Abduraimova Gulniso Tohir qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qo‘ylarning geliotropdan (Heliotropium lasiocarpum) zaharlanishlarining patomorfologik differensial diagnostikasi”, 16.00.02-Hayvonlar patologiyasi, onkologiyasi va morfologiyasi. Veterinariya akusherligi va hayvonlar reproduksiyasi biotexnikasi (veterinariya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam B2025.1.PhD/V159
Ilmiy rahbar: Elmurodov Bozorboy Aktamovich, veterinariya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.08/2025.27.12.V.12.01.
Rasmiy opponentlar: Dilmurodov Nasriddin Boboqulovich, veterinariya fanlari doktori, professor; Baliev Shavkat Kuchkarovich, veterinariya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Respublikamizning lalmikor erlarida o‘suvchi geliotrop o‘simligining tarqalishini aniqlash, zaharlanishga o‘z vaqtida patologanatomik to‘g‘ri tashxis qo‘yish hamda patomorfologik differensial diagnostikasini ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Respublikamizning Samarqand viloyati Nurobod tumani “Saxoba ota qorako‘l nasl” fermer xo‘jaligida 4 % va “Nurli el-chorvadori” fermer xo‘jaligida 6 %, Jizzax viloyati Forish tumani “Barod so‘ri” fermer xo‘jaligida 4 % va “Rizaqul ota” fermer xo‘jaligida 8% miqdorda geliotrop o‘simligining tarqalish darajasi aniqlangan;
qo‘ylarda geliotropdan zaharlanish natijasida ich ketishi, tez oriqlash, nerv tizimini zararlanishi natijasida oyoqlarning falajlanishi kabi klinik belgilar va jigar serrozi, qorin bo‘shlig‘ida sarg‘ish suyuqlikni to‘planishi, yurak hamda o‘pkada nuqtasimon gemorragik qon quyilishi kabi murakkab patomorfologik o‘zgarishlar bo‘lishi ilmiy talqin qilingan;
qo‘y va quyonlar ozuqasiga geliotrop o‘simligi 60 g/kg qo‘shib berilganda tajribaning 13-kunida quyonlarda, 20-kunida qo‘ylarda zaharlanish darajasi 60 % bo‘lishi aniqlangan;
geliotrop o‘simligidan zaharlanishining kampirchopon, gossipol, oqquray va mineral moddalardan zaharlanishlarga nisbatan patomorfologik differensial diagnostikasi ishlab chiqilgan va amaliyotga tavsiya etilgan;
qo‘ylarning geliotrop o‘simligidan zaharlanishini oldini olish chora-tadbiri sifatida 1 gektar ekin maydonga 200 litr suvga 20 gr “ENTOSTAR” (Tribenurolmetil) preparati qo‘llaniganda samaradorligi 92,8 foiz ekanligi aniqlangan;
geliotrop o‘simligi tarkibidagi pirrolizidin alkaloidlarining gepatotoksik tasirida 53,3% tajriba hayvonlarining o‘limi kuzatildi, shuningdek gemoglobin va ertrositlarni 2-2,5 martaga kamayganligi, leykosit hamda Alaninaminotransferaza va Aspartataminotransferaza fermentlari faolligining 3-3,5 martaga me’yorga nisbatan ko‘tarilganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qo‘ylarning geliotrop o‘simligidan zaharlanishlarining patomorfologik differensial diagnostikasi bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
geliotrop o‘simligi bilan zaharlangan qo‘ylarda patomorfologik o‘zgarishlar, defferensial diagnostikasi, zaharlanishni oldini olish va qarshi kurashish bo‘yicha “Qo‘ylarning geliotropdan (Heliotropium lasiocarpum) zaharlanishlarining patomorfologik differensial diagnostikasi” bo‘yicha uslubiy tavsiyanoma ishlab chiqilgan hamda Samarqand viloyatining Nurobod va Jizzax viloyatining Forish tumanlarining lalmikor erlarida mavjud fermer xo‘jaliklarda joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2026-yil 16-martdagi № 02/23-224-sonli ma’lumotnomasi). Natijada Geliotrop o‘simligidan zaharlanishning oldini olishda 1 gektar ekin maydonga 200 litr suvga 20 gr “ENTOSTAR”(Tribenurolmetil) preparati qo‘llaniganda samaradorligi 92,8 % ekanligi aniqlangan;
olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlari natijasida birinchi marotaba geliotrop o‘simligi bilan zaharlangan qo‘ylarda patomorfologik o‘zgarishlarning defferensial diagnostikasi hamda tashxislash imkoniyati ishlab chiqilib fermer xo‘jaliklariga joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2026-yil 16-martdagi № 02/23-224-sonli ma’lumotnomasi). Natijada zaharlangan qo‘ylar organizmida patomorflogik va patogistologik o‘zgarishlar aniqlangan.