Tursunova Muxlisa Kamol qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mahalliy no‘xat navlarining o‘sishi, rivojlanishi va don hosildorligiga turli ekish muddatlari va tizimlarining ta’siri (Qashqadaryo viloyati tog‘ oldi lalmikor erlari misolida)”, 06.01.08 – O‘simlikshunoslik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/Qx1911
Ilmiy rahbar: Abdiev Anvarjon Almirzaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.08/2025.27.12.Qx.02.01.
Rasmiy opponentlar: Maxmatmurodov Alisher Ulmasovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Mirsharipova Guljahon Kamolovna, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qashqadaryo viloyatining tog‘ oldi lalmikor och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida mahalliy no‘xat navlarining maqbul ekish muddati va tizimining o’simlikni o’sishi, rivojlanishi, don hosili, sifati va iqtisodiy samaradorlik ko’rsatkichlariga ta’sirini o’rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Qashqadaryo viloyatining tog‘ oldi lalmikor och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida mahalliy no‘xat navlari (Obod, Malxotra va Jahongir)ni etishtirishda yuqori don hosildorligini ta’minlovchi maqbul ekish muddati (1-15 fevral) va ekish tizimlari (60x9x1) ishlab chiqilgan;
no‘xatning “Obod”, “Malxotra” va “Jahongir” navlari erta (1-fevral) va o‘rta 
(15- fevral) ekish muddatlarida 60x9x1 ekish tizimida ekilganda ushbu muddatlarda 60x6x1 va 60x12x1 ekish tizimlarida hamda kech (1-mart) ekish muddatidagi barcha ekish tizimlarida ekilganga nisbatan urug‘larning dala unuvchanligi, o’simlikning faol o’sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ijobiy ta’siri yuqori bo’lganligi ilmiy asoslangan, “Jaxongir” navi 1-mart ekish muddatida 60x6x1 ekish tizimida ekilganda qolgan ekish tizimlariga hamda ushbu muddatda turli ekish tizimlarida ekilgan “Obod” va “Malxotra” navlariga nisbatan 0,5-3,1 s/ga.gacha yuqori hosil olish imkoniyati mavjudligi aniqlangan
no‘xat navlari 1-fevral ekish muddatida ekilganda ekish tizimlariga bog‘liq holda “Obod” navida o’simlik bo’yi 55,0-59,5 sm, “Malxotra” navida 56,1-62,6 sm va “Jahongir” navida 53,1-56,7 sm.ga, ildizidagi tuganaklar soni “Obod” navida 13,7-17,8 dona/tup, “Malxotra” navida 17,3-21,0 dona/tup,  Jahongir” navida 11,6-16,1 dona/tup, quruq massa miqdori “Obod” navida 13,55-22,57 gramm/tup, “Malxotra” navida 14,36-23,77 gramm/tup, “Jahongir” navida 12,55-20,37 gramm/tup, fotosintez sof mahsuldorligi “Obod” navida 0,47-1,46 g/m2*kun, “Malxotra” navida 0,38-1,02 g/m2*kun, “Jahongir” navida 0,46-1,52 g/m2*kunni hamda tashkil etib, ko‘rsatkichlar o‘rta (15-fevral) va kech (1-mart) ekish muddatlariga nisbatan yuqori bo‘lganligi aniqlangan; 
maqbul ekish muddati (1-fevral) va tizimida (60x9x1) ekilgan barcha no‘xat navlarinining don hosildorligi 60x6x1 va 60x12x1 ekish tizimlari hamda o‘rta (15-fevral) va kech (1-mart) ekish muddatlariga nisbatan yuqori bo‘lib, “Obod” navida 13,7 s/ga, “Malxotra” navida 15,3 s/ga, “Jaxongir” navida 12,5 s/ga.ni tashkil etganligi, erta ekish muddatida don tarkibidagi oqsil miqdori “Obod” navida 24,4-25,0 %,“Malxotra” navida 22,9-23,8 %, “Jahongir” navida 25,4-25,8 %ni tashkil etib, keyingi ekish muddatlariga nisbatan 0,7-4,0% gacha yuqori bo‘lganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qashqadaryo viloyatining tog‘ oldi lalmikor och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida no‘xat navlaridan yuqori va sifatli don hosili etishtirishda maqbul ekish muddati va ekish tizimlarini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot ilmiy natijalari asosida:
“Tog‘ oldi lalmikor maydonlarda no‘xat etishtirish texnologiyasi” nomli tavsiyanoma ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligi bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 15-oktyabrdagi 05/04-04-643-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur tavsiyanoma viloyat qishloq xo’jaligi sohasi xodimlari, fermerlar va mutaxassislar uchun amaliy qo’llanma sifatida xizmat qilmoqda;
tog‘ oldi lalmikor och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida maqbul ekish muddati va tizimi qo‘llangan holda no‘xatning “Obod” va “Malxotra” navlarini 1-15 fevral ekish muddatlarida 60x9x1 ekish tizimida ekish texnologiyasi Qamashi tumanidagi “Qarabog” fermer xo‘jaligida 3,4 gektar maydonda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligi bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 15-oktyabrdagi 05/04-04-643-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Malxotra” navidan 14,5 s/ga don hosili olinib, nazorat “Obod” naviga (11,8 s/ga) nisbatan 2,7 s/ga yuqori hosildorlikka erishilgan. Maqbul ekish muddatlari va tizimida ilmiy ishni joriy qilish natijasida shartli sof foyda o‘rtacha 6245,7 ming so‘mni, rentabellik darajasi 36,65% ni tashkil etgan. 
no‘xatning “Obod” va “Jaxongir” navlarini 1-mart ekish muddatida 60x6x1 ekish tizimida ekish texnologiyasi Qamashi tumanidagi “Qayumov Tura Qurbon bobo” fermer xo‘jaligida 2,7 gektar maydonda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligi bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 15-oktyabrdagi 05/04-04-643-son ma’lumotnomasi). Natijada, no‘xatning don hosildorliginazorat “Obod” navida 7,6 s/ga, “Jahongir” navida 8,5 s/ga ni tashkil etib, nazorat naviga nisbatan “Jahongir” navidan 0,9 s/ga qo‘shimcha hosil olingan holda, 22,63% rentabellikka erishilgan.
no‘xatning “Obod” va “Malxotra” navlarini 1-fevral ekish muddatida 60x9x1 ekish tizimida ekish texnologiyasi Qamashi tumanidagi “Rustam bobo o‘g‘li Eshtemer” fermer xo‘jaligining 1,21 gektar ekin maydonida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligi bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 15-oktyabrdagi 05/04-04-643-son ma’lumotnomasi). Natijada, nazorat “Obod” navidan 11,6 s/ga, “Malxotra” navidan nazorat navga nisbatan 1,8 s/ga yuqori, ya’ni 13,4 s/ga don hosili olingan hamda 42,21% rentabellikka erishilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish