Oripov Jasurbek Ikromjon o‘g‘lining
 texnika fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Tabiiy ipak to‘qimalari ishlab chiqarishda iplarni to‘qishga tayyorlash takomillashtirilgan samarali texnologiyasini yaratish”, 05.06.02-“To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xom ashyoga dastlabki ishlov berish” .
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.DSc/T759
Ilmiy maslahatchi: Valiev Gulam Nabidhanovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat texnika universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat texnika universiteti, DSc.03/2025.27.12.T.15.03
Rasmiy opponentlar: Alieva Dilbar Ganievna, texnika fanlari doktori, professor; Jumaniyazov Kadam Jumaniyazovich, texnika fanlari doktori, professor; Axmedov Jaxongir Adxamovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat texnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Krepdeshin to‘qimalarini ishlab chiqarishda tabiiy ipak iplarini to‘qishga tayyorlashning takomillashtirilgan samarali texnologiyasini yaratishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
to‘quv iplarini tandalash jarayonidan avval shakllantirish hamda tandalash jarayonini takomillashtirish bo‘yicha yaratilgan texnik echimlar orqali tanda iplarini to‘qishga tayyorlashni takomillashtirilgan samarali texnologiyasi yaratilgan;
piltalab tandalash mashinasi barabanining dinamik tahlili asosida uning harakat tenglamalari ishlab chiqilgan va sonli echimlari orqali texnologik qarshilik momentining ortishi baraban tebranish amplitudasini oshirishi, tasma uzatmaning bikrlik koeffisienti va inersiya momentlarini maqbul qiymatlarini tanlash orqali baraban aylanishining tekislanishi asoslangan;
tandalash mashinasida iplarni yuqori tezlikda o‘rash jarayoni nazariy tahlil qilinib, tanda ipining baraban bo‘ylab harakat tenglamasi olingan, o‘rash jarayoniga baraban massasi, uzunligi va burchak tezligining ta’siri aniqlanib, hisoblash va grafik tahlillar orqali baraban parametrlarini oqilona tanlash ip tarangligining barqarorlashishi hamda o‘rash sifatining yaxshilanishini ta’minlashi asoslangan;
gardish yonida qiyalab o‘rashda pishituv o‘rami zichligining o‘ram o‘qi bo‘ylab taqsimlanishini olingan bog‘lanishlari orqali o‘ram zichligining notekis taqsimlanishi asoslangan hamda jarayonni takomillashtirish bo‘yicha yaratilgan texnik echimlar orqali tabiiy ipak arqoq iplarini to‘qishga tayyorlashni takomillashtirilgan texnologiyasi ishlab chiqilgan;
tabiiy ipak tanda iplarini ikki bosqichli usulda buram berib qo‘shganda ularning uzilish kuchi va ko‘p davrli cho‘zilish deformatsiyaga chidamliligini oshishi aniqlangan hamda to‘liq omilli tajribalar asosida adekvat regression matematik modeli olingan;
tanlash barabanini tekis aylanishini ta’minlash uchun tasmali uzatmaning bikirlik koeffisientining optimal qiymati Ct = (400–420) Nm/rad bo‘lishi aniqlangan, bu qiymatdan past bo’lganida baraban notekis aylanib, ip sifati yomonlashishi, yuqori bo’lganida esa tizimda dinamik yuklanish ortib, mexanik elementlarning charchash ehtimoli kuchayishi asoslangan;
olib borilgan nazariy va eksperimental tadqiqotlar asosida, yangi texnologiyada baraban tebranishi kamayib iplarni galtak aksial yo‘nalishda chuvish usuli qo‘llanilishi natijasida, galtaklarning aylanma harakati bartaraf etilib, ishqalanish kuchlari kamayishi va iplarning tarangligi tekislanishi aniqlangan.
IV.  Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat:
tabiiy ipakdan krepdeshin to‘qimalarini ishlab chiqarishda, to‘quv ipini tandalash jarayonidan avval shakllantirish hisobiga tabiiy ipak tanda iplarini to‘qishga tayyorlash resurstejamkor texnologiyasi yaratilgan va rasional parametrlari ishlab chiqilgan;
tabiiy ipak krep to‘qimalarini ishlab chiqarishda, o‘rama nuqsonlarini va xomashyo chiqindisini kamayishini taminlaydigan arqoq iplarini to‘qishga tayyorlash resurstejamkor texnologiyasi yaratilgan;
tabiiy ipak krepdeshin to‘qimalarini ishlab chiqarishda to‘quvchilik tanda iplariga buram berishning rasional qiymati aniqlangan;
tabiiy ipak tanda iplariga buram berilganda ularning uzilish kuchi oshishi asoslangan, bunda, ipning pishiqligi 2,33 teks 4 qavat oddiy pishitilgan (2,33 teks x 4) iplarda o‘rtacha 291,88 sN ni tashkil qilib pishitilmagan iplarga nisbatan 13,87 % oshishi, 2,33 teks 4 qavat murakkab pishitilgan ({(2,33x2)Zx2}S200) iplarda o‘rtacha 271,93 sN ni tashkil qilib – 6,09 % oshishi aniqlangan;
tabiiy ipak iplariga kam buram berilganda ularning ishqalanishdagi tugun hosil bo‘lishiga chidamliligi oshishi asoslangan, 2,33 teks 4 qavat murakkab pishitilgan ({(2,33x2)Zx2}S200) iplarda ip to‘liq uzilgunga qadar o‘rtacha 1009 ta ishqalanish sikllarini tashkil qilib umuman tugun hosil bo‘lmagan va oddiy pishitilgan iplarga nisbatan ularning afzalligi isbotlangan;
iplarga buram berilganida iplar va buramlar soni qancha ko‘p bo‘lsa ipning ko‘p davrli cho‘zilish deformatsiyaga chidamliligi shuncha yuqori bo‘lishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tabiiy ipak to‘qimalari iplarini to‘qishga tayyorlash resurstejamkor texnologiyasini yaratish hisobiga olingan ilmiy natijalar asosida:
to‘quv ipini tandalash jarayonidan avval shakllantirish asosida yaratilgan tabiiy ipak tanda iplarini to‘qishga tayyorlash takomillashtirilgan texnologiyasi yangi texnologik tizim va parametrlar shaklida «O‘zbekipaksanoat» uyushmasi tasarrufidagi Marg‘ilon shaxridagi «Sharq ipagi durdonasi» ma’suliyati cheklangan jamiyatining iplarni to‘qishga tayyorlash sexida (2 ta qo‘shib-eshuv va 1 ta piltalab tandalash mashinasida) joriy etilgan («O‘zbekipaksanoat» uyushmasining 2026-yil 1-iyuldagi № 4-2/980 sonli ma’lumotnomasi). Natijada tandalash jarayonida iplarning uzulishi 31,32 % ga, xomashyo chiqindilari 26,9 % ga kamayishiga, tandalash mashinasi unumdorligi 4,29 martaga oshishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish