Mirzaeva Barnoxon Adxamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Zo‘ravonlikning ijtimoiy-falsafiy mohiyati” 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Fal1175
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat pedagogika instituti 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti PhD.03/2025.27.12.F.22.01
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Muxamedov Asror Asadovich falsafa fanlari doktori (DSc), professor.
Rasmiy opponentlar:  Xakimov Nazar Xakimovich falsafa fanlari doktori, professor, Murodov Alisher Sharofxonovichi yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dotsent 
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi zo‘ravonlikning ijtimoiy-falsafiy mohiyati hamda oldini olish tendensiyalarini aniqlashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
zo‘ravonlikning genezisi va ijtimoiy munosabatlarda shakllanish bosqichlari ijtimoiy-falsafiy, qiyosiy tahlil asosida tadqiq etilib  uning "normativ munosabat" sifatida qabul qilingan dastlabki bosqichidan huquqiy-axloqiy jihatdan mutlaq inkor etiladigan hodisaga aylanishigacha bo‘lgan ijtimoiy-tarixiy evolyusiyasi ochib berilgan;
zo‘ravonlikning jismoniy, jinsiy, psixologik va iqtisodiy shakllari to‘rt o‘lchovli tasnifiy tizim asosida tahlil etilib, iqtisodiy zo‘ravonlikning ta’lim imkoniyatlarini cheklash va moliyaviy mustaqillikni yo‘q qilish orqali namoyon bo‘lishi,  psixologik zo‘ravonlikning suisidal xulq-atvor va depressiya bilan bog‘liqligi empirik ma’lumotlar asosida asoslab berilgan;
zo‘ravonlikning transgeneratsion uzatilish mexanizmlari tahlil etilib,  zo‘ravonlik muhitida voyaga etgan bolalarning uni keyinchalik ijtimoiy me’yor sifatida o‘zlashtirishi hodisasi asoslangan;
zo‘ravonlikning oldini olish va unga qarshi kurashishning ijtimoiy, huquqiy va institutsional jihatlari davlat–nodavlat tashkilotlar hamkorligiga asoslangan integrativ model tarzida tizimlashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zo‘ravonlikning ijtimoiy-falsafiy mohiyati chiqilgan ijtimoiy-falsafiy takliflar asosida: 
zo‘ravonlik genezisi, uning ijtimoiy munosabatlar shakli sifatida shakllanish bosqichlari va unga ta’sir qiluvchi omillarni aniqlash bo‘yicha takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mudofaa va xavfsizlik qomitasida foydalanilgan. (2024-yil 15-noyabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mudofaa va xavfsizlik qomitasining 44-son ma’lumotnomasi). Natijada qo‘mita faoliyatida qonun hujjatlarini takomillashtirish imkoniyatlari kengaygan;
zo‘ravonlikning zamonaviy shakllari va ularni jamiyatda namoyon bo‘lishini klassifikatsiya qilish orqali ijtimoiy taraqqiyotga ko‘rsatadigan ta’sirini aniqlashga oid taklif-tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mudofaa va xavfsizlik qomitasida foydalanilgan. (2024-yil 15-noyabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mudofaa va xavfsizlik qomitasining 44-son ma’lumotnomasi). Natijada saylovchilar bilan uchrashuvlarda hamda nazorat-tahlil faoliyatida zo‘ravonlikka qarshu kurash imkoniyatlari kengaytirilgan;
shaxsda zo‘ravonlikning kelib chiqishiga ta’sir etuvchi ijtimoiy omillarni aniqlash, zo‘ravonlikning avloddan avlodga o‘tish mexanizmlarini ochib berish bo‘yicha taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” ijodiy birlashmasi davlat muassasasida foydalanildi. (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” ijodiy birlashmasi davlat muassasasining 2026-yil 30-martdagi 05-09-158-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijalarining qo‘llanilishi zo‘ravonlikka qarshi kurashda ijobiy ta’sir ko‘rsatadi;
zo‘ravonlikning oldini olish, uning profilaktikasi va unga qarshi kurashning ijtimoiy, huquqiy va instisional jihatlarini ochib berishga oid takliflardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” ijodiy birlashmasi davlat muassasasida foydalanildi. (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” ijodiy birlashmasi davlat muassasasining 2026-yil, 30-martdagi 05-09-158-son ma’lumotnomasi). Zo‘ravonlikka qarshi kurashda Ommaviy axborot vositalari vakillarining imkoniyatlaridan foydalanish natijasida xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikni kamaytirish imkoniyati paydo bo‘ldi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish