Ergashova Dilnara Tolibaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qishloq xo‘jalik ekinlarini tomchilatib so‘g‘orishda magnitlangan suvdan foydalanishning samaradorligi (Toshkent viloyati misolida)” 06.01.02–“ Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3. PhD/T6060
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Begmatov Ilxom Abduraimovich texnika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universitetida bajarilgan.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.17/2025.27.12.T.01.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Axmedjanov Dilmurod G‘ulomovich – Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti Olmaliq filiali “Umumtexnik fanlar” kafedrasi professori, t.f.d.professor. Paluashova Gauxaray Kalbaevna – “Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti” “Tuproq tadqiqotlari va meliorativ jarayonlar laboratoriyasi” mudiri, katta ilmiy xodim, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Yetakchi tashkilot: Toshkent Davlat Agrar Universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Toshkent viloyati tabiiy-iqlim va tuproq-meliorativ sharoitida go‘zani tomchilatib sug‘orishda magnitlangan suvdan foydalanishning samaradorligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tuproqning turli chuqurliklardagi namlanishi hisobga olgan holda g‘o‘zani magnitlangan suv bilan tomchilatib sug‘orish me’yorini aniqlashning matematik modeli ishlab chiqilgan.
tuproqning hajmiy massasi, tuproqning faol qatlami qalinligi va tuproqning faol qatlamidagi namlik zaxirasi hisobga olgan holda magnitlangan suvdan foydalanib g‘o‘zani tomchilatib sug‘orish maqbul rejimi ishlab chiqilgan.
magnitli ishlov berilgan suvdan foydalangan holda g‘o‘zani tomchilatib sug‘orishning texnologik elementlarini tuproqning faol qatlam qalinligini va suv balansini hisoblash usuli ishlab chiqilgan.
tuproq hisobiy qatlamining chuqurligi, tomizgich sarfi, tomizgichlar soni, chegaraviy dala nam sig‘imi, suvdan foydalanish koeffisienti hisobga olgan holda sug‘orish davomiyligi aniqlash usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qishloq xo‘jalik ekinlarini tomchilatib sug‘orishda magnitlangan suvdan foydalanishning samaradorligi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
g‘o‘zani magnitlangan suv bilan tomchilatib sug‘orish rejimi (sug‘orish me’yori, soni, vaqti va davomiyligi) va uning texnologik elementlari Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumani «TST Agro Cluster» MChJ paxta dalalarida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 5 iyundagi 02/19–2518-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, oddiy suvga nisbatan mavsumiy sug‘orish me’yorining 15-20% gacha iqtisod qilinishiga erishilgan;
tuproq-meliorativ va klimat ko‘rsatkichlari o‘zgarishini hisobga olib, magnitli ishlov berilgan suvdan foydalangan holda g‘o‘zani tomchilatib sug‘orishning texnologik elementlarini hisoblash usuli Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanidagi «Tojiboeva Zokira agro», «Boyovul agro group» va «Nazirov Sardor agro» fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 5 iyundagi 02/19–2518-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mavsumiy sug‘orish suvining 12-15% gacha tejalishi aniqlanib, fermer xo‘jaliklarida suv resurslaridan samarali foydalanish usullari takomillashtirilgan;
magnit qurilmasi yordamida suvni magnitlab sug‘orish tartibi va hosildorlikni oshirish texnologiyasi Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanidagi «Nodir-Rufat», «Nihol Obod Zamin Fayz» va «Dutbaev Davlet» fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 5 iyundagi 02/19–2518-sonli ma’lumotnomasi). Natijada qo‘llanilishi oddiy suvga nisbatan g‘o‘za rivojlanishini 5–10 kunga tezlashtirish va paxta hosildorligini 10–15 foizga oshirish imkonini bergan.