Sapaeva Nilufar Kadambaevnaning
fan doktori (DSc) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “To‘qimachilik korxonalari B2B bozorida marketing strategiyalaridan foydalanish metodologiyasini takomillashtirish”, 08.00.11 – Marketing (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.DSc/Iqt1142.
Ilmiy maslaxatchi: Abdullaev Ilyos Sultanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.06.04.
Rasmiy opponentlar: Otajonov Umid Abdullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Abdug‘aniev Otabek Allajonovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor; Xakimov Ziyodilla Axmedovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi to‘qimachilik korxonalari B2B bozorida marketing strategiyalaridan foydalanish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
to‘qimachilik korxonalari B2B bozorida marketing strategiyalaridan foydalanish metodologiyasining mavsumiylik, zanjir pozitsiyasi, sertifikatsiya majburiyati, namuna mexanizmi, sotuv bo‘yicha boshqaruv tizimlarini inobatga olingan holda B2B marketing strategiyasini ishlab chiqishning uslubiy algoritmik sxemasi taklif etilgan;
to‘qimachilik mahsulotlari B2B bozorida korxonalarning marketing salohiyatini faqat sifat jihatdan emas, balki aniq miqdoriy ko‘rsatkichlar asosida baholash imkonini beruvchi indeksini aniqlash indiktorlari ishlab chiqilgan;
to‘qimachilik korxonalarining B2B bozoridagi strategik marketing salohiyatini moliyaviy, bozor, resurs, sertifikatsiya, raqamli transformatsiya va logistika-infratuzilma imkoniyatlari bo‘yicha strategik salohiyatini yuqori (75≤SMSI≤100), maqsadli (50≤SMSI≤74), o‘rta (25≤SMSI≤49) va past (0≤SMSI≤24) toifalari diapazonlarida baholash usuli taklif etilgan;
to‘qimachilik mahsulotlari B2B bozorida raqamli platformalar, kontent strategiyalari, raqamli marketing ekotizimi va yagona B2B xablarni shakllantirish zaruratini xisobga olgan holda to‘qimachilik korxonalari B2B bozorida taqsimot kanallari samarali tashkil etishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi taklif etilgan;
to‘qimachilik mahsulotlari eksportini multiplikator omillari ta’sirida investisiyalar, ishlab chiqarish hajmi va ish o‘rinlari sonini inobatga olgan holda 2030-yilgacha bo‘lgan prognoz qiymatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. To‘qimachilik korxonalari B2B bozorida marketing strategiyalaridan foydalanish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
to‘qimachilik korxonalari B2B bozorida marketing strategiyalaridan foydalanish metodologiyasining mavsumiylik, zanjir pozitsiyasi, sertifikatsiya majburiyati, namuna mexanizmi, sotuv bo‘yicha boshqaruv tizimlarini inobatga olingan holda B2B marketing strategiyasini ishlab chiqishning uslubiy algoritmi sxemasi bo‘yicha taklif O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari uyushmasi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari uyushmasining 2026-yil 8-iyundagi 22/02-21-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida to‘qimachilik korxonalarida B2B bozori uchun marketing qarorlarini qabul qilish jarayonini tizimli tashkil etish, eksportbop mahsulotlarni bozor talablari asosida shakllantirish va hamkorlik munosabatlarini uzoq muddatli boshqarish imkoniyati yaratilgan;
to‘qimachilik mahsulotlari B2B bozorida korxonalarning marketing salohiyatini faqat sifat jihatdan emas, balki aniq miqdoriy ko‘rsatkichlar asosida baholash imkonini beruvchi indeksini aniqlash indikatorlari bo‘yicha taklif O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari uyushmasi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari uyushmasining 2026-yil 8-iyundagi 22/02-21-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida korxonalarning raqobatbardoshligi, bozor ulushi va marketing samaradorligini kompleks baholash hamda strategik qarorlar qabul qilish imkoniyati kengaytirilgan.
to‘qimachilik korxonalarining B2B bozoridagi strategik marketing salohiyatini moliyaviy, bozor, resurs, sertifikatsiya, raqamli transformatsiya va logistika-infratuzilma imkoniyatlari bo‘yicha strategik salohiyatini yuqori (75≤SMSI≤100), maqsadli (50≤SMSI≤74), o‘rta (25≤SMSI≤49) va past (0≤SMSI≤24) toifalari diapazonlarida baholash usuli bo‘yicha taklif O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari uyushmasi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari uyushmasining2026-yil 8-iyundagi 22/02-21-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida, korxonalarning strategik rivojlanish darajasini aniqlash, ularni segmentlash va maqsadli marketing strategiyalarini ishlab chiqish imkoniyati yaratilgan;
to‘qimachilik mahsulotlari B2B bozorida raqamli platformalar, kontent strategiyalari, raqamli marketing ekotizimi va yagona B2B xablarni shakllantirish zaruratini xisobga olgan holda to‘qimachilik korxonalari B2B bozorida taqsimot kanallari samarali tashkil etishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi bo‘yicha taklif O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari uyushmasi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari uyushmasining 2026-yil 8-iyundagi 22/02-21-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etilishi natijasida to‘qimachilik korxonalarida integrallashgan marketing kommunikatsiyalari (IMK) tizimini joriy etish mexanizmlari ishlab chiqilib mahsulotlaming tashqi bozorlarga chiqish imkoniyatlari kengayib, eksport jarayonlarida raqamli kommunikatsiya va savdo samaradorligini oshirishga erishilgan;
to‘qimachilik mahsulotlari eksportini multiplikator omillari ta’sirida investisiyalar, ishlab chiqarish hajmi va ish o‘rinlari sonini inobatga olgan holda 2030-yilgacha bo‘lgan prognoz qiymatlari bo‘yicha taklif O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari uyushmasi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari uyushmasining 2026-yil 8-iyundagi 22/02-21-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etilishi natijasida to‘qimachilik mahsulotlari eksportini prognozlash va rejalashtirish mexanizmlari ishlab chiqilib, xususan, 2030-yil yakuniga ko‘ra tarmoq eksportini 29,5 mlrd dollarga yetkazish ko‘zda tutuvchi strategik rejalar amalga oshirilishi belgilangan.