Abdullajanov Baxrom Rustamjanovichning
fan doktori (DSs) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘tkir biliar pankreatitning klinik-epidemiologik aspektlari va davolash-tashxis taktikasi xususiyatlari», 14.00.27–Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.DSc/Tib377.
Ilmiy maslahatchi: Babadjanov Azam Xasanovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti, akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Nichitaylo Mixail Efimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Ukraina); Akilov Xabibulla Ataullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xakimov Murod Shavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: «A.V. Vishnevskiy nomidagi Xirurgiya milliy tibbiy tadqiqot markazi» Federal davlat byudjet muassasasi (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: maxsus pankreatogen asoratlarni taktik diagnostik monitoringini takomillashtirish va kompleks davolash-profilaktika chora-tadbirlarini optimallashtirish yo‘li bilan o‘tkir pankreatit bilan bemorlarni davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kasallik davomiyligi va kechish og‘irligini hamda uning jadallashib borishining maxsus prognostik mezonlarini hisobga olgan holda biliar pankreatitga xos bo‘lgan epidemiologik va klinik-patogenetik xususiyatlari aniqlashtirilgan;
pakreatitning biliar shaklida maxsus pankreatogen aseptik va yiringli-nekrotik asoratlar rivojlanishi hamda davolashning qoniqarsiz oqibati xavfi masalasida nisbatan yuqori prognostik salbiy xavf bo‘lgan patologik jarayon kechishining og‘irligida farqlanishlar isbotlangan;
qo‘llangan davolash taktikasiga bog‘liq ravishda biliar pankreatit kechishi xususiyatlari va asosiy patologik jarayon jadallashishi, pankreatitga bog‘liq tizimli asoratlar va o‘lim ehtimolligi aniqlashtirilgan;
biliar patologiya fonida endoskopik transpapillyar va suprapapillyar davolash-diagnostik muolajalardan so‘ng travmatik pankreatit rivojlanish va jadallashib borishining patognomonik xususiyatlari ochib berilgan;
endoskopik muolajalardan so‘ng o‘tkir travmatik pankreatit rivojlanishi ehtimolligini oshiruvchi anatomik va klinik xavf omillari aniqlangan;
og‘ir biliar pakreatitda o‘tkir respirator distress-sindrom rivojlanishi va jadallashishining klinik-patogenetik xususiyatlari aniqlashtirilgan va respirator ko‘maklashish fonida PaO2/FiO2 indeksi o‘sishi darajasini baholash bo‘yicha salbiy prognoz xavfi aniqlangan;
antibakterial, antiseptik, antigistamin va bronxolitik vositalar dozalangan havo-dori aralashmasi yordamida traxeobronxial yo‘l mikroflorasiga ta’sir etishdan iborat bo‘lgan o‘pkaning uzoq muddatli sun’iy ventilyasiyasi sharoitida o‘pka asoratlarining profilaktikasi va davolash usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘tkir pankreatit bilan bemorlarga yuqori texnologiyali yordam sifatini yaxshilash bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalariga asosan:
“Biliar etiologiyali o‘tkir pankreatit og‘irlik darajasini baholash algoritmi” uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 15 yanvardagi 8n-z/7-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tavsiyanoma biliar etiologiyali o‘tkir pankreatitni, ayniqsa, pankreatogen asoratlar bo‘lgan guruh bemorlarini davolash natijalarini yaxshilash imkonini bergan;
“Og‘ir o‘tkir pankreatit fonida poliorgan etishmovchilik diagnostikasi va intensiv davolash” uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 15 yanvardagi 8n-z/7-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tavsiyalar o‘tkir pankreatit fonida poliorgan etishmovchilikni tashxislash va davolash sifatini yaxshilash imkonini bergan;
“Pankreatit bilan bog‘liq o‘pkaning o‘tkir shikastlanishida respirator davolash taktikasi algoritmi” uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 15 yanvardagi 8n-z/7-son ma’lumotnomasi). Pankreatit bilan bog‘liq o‘pkaning o‘tkir shikastlanishini davolashning taklif etilgan algoritmi o‘tkir pankreatitning ushbu og‘ir asoratini intensiv davolashning taktik jihatlarini optimallashtirish imkonini bergan;
“Mexanik sariqlik bor bemorlarda endoskopik aralashuvni qo‘llash yordamida travmatik pakreatitni aniqlash usuli” uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 15 yanvardagi 8n-z/7-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tavsiyalar mexanik sariqlik fonida endoskopik aralashuv tufayli kelib chiqqan o‘tkir travmatik pankreatitni davolash natijalarini yaxshilash imkonini bergan;
o‘tkir biliar pankreatit bilan og‘rigan bemorlarga xirurgik yordam ko‘rsatish sifatini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, xususan, Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga, Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasiga, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Andijon viloyati filialiga, Andijon viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi shifoxonasi amaliy faoliyatiga (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 15 yanvardagi 8n-z/7-son ma’lumotnomasi) tatbiq etilgan. O‘tkir biliar pankreatit bilan bemorlarni davolashga taklif etilgan kompleks yondashuv va pakreatogen tizimli asoratlarlarni intensiv davolashning taklif etilgan klinik-patogenetik jihatlari bilan birga qo‘llash ularning chastotasini 24,9% dan 14,9% ga kamaytirish, asosiy patologik jarayon barqarorlashuvi va regressi ehtimolini 81% dan 89,6% ga oshirish va shu yo‘l bilan o‘lim ko‘rsatkichini 11,4% dan 4,5% ga qisqartirish imkonini bergan.