Muxidinova Xakimaxon Gulomovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Uchinchi renessans poydevori shakllanishining ekologik jihatlari: ijtimoiy-falsafiy tahlil” 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2022.2PhD/Fa1748
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti
IK faoliyat koʻrsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti PhD.03/2025.27.12.F.22.01
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Hakimov Nazar Hakimovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Djuraqulov Husan Anvarovich falsafa fanlari doktori(DSc), professor; Isaqova Zamira Rhuhiddnovna falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Uchinchi Renessans poydevori shakllanishida ekologik muvozanat va yashil iqtisodiyotning insonparvarlik g‘oyalari bilan o‘zaro uyg‘unligini ta’minlashning ijtimoiy-falsafiy jihatlarini ochib berishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jamiyat ekologik madaniyatini yuksaltirishda ekologik ta’limning innovatsion usullarini (ekologik mentorlik, volontyorlik va interaktiv simulyasiyalar) qo‘llash orqali, Uchinchi Renessans poydevorini yaratishda kishilar ekologik tafakkurini rivojlantirib, ekologik faol fuqaro pozisiyasini shakllantirishi asoslangan;
inson va tabiat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar negizida shakllanadigan ma’naviy-iqtisodiy uyg‘unlik, kishilardagi ekologik etikani shakllantirib, ekosofik paradigmada ijtimoiy ongni barqaror rivojlanish, ekologik mas’uliyat va ekologik demarkatsiyani mustahkamlashi falsafiy ochib berilgan;
Yangi O‘zbekistonda aholining ekologik savodxonligini oshirish, kishilarda ekologik ong, ekologik madaniyatning aksiologik jihatlarini rivojlantirishi orqali, bio-gumanizm va ekologik etikaning o‘zaro dialektik aloqadorligini ta’minlab, ijtimoiy davlatda barqaror ekologik muozanat ta’minlashi isbotlangan;
jamiyatda ekologik madaniyatini qaror toptirishning tashkiliy-huquqiy va ma’naviy-ahloqiy asoslarini takomillashtirish va ekologik madaniyatini rivojlantirish, inson-jamiyat-tabiat munosabatlari tizimida ekosentrik dunyoqarashni mustahkamlab, ekologik ehtiyojlar paradigmasida ekosofik (ong, me’yor, tarbiya, tolerantlik) tamoyillar shaxsda ekoetik kompetentlikni belgilovchi mezon ekanligi dalillangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Uchinchi Renessans poydevori shaklanishining ekologik jihatlari va ularning ijtimoiy-falsafiy tahlil asoslash boyi’cha olib borilgan natijalar asosida:
jamiyat ekologik madaniyatini yuksaltirishda ekologik ta’limning innovatsion usullarini (ekologik mentorlik, volontyorlik va interaktiv simulyasiyalar) qo‘llash orqali, Uchinchi Renessans poydevorini yaratishda kishilar ekologik tafakkurini rivojlantirib, ekologik faol fuqaro pozisiyasini shakllantirishiga doir taklif va tavsiyalaridan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yil uchun chora-tadbirlar dasturining III yo‘nalishi belgilangan “Milliy g‘oya targ‘ibotini kuchaytirish, jamiyatda sog‘lom mafkura, yangi ma’naviy makon, ma’rifatli jamiyatni barpo etishga qaratilgan chora-tadbirlar” 20-bandi “Mahallalarda ma’naviy - ma’rifiy sohani yanada rivojlantirish, milliy qadriyatlarimiz, halollik birdamlik kabi tuyg‘ularni kuchaytirish, aholida boqimandalik va jinoyatchilikka moyillikni oldini olish maqsadida “Obod mahalla – yangi ma’naviy makon” loyihasini amalga oshirish” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2025-yil 31-iyuldagi 10/492-son ma’lumotnomasi). Natijada, Uchinchi renesans poydevori shakllantirishning ekologik jihatlarini ijtimoiy-falsafiy tahlil qilishga xizmat qilgan;
inson va tabiat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar negizida shakllanadigan ma’naviy-iqtisodiy uyg‘unlikni ta’minlash, kishilardagi ekologik etikani shakllantirishi orqali, ekosofik paradigmada ijtimoiy ongni barqaror rivojlanish, ekologik mas’uliyat va ekologik demarkatsiyani mustahkamlashiga taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DM tomonidan o‘tkaziladigan tadbirlarning dasturlarini ishlab chiqish, “O‘zbekiston teleradiokanali” DM “Madaniy- ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan 2025 yil mart-iyul oylarida efirga berilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Muvozanat”, “Telemushohada”, dasturlari hamda siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarga oid boshqa ko‘rsatuvlarni tayyorlashda foydalanilgan ( O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2025-yil 25-iyul 05-09-1237-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, “Yashil makon” milliy dasturining g‘oyaviy asoslarini mustahkamlashga, yoshlar orasida ekologik ong va axloqni rivojlantirishga, ta’lim va targ‘ibotda ekologik mas’uliyat oshirishga xizmat qilgan;
Yangi O‘zbekistonda aholining ekologik savodxonligini oshirish, kishilarda ekologik ong, ekologik madaniyatning aksiologik jihatlarini rivojlantirish, bio-gumanizm va ekologik etikaning o‘zaro dialektik aloqadorligini ta’minlashga doir taklif va tavsiyalaridan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yil uchun chora-tadbirlar dasturining III yo‘nalishi belgilangan “Milliy g‘oya targ‘ibotini kuchaytirish, jamiyatda sog‘lom mafkura, yangi ma’naviy makon, ma’rifatli jamiyatni barpo etishga qaratilgan chora-tadbirlar” 20-bandi “Mahallalarda ma’naviy - ma’rifiy sohani yanada rivojlantirish, milliy qadriyatlarimiz, halollik birdamlik kabi tuyg‘ularni kuchaytirish, aholida boqimandalik va jinoyatchilikka moyillikni oldini olish maqsadida “Obod mahalla – yangi ma’naviy makon” loyihasini amalga oshirish” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2025-yil 31-iyuldagi 10/492-son ma’lumotnomasi). Natijada, Uchinchi renesans poydevori shakllantirishning ekologik jihatlarini ijtimoiy-falsafiy tahlil qilishga xizmat qilgan.
jamiyatda ekologik madaniyatini qaror toptirishning tashkiliy-huquqiy va ma’naviy-ahloqiy asoslarini takomillashtirish va ekologik madaniyatini rivojlantirish, inson-jamiyat-tabiat munosabatlari tizimida ekosentrik dunyoqarashni mustahkamlashga doir ilmiy xulosalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DM tomonidan o‘tkaziladigan tadbirlarning dasturlarini ishlab chiqish, “O‘zbekiston teleradiokanali” DM “Madaniy- ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan 2025 yil mart-iyul oylarida efirga berilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Muvozanat”, “Telemushohada”, dasturlari hamda siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarga oid boshqa ko‘rsatuvlarni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2025-yil 25-iyul 05-09-1237-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, “Yashil makon” milliy dasturining g‘oyaviy asoslarini mustahkamlashga, yoshlar orasida ekologik ong va axloqni rivojlantirishga, ta’lim va targ‘ibotda ekologik mas’uliyat oshirishga xizmat qilgan.