Maksudova Dilafruzxon Ravshanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Semizlik oqibatida ayollarda uchraydigan endokrin bepushtligida neogormonlarning ahamiyatini o‘rganish va korreksiya qilish usullari» 14.00.03 – Endokrinologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Tib3727.
Ilmiy rahbar: Nasirova Xurshidaxon Kudratullaevna, tibbiet fanlar doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.01.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Najmutdinova Dilorom Kamariddinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Sultanov Said Nasirovich , tibbiyot fanlar doktori.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: semizlikka chalingan ayollarda endokrin bepushtlik rivojlanishida neogormonlarning o‘rnini baholash hamda ularni tashxislash va davolash algoritmini ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi :
endokrin bepushtlik shakllanishida insulin, leptin va HOMA-IR indeksi (r=0,48–0,62; p<0,01) bilan ishonchli bog‘liqliklar asosida TVI hamda BelA/BA reproduktiv buzilishlarning antropometrik prediktorlari sifatida insulinga rezistentlik va abdominal semizlik o‘rni asoslangan; 
neogormonlarning bo‘sag‘a (cut-off) miqdorlari: visfatin >29,3 ng/ml (AUC=0,950; sezuvchanlik 88,57%; maxsuslik 88,37%), leptin >13,8 ng/ml (AUC=0,905; sezuvchanlik 94,12% gacha; salbiy prognostik qiymat maksimal), follistatin >1165 pg/ml (AUC=0,854; maxsuslik 83,72%) va ingibin V <46 pg/ml (AUC=0,783; sezuvchanlik 100% gacha) semizlikda endokrin bepushtlikning ob’ektiv biomarkyorlari sifatida aniqlangan;
metabolik va reproduktiv funksional klasterlar aniqlanib, follistatin insulin rezistentligi (HOMA-IR) va follikulyar disfunksiya (ingibin V, AMG) o‘rtasidagi munosabatni aks ettiruvchi integratsiyalashgan marker sifatida metabolik buzilishlar va neogormonlar tizimi vositachiligida tuxumdonlar funksiyasini bostirishi o‘rtasida bog‘liqlik asoslangan;
semizlik bilan bog‘liq endokrin bepushtlikni tashxislash va davolashda neogormonlar bo‘sag‘a qiymatlari, bemorlarni metabolik, ovarial va aralash turlari bo‘yicha tabaqalashtirishni hamda 1,3 va 6 oydan keyin biomarkyorlarni dinamik nazoratini ta’minlovchi algoritmdan foydalanish 46,2% bemorlarda ovulyasiya tiklanishi, HOMA-IR indeksini 22,7% ga kamayishi, AMG ni 18,4%ga oishishi va homiladorlik yuzaga kelishi 75,6% ga oshishi asoslangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Semizlik fonida endokrin bepushtligi bo‘lgan ayollarda neogormonal va metabolik profilning klinik-prognostik ahamiyatini aks ettiruvchi ilmiy natijalar asosida tadqiqot natijalarini klinik amaliyotga joriy etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
birinchi ilmiy yangilik: endokrin bepushtlik shakllanishida insulin, leptin va HOMA-IR indeksi (r=0,48–0,62; p<0,01) bilan ishonchli bog‘liqliklar asosida TVI hamda BelA/BA reproduktiv buzilishlarning antropometrik prediktorlari sifatida insulinga rezistentlik va abdominal semizlik o‘rni asoslanganligi akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi RIETMning Korakalpogiston filiali 17.03.2026 yildagi 33-sonli buyruq va Qashqadaryo filiali 23.03.2026 yildagi 46-sonli buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: neogormonal profilni kompleks baholash semizligi bor ayollar orasida yuqori reproduktiv xavf guruhini o‘z vaqtida aniqlashga imkon beradi. Iqtisodiy samaradorligi: tekshiruvning dastlabki bosqichlaridayoq standart diagnostika protokoliga neogormonlar panelini kiritish sababi noaniq bo‘lgan bepushtlik holatlari sonini qisqartiradi, qimmatbaho takroriy tekshiruvlar miqdorini kamaytiradi hamda tashxis qo‘yish uchun bemorlar va sog‘liqni saqlash tizimining umumiy xarajatlarini kamaytiradi. Xulosa: O‘zbekiston Respublikasidagi fertil yoshdagi ayollarning reproduktiv salohiyatini saqlab qolish, majburiy bepushtlik holatlari sonini kamaytirish va mamlakatdagi demografik vaziyatni yaxshilash kabi yondashuvni qo‘llash tibbiy yordam sifatini oshiradi va har bir bemorni individual davolash imkonini beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: neogormonlarning bo‘sag‘a (cut-off) miqdorlari: visfatin >29,3 ng/ml (AUC=0,950; sezuvchanlik 88,57%; maxsuslik 88,37%), leptin >13,8 ng/ml (AUC=0,905; sezuvchanlik 94,12% gacha; salbiy prognostik qiymat maksimal), follistatin >1165 pg/ml (AUC=0,854; maxsuslik 83,72%) va ingibin V <46 pg/ml (AUC=0,783; sezuvchanlik 100% gacha) semizlikda endokrin bepushtlikning ob’ektiv biomarkyorlari sifatida aniqlanganligi akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi RIETMning Korakalpogiston filiali 17.03.2026 yildagi 33-sonli buyruq va Qashqadaryo filiali 23.03.2026 yildagi 46-sonli buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: neogormonlar va insulinrezistentlik ko‘rsatkichlari o‘rtasida aniqlangan korrelyasion bog‘liqliklar semizlik bilan kechadigan endokrin bepushtlik patogenezi haqidagi tushunchalarni kengaytiradi. Iqtisodiy samaradorligi: aniqlangan bog‘liqliklar asosida biomarkerli stratifikatsiyani qo‘llash individuallashtirilgan davolash taktikasini shakllantirish imkonini beradi. Bu bemorning metabolik fenotipiga mos kelmaydigan, maqsadsiz va qimmat davolash usullarini buyurishning oldini oladi va shu bilan sog‘liqni saqlashning umumiy xarajatlarini optimallashtiradi. Xulosa: Ushbu biomarkerlarni O‘zbekiston Respublikasidagi endokrinolog, akusher-ginekolog va reproduktologlar uchun mo‘ljallangan ta’lim dasturlariga kiritishga zamin yaratib, tibbiy yordam sifatini oshiradi va zamonaviy tibbiy yondashuvlarni takomillashtirishga hissa qo‘shadi.
uchinchi ilmiy yangilik: metabolik va reproduktiv funksional klasterlar aniqlanib, follistatin insulin rezistentligi (HOMA-IR) va follikulyar disfunksiya (ingibin V, AMG) o‘rtasidagi munosabatni aks ettiruvchi integratsiyalashgan marker sifatida metabolik buzilishlar va neogormonlar tizimi vositachiligida tuxumdonlar funksiyasini bostirishi o‘rtasida bog‘liqlik asoslanganligi akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi RIETMning Korakalpogiston filiali 17.03.2026 yildagi 33-sonli buyruq va Qashqadaryo filiali 23.03.2026 yildagi 46-sonli buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: visfatin, leptin va follistatinning yuqori diagnostik aniqligi tuxumdonlar zaxirasida qaytarib bo‘lmas o‘zgarishlar rivojlanishidan avval metabolik bepushtlikni o‘z vaqtida aniqlash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: ushbu biomarkerlarni qo‘llash tashxis qo‘yish muddatini qisqartiradi, qo‘shimcha qimmat tekshiruvlarga bo‘lgan ehtiyojni kamaytiradi, vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik davrini qisqartiradi hamda bepushtlikni tashxislash va davolash uchun oila va davlatning umumiy xarajatlarini kamaytiradi. Xulosa: Mazkur yondashuv bemorlarning reproduktiv salomatligini, oilaviy farovonligini va ijtimoiy mavqeini saqlashga yordam beradi, shuningdek, uzoq vaqt davolanmagan bepushtlik bilan bog‘liq psixoemotsional zo‘riqishni kamaytiradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: semizlik bilan bog‘liq endokrin bepushtlikni tashxislash va davolashda neogormonlar bo‘sag‘a qiymatlari, bemorlarni metabolik, ovarial va aralash turlari bo‘yicha tabaqalashtirishni hamda 1,3 va 6 oydan keyin biomarkyorlarni dinamik nazoratini ta’minlovchi algoritmdan foydalanish 46,2% bemorlarda ovulyasiya tiklanishi, HOMA-IR indeksini 22,7% ga kamayishi, AMG ni 18,4%ga oishishi va homiladorlik yuzaga kelishi 75,6% ga oshishi asoslanganligi akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi RIETMning Korakalpogiston filiali 17.03.2026 yildagi 33-sonli buyruq va Qashqadaryo filiali 23.03.2026 yildagi 46-sonli buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: ishlab chiqilgan algoritmni joriy etish aholi salomatligiga ulkan hissa qo‘shib, u yordamchi reproduktiv texnologiyalarni qo‘llamagan holda bemorlarning aksariyatida reproduktiv faoliyatni tiklash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: Insulinga rezistentlik va metabolik buzilishlarni erta korreksiya qilish og‘ir asoratlarning hamda ular bilan bog‘liq qimmatbaho gospitalizatsiyalarning rivojlanishini oldini oladi, bu esa bemor ayollar uchun ham, davlat byudjeti uchun ham moliyaviy yukni kamaytiradi. Xulosa: algoritmni qo‘llash tibbiy resurslarni oqilona taqsimlash va xarajatlarni sezilarli darajada kamaytirish imkonini beradi. Bu esa, o‘z navbatida, tug‘ilish darajasining oshishi va O‘zbekiston Respublikasining demografik ko‘rsatkichlari yaxshilanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Algoritm zamonaviy tibbiy yondashuvlarni takomillashtirishga ko‘maklashadi, ayollar va ularning oilalaridagi psixoemotsional zo‘riqishni kamaytiradi, semizlikning surunkali metabolik asoratlari sababli yuzaga keladigan nogironlik darajasini pasaytiradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish