Ulashova Ozoda Yusup qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “G‘o‘zani tomchilatib so‘g‘orishda begona o‘tlarga qarshi samarali kurash choralarini ishlab chiqish”, 06.01.01–Umumiy dehqonchilik. Paxtachilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Qx991.
Ilmiy rahbar: Xasanova Firyuza Marifovna, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.08/2025.27.12.Qx.01.01.
Rasmiy opponentlar: Bozorov Xolmurod Maxmudovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Turdieva Nilufar Mo‘minovna, qishloq xo‘jaligi fanlari  doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Toshkent viloyatining tipik bo‘z tuproqlari sharoitida tomchilatib sug‘oriladigan g‘o‘za dalalarida  bir va ko‘p yillik  begona o‘tlarga qarshi kurash choralarini  ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tomchilatib sug‘orish usulida  g‘o‘za parvarishlangan maydonlarda  begona o‘tlarga qarshi chigit ekish bilan Yastar 33% gerbisidi 3,0 l/ga va shonalash  davrida Grasidim Full-24% gerbisidi 1,2 l/ga me’yorda qo‘llanilganda bir yillik begona o‘tlar 93,7-100% , ko‘p yilliklar esa 60-87,7 % gacha kamaygani aniqlangan;
g‘o‘zani tomchilatib sug‘orilgan  maydonlarda chigit ekish bilan Yastar 33% gerbisidini 3,0 l/ga me’yorda qo‘llash natijasida 60%gacha va shonalash davrida  qora polietilen plyonkani egat tubiga to‘shash hisobiga begona o‘tlarni 100% kamayishiga erishilgan;
g‘o‘zani tomchilatib sug‘orilgan  maydonlarda  begona o‘tlarga qarshi   ekish bilan Yastar 33% gerbisidini qo‘llash va shonalashda kora polietilen plyonka tushash hisobiga 6,1 s/ga ga, gerbisidlarni  ekish va shonalash davrida qo‘llash hisobiga esa 6,7 s/ga paxta xosili oshgani aniqlangan;
g‘o‘zani tomchilatib sug‘orilgan  maydonlarida begona o‘tlarga qarshi kora polietilen plyonka tushalgan variantlarda, nazorat variantga nisbatan 1 mln 906 ming so‘m sof daromad olinib, rentabelligi 5,3 % oshgan, kimyoviy kurash choralari qo‘llanganda esa 3 mln 077 ming so‘mni tashkil etib, rentabelligi 13,1% yuqori bo‘lishiga erishilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. G‘o‘zani tomchilatib sug‘orishda begona o‘tlarga qarshi samarali kurash choralarini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
“G‘o‘za etishtiriladigan maydonlarda uchraydigan begona o‘tlarga qarshi kurash choralari bo‘yicha tavsiyanoma” tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar milliy markazining 2025 yil 15-oktyabr` 05/01-05/02-05/04-03-437-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyalar paxta etishtiruvchi fermer xo‘jaliklari va agroklasterlar uchun qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
tomchilatib sug‘oriladigan g‘o‘za dalalarida begona o‘tlarga qarshi chigit ekish bilan Yastar 33% gerbisidi 3,0 l/ga va shonalash davrida Grasidim Full-24% gerbisidini 1,2 l/ga qo‘llash  Toshkent viloyati Bekobod tumani “Yusupov Obid” f/x 4,0 ga, “Sarbon Samandar” f/x 5,0 ga, “Abdusaid Ashurmat” f/x 2,5 ga, jami 11,5 ga maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar milliy markazining 2025 yil 15 oktyabr` 05/01-05/02-05/04-03-437-son ma’lumotnomasi). Natijada, qo‘llanilgan gerbisidlar hisobiga begona o‘tlar  70-90% gacha yo‘qotilib, paxtadan  6-8 s/ga qo‘shimcha  hosil olingan va rentabillik 50,6% bo‘lganligi aniqlandi;
g‘o‘za tomchilatib sug‘oriladigan dalalarda begona o‘tlarga qarshi shonalash davrida egat tubiga qora polietilen plyonka to‘shash Toshkent viloyati Bekobod tumani “Zafar Tongi shudringi” f/x 3,5 ga, “Asror Axror” f/x 2,5 ga, “Haqiqat kuchi” f/x  1,0 ga, Oqqo‘rg‘on tumani PSUEAITI Oqqo‘rg‘on ilmiy – tajriba stansiyasida 5,0 ga, “jami 12,0 ga maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar milliy markazining 2025 yil 15-oktyabr` 05/01-05/02-05/04-03-437-son ma’lumotnomasi). Natijada, qora plyonka to‘shalgan g‘o‘za dalalarida begona o‘tlar 100% gacha yo‘qotilib, 6-7 s/ga qo‘shimcha paxta hosili olingan va rentabillik 48,3% bo‘lganligi erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish