Tojiboeva Dildora Abdujalilovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Surunkali glomerulonefritda autoimmun markerlarning diagnostik va prognostik ahamiyati” 14.00.25 – Klinik-laborator va funksional diagnostika (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Tib4673.
Ilmiy rahbar: Kurbonova Zumrad Chutbaevna, tibbiyot fanlar doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti huzuridagi DSc.06/2025.27.12.Tib 01.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar:  Muhamedova Nurxon Xalimovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Aripxodjaeva Gulnoza Zaynutdinovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi surunkali glomerulonefrit bilan kasallangan bemorlarda immun buzilishlar, morfologik o‘zgarishlar va endotelial disfunksiyaning klinik – laborator diagnostikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
buyrak podotsitlarining transmembrana reseptori A2 fosfolipazasiga qarshi antitanalar membranoz nefropatiya bo‘lgan 78,4% bemorda 4,3 barobar oshgan bo‘lsa, 1-guruhdagi 21,6% membranoz nefropatiya bo‘lgan bemorda va proliferativ nefropatiyada ishonchli oshmaganligi isbotlangan; 
buyrak podotsitlarining transmembrana reseptori A2 fosfolipazasiga qarshi antitanalar miqdori o‘zgarmagan bemorlarning 15,7% da biriktiruvchi to‘qima tizimli kasalliklari, 3,9%da autoimmun tireoidit va qandli diabet, 2% da atopik bronxial astma xamrox tashxisi bo‘lgan ikkilamchi membranoz nefropatiya bo‘lishi isbotlangan;
surunkali glomerulonefrit bo‘lgan barcha bemorlarda endotelial disfunksiya kuzatildi, biroq membranoz nefropatiyada proliferativ nefropatiyaga nisbatan hujayra endoteliysi adgeziya molekulasi 1,4 barobar baland, proliferativ nefropatiyada esa Villebrand omili 1,5 barobar ko‘proq bo‘lishi asoslangan;
membranoz nefropatiyada buyrak to‘qimasini immunogistokimyoviy tekshirganda 40 nafar bemorda IgG, Ig kappa va Ig lyambda engil bog‘lari, komplement S3 musbat bo‘lib, IgM, IgA va komplement C1q manfiy natija ko‘rsatdi, ulardan 38 nafarida buyrak podotsitlarining transmembrana reseptori A2 fosfolipazasiga qarshi antitanalar oshib, usul sezuvchanligi 95%ni tashkil etishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Surunkali glomerulonefritda autoimmun markerlarning diagnostik algoritmini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: buyrak podotsitlarining transmembrana reseptori A2 fosfolipazasiga qarshi antitanalar membranoz nefropatiya bo‘lgan 78,4% bemorda 4,3 barobar oshgan bo‘lsa, 1-guruhdagi 21,6% membranoz nefropatiya bo‘lgan bemorda va proliferativ nefropatiyada ishonchli oshmaganligi isbotlanganligi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filiali 09.10.2025 yil 134-T sonli buyrug‘i, Namangan viloyati Pop tumani Tuman tibbiyot birlashmasi  08.10.2025-yil 6393-6-84-TB/2025-sonli buyrug‘i bilan amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2026 yil 16 fevraldagi 3-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: buyrak podotsitlarining transmembrana reseptori A2 fosfolipazasiga qarshi antitanalarni surunkali glomerulonefrit membranoz nefropatiya turini erta bosqichlarida tekshirish ayrim bemorlarning o‘z vaqtida to‘g‘ri davo muolajalari olishi natijasida butunlay tuzalib ketishi, kasallik progressiv rivojlanishi, og‘ir asoratlar, xatto letal natijalarning oldini olish, bemor hayot sifatini yaxshilash va umrini uzaytirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: surunkali glomerulonefrit turini aniqlash uchun o‘tkaziladigan qimmat va og‘ir invaziv buyrak biopsiyasining o‘rniga undan 7 barobar arzon va noinvaziv buyrak podotsitlarining transmembrana reseptori A2 fosfolipazasiga qarshi antitanalarni erta aniqlash membranoz nefropatiyani boshlang‘ich muddatlarida tashxislash, usullardan foydalanish orqali iqtisodiy samaradorlikka erishildi. Xulosa: ushbu usul qo‘llanilganda membranoz nefropatiya tashxislangan bemorlarning moddiy xarajati 7 barobar kamayishiga olib keldi. 
