyote va H.Hayne dramalari qiyosi va tarjimalari asosida), 10.00.06 - Qiyosiy adabiyotshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.DSc/Fil429.
Ilmiy maslahatchi: Shodmonov Nafas Nomozovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.11.05.
Rasmiy opponentlar: To‘raev Damin, filologiya fanlari doktori, professor; Karshibaeva Uljan Davirovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Tursunov Akmal Hamidjonovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi olmon adabiyotida sharqona tolerantlik va gumanizm g‘oyalarining badiiy talqini, ularning mazmun-mohiyati hamda g‘oyaviy-estetik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Evropa ma’rifatparvarlik adabiyotida Sharq mavzusining shakllanish omillari, rivojlanish bosqichlari, ilmiy tadqiq etilish tendensiyalari va nazariy talqinlari tarixiy-madaniy kontekstda baholanib, olmon adabiyotidagi sharqona syujet, obraz va g‘oyalarning badiiy transformatsiyasi qiyosiy-tarixiy hamda adabiy-tahliliy yondashuvlar asosida ilmiy jihatdan asoslab berilgan;
olmon adabiyotida Gotthold Ephraim Lessing, Johann Wolfgang von Goethe hamda Heinrich Heine ijodida aks etgan sharqona tolerantlik va diniy bag‘rikenglik an’analarining badiiy talqini, klassisizm, sentimentalizm, romantizm kabi g‘oyaviy-estetik yo‘nalishlari hamda badiiy tasvir vositalari, kompozision-janriy kabi poetik xususiyatlari ochib berilgan;
olmon adabiyotida tolerantlik va gumanizm g‘oyalarining axloqiy-didaktik talqini, ularning shakllanish qonuniyatlari hamda badiiy ifoda tamoyillari qiyosiy-tipologik, tarixiy-adabiy va matniy tahlil metodlari asosida aniqlangan;
olmon adabiyotida sharqona gumanizm motivlarining adabiy-badiiy talqini obrazlar tizimi hamda badiiy asarlar konsepsiyasi asosida kompleks baholanib, ularning Sharq va G‘arb madaniy muloqotini ifodalash, tolerantlik va insonparvarlik g‘oyalarini badiiy-estetik hamda madaniyatlararo kommunikativ konsept sifatida namoyon etuvchi g‘oyaviy-badiiy funksiyalari asoslab berilgan;
olmon adabiyotidagi sharqona tolerantlik va gumanizm ifodalarining tarjimaviy talqini qiyosiy-tarjimashunoslik nuqtai nazaridan baholanib, badiiy asarlar tarjimasida Sharq va G‘arb madaniy konseptlari, obrazlar tizimi hamda g‘oyaviy-estetik mazmunning adekvat ifodasini ta’minlash, milliy-madaniy koloritni saqlash va muallif uslubini qayta yaratishga qaratilgan ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sharqona tolerantlik va gumanizmning olmon dramaturgiyasidagi talqinlari qiyosiy tadqiqi (G.E.Lessing, Y.V.Gyote va H.Hayne dramalari qiyosi va tarjimalari asosida) mavzu yuzasidan erishilgan ilmiy natijalar quyidagi asosda joriylangan:
Evropa ma’rifatparvarlik adabiyotida Sharq mavzusining shakllanish omillari, rivojlanish bosqichlari, ilmiy tadqiq etilish tendensiyalari va nazariy talqinlari tarixiy-madaniy kontekstda baholanib, olmon adabiyotidagi sharqona syujet, obraz va g‘oyalarning badiiy transformatsiyasi qiyosiy-tarixiy hamda adabiy-tahliliy yondashuvlar asosida ilmiy jihatdan asoslab berilganligiga oid ilmiy qarashlardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan 2021–2023-yillarda bajarilgan “Qoraqalpoq og‘zaki nasri (janrlar tuzilishi, genezesi, obrazlar tizimi, sujet va motivlari, poetikasi)” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihada foydalanilgan (O‘zFA Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2026-yil 25-fevraldagi 209/1-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida adabiy janrning shakllanishi, janrlararo sintez va individual mualliflik uslubining o‘rni bilan bog‘liq ilmiy qarashlar boyitilishiga xizmat qilgan;
olmon adabiyotida tolerantlik va gumanizm g‘oyalarining axloqiy-didaktik talqini, ularning shakllanish qonuniyatlari hamda badiiy ifoda tamoyillari qiyosiy-tipologik, tarixiy-adabiy va matniy tahlil metodlari asosida aniqlanganiga oid taklif va ilmiy natijalardan Qarshi davlat universitetida 2021–2023-yillarda amalga oshirilgan SUZ-800-21GR-3181 “Reinforcing English Language competence at Karshi State University” nomli xalqaro grant loyihasi doirasida foydalanilgan (Qarshi davlat universitetining 2026-yil 24-fevraldagi 03/1545-son ma’lumotnomasi). Natijada olmon sharqshunosligi va adabiyotshunosligida Sharqona talqinlarning ilmiy asoslari tarixiy-madaniy manbalar asosida boyitishga xizmat qilgan;
olmon adabiyotida sharqona gumanizm motivlarining adabiy-badiiy talqini obrazlar tizimi hamda badiiy asarlar konsepsiyasi asosida kompleks baholanib, ularning Sharq va G‘arb madaniy muloqotini ifodalash, tolerantlik va insonparvarlik g‘oyalarini badiiy-estetik hamda madaniyatlararo kommunikativ konsept sifatida namoyon etuvchi g‘oyaviy-badiiy funksiyalari asoslab berilganiga doir ilmiy xulosalardan 2020–2025-yillarda Evropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi doirasidagi SM, KA-107 “International Credit Mobility between European Union and Uzbekistan HEIs, through staff and student mobility exchange projecs between Uzbek State University of World LanguaGES (Uzbekistan) and Ruhr University Bochum (Germany)” (2020-1-DE01-KA107-005433) xalqaro loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2026-yil 26-fevraldagi 141-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan nazariy tamoyillar, ilmiy xulosalar va tadqiqot materiallari asosida nazariy, amaliy hamda maxsus kurslar mazmuni boyitishga xizmat qilgan;
olmon adabiyotida Gotthold Ephraim Lessing, Johann Wolfgang von Goethe hamda Heinrich Heine ijodida aks etgan sharqona tolerantlik va diniy bag‘rikenglik an’analarining badiiy talqini, klassisizm, sentimentalizm, romantizm kabi g‘oyaviy-estetik yo‘nalishlari hamda badiiy tasvir vositalari, kompozision-janriy kabi poetik xususiyatlari ochib berilganligiga doir tadqiqot natijalaridan Germaniya Federativ Respublikasi elchixonasi, Goethe-Institut, Shveysariya elchixonasi, Avstriya elchixonasi, Deuscher Volkshochschul-Verband hamda O‘zbekiston nemis tili o‘qituvchilari uyushmasi hamkorligida tashkil etilgan O‘zbekistondagi nemis tili o‘qituvchilarining XV-an’anaviy anjumanida foydalanilgan (Germaniyadagi Olmon-o‘zbek ilmiy jamiyatining 2026-yil 11-martdagi 06/1-1155-son ma’lumotnomasi). Natijada olmon-o‘zbek adabiy-madaniy aloqalarini ilmiy asosda yoritishga xizmat qiluvchi nazariy qarashlar va metodik yondashuvlarni mustahkamlashga xizmat qilgan;
olmon adabiyotidagi sharqona tolerantlik va gumanizm ifodalarining tarjimaviy talqini qiyosiy-tarjimashunoslik nuqtai nazaridan baholanib, badiiy asarlar tarjimasida Sharq va G‘arb madaniy konseptlari, obrazlar tizimi hamda g‘oyaviy-estetik mazmunning adekvat ifodasini ta’minlash, milliy-madaniy koloritni saqlash va muallif uslubini qayta yaratishga qaratilgan ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan ilmiy xulosalardan “Qashqadaryo” telekanalida tayyorlangan “Reportaj” teleko‘rsatuvlari (2023-yil 23-oktyabr, 2024-yil 24-oktyabr), “Oltin voha” radioeshittirishining “Ochiq muloqot” dasturi (2023-yil 5-aprel) hamda 2025-yil 9-may kuni efirga uzatilgan “Uch avlod uchrashuvi” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasining 2026-yil 13-martdagi 17-05/46-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur media mahsulotlarning mazmuni ilmiy-nazariy jihatdan boyitilib, umuminsoniy qadriyatlarni yoritish samaradorliginioshirishga xizmat qillgan.