Solaeva Umida Shonazar qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Porey (Allium Porrum L.) piyozini turli usullarda quritish texnologiyasini ishlab chiqish”, 06.01.11 – Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Qx1859
Ilmiy rahbar: Nortojiev Bobosher Sheralievich, qishloq xo’jaligi fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.08/2025.27.12.Qx.02.02.
Rasmiy opponentlar: Dodaev Qo‘chqor Odilovich, texnika fanlari doktori, professor; Abdullaev Zokir Ikromjanovich, qishloq xo’jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi porey piyozining turli nav va duragaylari xom-ashyosini tabiiy va sun’iy yo‘l bilan turli usullarda quritish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor porey piyozining quritish uchun eng maqbul genotiplari sifatida quruq modda miqdori yuqori bo‘lgan Vesta navi (17,2 %) va Lincoln F1 duragayi (17,6 %) aniqlangan;
porey piyozini soxta piyozboshini 45 soat davomida quyosh panelli quritish uskunasida quritilganda, tayyor mahsulot chiqishi 15,2 %, barg qismini esa 28 soat quritilganda 14,2 % tayyor mahsulot chiqishi samarali ekanligi aniqlangan;
porey piyozini soxta piyozboshini 51 soat davomida quyosh panelli quritish uskunasida soyada quritilganda, tayyor mahsulot chiqishi 14,5 %, barg qismini esa 34 soat quritilganda 13,0 % tayyor mahsulot chiqishi samarali ekanligi aniqlangan;
porey piyozini soxta piyozboshiga natriy glutamat monogidrat (C₅H₈NO₄Na·H₂O) tuzini 2 % li ishchi eritmasida 3-5 daqiqa ishlov berilib quritilganda, tayyor mahsulot chiqishi 17,9 %, barg qismidan esa 16,7 % sifati yuqori ko‘rsatkichiga ega bo‘lganligi aniqlangan;
porey piyozi xom ashyosini sun’iy konvektiv usulda quritish infraqizil quritishga nisbatan jarayon davomiyligini 120–150 daqiqaga qisqartirib, soxta piyozboshi qismidan 17,0–17,6 %, barg qismidan esa 10,5–12,0 % tayyor quritilgan mahsulot chiqishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Porey piyozining nav va duragaylarini quritishda tayyor mahsulot chiqishiga turli omillar ta’sirini aniqlash bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
porey piyozining nav va duragaylarini quritish ishlanmasi Andijon viloyati Oltinko‘l tumani “Green valley seeds” fermer xo‘jaligi hududida etishtirilgan porey piyozining xom ashyosidan 1000 kg quritishga joriy etilgan (O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasining 07.04.2026 yil. № 07-33/04-26 sonli ma’lumotnomasi). Natijada 1000 kg porey piyozi xom-ashyosi quritilganda, o‘rtacha soxta piyozbosh qismidan 150 kg, barg qismidan 130 kg tayyor maxsulot olingan va soxta piyozbosh qismidan 7 mln.800 ming va barg qismidan 4 mln.700 ming so‘m sof foyda olishga erishilgan, soxta piyobosh qismining rentabellik darajasi 136 % va barg qismining rentabellik darjasi 82,4 % tashkil etgan;
porey piyozining nav va duragaylarini quritish ishlanmasi Jizzax viloyati, Baxmal tumani “Uzun buloq bo‘stoni” hududida etishtirilgan porey piyozining nav va duragaylari hosilidan 800 kg xom-ashyo quritishga joriy etilgan (O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasining 07.04.2026 yil. № 07-33/04-26 sonli ma’lumotnomasi). Natijada 800 kg porey piyozi xom-ashyosi quritilganda, o‘rtacha soxta piyozbosh qismidan 140 kg, barg qismidan 120 kg quritilgan mahsulot olingan va soxta piyozbosh qismidan 6 mln.200 ming va barg qismidan 3 mln.660 ming so‘m sof foyda olishga erishilgan. Soxta piyobosh qismining rentabellik darajasi 102,7 % va barg qismining rentabellik darjasi 63,8 % ko‘rsatkichda bo‘lgan.