ikkinchi ilmiy yangilik: buyrak podotsitlarining transmembrana reseptori A2 fosfolipazasiga qarshi antitanalar miqdori o‘zgarmagan bemorlarning 15,7% da biriktiruvchi to‘qima tizimli kasalliklari, 3,9%da autoimmun tireoidit va qandli diabet, 2% da atopik bronxial astma xamrox tashxisi bo‘lgan ikkilamchi membranoz nefropatiya  bo‘lishi isbotlanganligiRespublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filiali 09.10.2025 yil 134-T sonli buyrug‘i, Namangan viloyati Pop tumani Tuman tibbiyot birlashmasi  08.10.2025-yil 6393-6-84-TB/2025-sonli buyrug‘i bilan amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2026 yil 16 fevraldagi 3-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: buyrak podotsitlarining transmembrana reseptori A2 fosfolipazasiga qarshi antitanalarni aniqlash asosida ishlab chiqilgan laborator diagnostik algoritmni qo‘llash membranoz nefropatiyani erta bosqichlarda aniqlashga ko‘maklashdi, natijada salomatlik ko‘rsatkichi oshdi, surunkali buyrak etishmovchiligi rivojlanishi va nogironlikning oldini olishga yordam berdi. Iqtisodiy samaradorligi: olingan natijalarning amaliyotga tadbiq etilishi surunkali glomerulonefrit bilan kasallangan 38% bemorlarda membranoz nefropatiya tashxisi aniqlaniladi va  buyrak biopsiyasi hamda buyrak to‘qimasining morfologik tahliliga extiyoj bo‘lmaydi. Xulosa: Ushbu usul qo‘llanilganda 100 nafar bemorga nisbatan davlat byudjetidan 83 000 000 so‘m iqtisod qilishiga olib keladi.
uchinchi ilmiy yangilik: uchinchi ilmiy yangilik: surunkali glomerulonefrit bo‘lgan barcha bemorlarda endotelial disfunksiya kuzatildi, biroq membranoz nefropatiyada proliferativ nefropatiyaga nisbatan hujayra endoteliysi adgeziya molekulasi 1,4 barobar baland, proliferativ nefropatiyada esa Villebrand omili 1,5 barobar ko‘proq bo‘lishi  asoslanganligi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filiali 09.10.2025 yil 134-T sonli buyrug‘i, Namangan viloyati Pop tumani Tuman tibbiyot birlashmasi  08.10.2025-yil 6393-6-84-TB/2025-sonli buyrug‘i bilan amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2026 yil 16 fevraldagi 3-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: mazkur bemorlarda endoteliy disfunksiyasini o‘z vaqtida aniqlash samarali davo choralarini qo‘llashga va buyrak faoliyatini yaxshilanishiga olib keladi, natijasida surunkali buyrak etishmovchiligi rivojlanishi, gemodializga qaramlik kabi og‘ir asoratlar rivojlanishining oldini oladi, bu esa bemorlarning hayot sifatini oshiradi. Iqtisodiy samaradorligi: surunkali glomerulonefritda erta laborator markerlarini baholash natijalari bo‘yicha ishlab chiqilgan algoritmdan foydalanish natijasida bemorlarda autoimmun jarayonni tashxislash va bashoratlash samarasini oshiradi. 
to‘rtinchi ilmiy yangilik: to‘rtinchi ilmiy yangilik: membranoz nefropatiyada buyrak to‘qimasini immunogistokimyoviy tekshirganda 40 nafar bemorda IgG, Ig kappa va Ig lyambda engil bog‘lari, komplement S3 musbat bo‘lib, IgM, IgA va komplement C1q manfiy natija ko‘rsatdi, ulardan 38 nafarida buyrak podotsitlarining transmembrana reseptori A2 fosfolipazasiga qarshi antitanalar oshib, usul sezuvchanligi 95%ni tashkil etishi asoslanganligi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filiali 09.10.2025 yil 134-T sonli buyrug‘i, Namangan viloyati Pop tumani Tuman tibbiyot birlashmasi  08.10.2025-yil 6393-6-84-TB/2025-sonli buyrug‘i bilan amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2026 yil 16 fevraldagi 3-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: mazkur bemorlarda membranoz nefropatiyani o‘z vaqtida aniqlash samarali davo choralarini qo‘llashga va buyrak faoliyatini yaxshilanishiga olib keladi, natijasida surunkali buyrak etishmovchiligi rivojlanishi, gemodializga qaramlik kabi og‘ir asoratlar rivojlanishining oldini oladi, bu esa bemorlarning hayot sifatini oshiradi. Iqtisodiy samaradorligi: surunkali glomerulonefritda erta laborator markerlarini baholash natijalari bo‘yicha ishlab chiqilgan algoritmdan foydalanish natijasida bemorlarda autoimmun jarayonni tashxislash va bashoratlash samarasini oshiradi. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish