Abdumutalliev Abdulaxad Abdusamad o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oilaviy tadbirkorlikni tashkil etish va rivojlantirish masalalari”, 08.00.15 – “Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Iqt4819
Ilmiy rahbar: Rashidov Raxmatullo A’lojonovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat texnika universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat texnika universiteti, PhD.03/2025.27.12.I.15.07.
Rasmiy opponentlar: Bayboboeva Firuza Nabijanovna iqtisodiyot fanlari doktori(DSc), dotsent. Matkarimov Kamoliddin Jo‘raboevich iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oilaviy tadbirkorlikni tashkil etish va rivojlantirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish” tushunchasining iqtisodiy mazmuni oila, innovatsiya, mulkchilik, biznes va xalqaro integratsiya yo‘nalishlarini o‘z ichiga oluvchi besh o‘lchovli model asosida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, strategik rejalashtirish, innovatsiyalarni joriy etish, raqobatbardoshlikni oshirish hamda moliyaviy barqarorlikni ta’minlash nuqtayi nazaridan takomillashtirilgan;
oilaviy tadbirkorlik subektlarini rivojlantirish darajasi moliyaviy resurslar (M), bozor talabi (B), raqobat darajasi (R), investisiya darajasi (I) va innovatsiya (N) omillarini baholash orqali aniqlanib, T ≥ 120 –“juda yuqori”, 90 ≤ T< 120 – “yuqori”, 60 ≤ T< 90 – “o‘rta”, 30 ≤ T< 60 –“past”, T < 30 – “juda past” miqdoriy chegaralari taklif etilgan;
oilaviy tadbirkorlik subektlarining raqobat muhitidagi o‘rnini aniqlashda ilmiy va amaliy jihatdan maqbul bo‘lgan raqobatbardoshlik darajasini baholash “past raqobatbardoshlik” (Rp ≤ 3), “o‘rta raqobatbardoshlik” (3 < Ro‘ ≤ 6), yuqori raqobatbardoshlik” (6 < Ryu ≤ 8), “juda yuqori raqobatbardoshlik” (Rjyu > 8) mezonlarining miqdoriy chegaralari ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan;
Namangan viloyatida oilaviy tadbirkorlik subektlarini rivojlantirishga ta’sir etuvchi omillarning ekonometrik trend modellari asosida 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Oilaviy tadbirkorlikni tashkil etish va rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish” tushunchasining iqtisodiy mazmunini oila, innovatsiya, mulkchilik, biznes va xalqaro integratsiya yo‘nalishlarini o‘z ichiga oluvchi besh o‘lchovli model asosida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, strategik rejalashtirish, innovatsiyalarni joriy etish, raqobatbardoshlikni oshirish hamda moliyaviy barqarorlikni ta’minlash nuqtayi nazaridan takomillashtirish bilan bog‘liq nazariy-uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun mo‘ljallangan «Global iqtisodiy xavfsizlik» nomli darslik tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 14 apreldagi 136-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida oliy o‘quv yurti talabalari hamda bo‘lg‘usi mutaxassislarda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishning besh o‘lchovli modelini o‘rganishning nazariy asoslari bo‘yicha yangi bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish imkoni yaratilgan;
oilaviy tadbirkorlik subektlarini rivojlantirish darajasi moliyaviy resurslar (M), bozor talabi (B), raqobat darajasi (R), investisiya darajasi (I) va innovatsiya (N) omillarini baholash orqali aniqlanib, T ≥ 120 –“juda yuqori”, 90 ≤ T< 120 – “yuqori”, 60 ≤ T< 90 – “o‘rta”, 30 ≤ T< 60 –“past”, T < 30 – “juda past” miqdoriy chegaralari bo‘yicha taklif O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi tomonidan foydalanilgan (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining 2026-yil 4-iyundagi 01-06-29-4389-sonli ma’lumotnomasi). Taklifdan foydalanish natijasida Namangan viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning 2021-2026-yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqishda mavjud imkoniyatlardan yanada samarali foydalanish va hududlarda oilaviy tadbirkorlik subektlarini iqtisodiy samaradorligini 9,0 foizga oshirish imkoni yaratilgan;
oilaviy tadbirkorlik subektlarining raqobat muhitidagi o‘rnini aniqlashda ilmiy va amaliy jihatdan maqbul bo‘lgan raqobatbardoshlik darajasini baholash “past raqobatbardoshlik” (Rp ≤ 3), “o‘rta raqobatbardoshlik” (3 < Ro‘ ≤ 6), yuqori raqobatbardoshlik” (6 < Ryu ≤ 8), “juda yuqori raqobatbardoshlik” (Rjyu > 8) mezonlarining miqdoriy chegaralari ishlab chiqish orqali takomillashtirish bo‘yicha taklif O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi tomonidan “Namangan viloyatida kichik biznes korxonalarini 2026-yilgacha bo‘lgan davrda rivojlantirishning hududiy dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining 2026-yil 4-iyundagi 01-06-29-4389-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifdan foydalanish natijasida oilaviy tadbirkorlik subektlarini rivojlantirish darajasi natijalarining aniqligini oshirish hamda ushbu sohani hududlar bo‘yicha rivojlantirib borish imkonini bergan;
Namangan viloyatida oilaviy tadbirkorlik subektlarini rivojlantirishga ta’sir etuvchi omillarning ekonometrik trend modellari asosida 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi tomonidan foydalanilgan (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining 2026-yil 4-iyundagi 01-06-29-4389-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida hududlarda uzoq muddatli istiqbolda oilaviy tadbirkorlik subektlari tomonidan ishlab chiqilgan mahsulot hajmi asosiy ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi o‘zaro muvofiqlikni ta’minlash imkoni yaratilgan.