Tulyaganov Davron Baxtiyarovichning
fan doktori (DSs) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Elektrojarohatlar diagnostikasi va xirurgik davolashni takomillashtirish», 14.00.40–Shoshilinch tibbiyot (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.DSc/Tib288.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi.
Ilmiy maslahatchi: Fayazov Abdulaziz Djalilovich, tibbiyot fanlari doktori.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, DSc.28.02.2018.Tib.63.01.
Rasmiy opponentlar: Alekseev Andrey Anatol`evich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Xakimov Murod Shavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xadjibaev Farxod Abduxakimovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: I.I. Djanelidze nomidagi Sankt-Peterburg tez tibbiy yordam ilmiy-tadqiqot instituti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: elektrojarohatli bemorlarni davolash natijalarini shikastlanish chuqurligi va tarqalish maydonini erta tashxislash hamda faol jarrohlik uslubini joriy etish orqali takomillashtirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
elektrotermik shikastlanganlarni tashxislash va davolash algoritmi ishlab chiqilgan;
klinik amaliyotda soddaligi va foydalanish qulayligi bilan ajralib turadigan elektr shikastlanishlarining yangi tasnifi ishlab chiqilgan;
elektr tokining ta’siri ostida shikastlangan yumshoq to‘qimalarning chuqurlik va jarohat maydonini oldindan aniqlash usuli asosida jarrohlik amaliyotlarini faol qo‘llashning ijobiy ta’siri isbotlangan;
tajriba hayvonlarida teri qoplami, muskul to‘qimasi va ichki a’zolarga turli kuchlanishdagi elektr toki ta’sirida morfofunksional o‘zgarishlarning o‘ziga xos tomonlarini o‘rganish uchun xizmat qiladigan past va yuqori vol`tli elektr jarohatlar in vivo tajriba modellari ishlab chiqilgan;
chuqur elektrotermik jarohatlarda teri, teri osti yog‘ va mushak to‘qimalarida mikrotsirkulyator o‘zgarishlarni mahalliy davolashda an’anaviy va sintetik vaqtinchalik yara qoplamalaridan foydalanishda morfologik o‘zgarishlar o‘rganilgan va ularni qo‘llashda to‘qimalarning tiklanish jarayonining tezlashishi aniqlangan;
qiyoslash yo‘li bilan elektr jarohati olgan bemorlarni kompleks davolash va jarrohlik uslubini tanlash mezonlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Elektr jarohatlarni tashxislash va jarroxlik davolash taktikasini takomillashtirishni baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Kuyish kasalligini kompleks infuzion davolashda Suksinasolni qo‘llash» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 27 dekabrdagi 8n-z/255-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanomada mahalliy dori vositasi Suksinasolning endogen intoksikatsiyasi darajasini kamayishtirishi va lipidlar peroksidatsiyasi jarayonini sekinlashtirishga hizmat qilgan.
Elektr jarohatlarni tashxislash va jarrohlik davolash taktikasini takomillashtirishga qaratilgan tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va uning filiallariga joriy qilingan. Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi elektrotermik jaroxatini olgan bemorlarda tashxislash va davolash sifatini yaxshilashga, shuningdek, aktiv xirurgik taktikada sintetik vaqtinchalik qoplamalarining qo‘llanilishi, an’anaviy taktikaga nisbatan, autotransplantantning bitish darajasini 87,4% dan 95,2% gacha oshishiga, amputatsiya va ekzartikulyasiya kabi operatsiyalarni 55,8% dan 9,8% gacha sezilarli darajada kamayishiga va shifoxonada davolanish davomiyligini 41,1±12,3 dan 37,7±10,4 kungacha kamaytirishga imkon bergan.