Ilesova Nurjanar Nurgali qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Vulvaning skleroatrofik lixenini davolashning minimal invaziv usullarini klinik-diagnostik asoslash», 14.00.11 – Dermatologiya va venerologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Tib3346.
Ilmiy rahbar: Porsoxonova Delya Fozilovna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.06/2025.27.12.Tib.26.01.
Rasmiy opponentlar: Nabiev Talat Abduvaxobovich, tibbiyot fanlari doktori; Xodjaeva Nigora Baxramovna, tibbiyot fanlari doktori. 
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi: komplaens darajasi hamda klinik-morfologik xususiyatlarni baholash asosida vul`vaning skleroatrofik lixenini tashxislash va davolashning minimal invaziv usullarini ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ilk bor baholash ballari tizimi asosida komplaensga tavsif berish hamda VSAL bilan og‘rigan turli toifadagi bemor ayollarda uni oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish mumkinligi isbotlangan;
ilk bor p-53 va Ki-67 onkomarkerlarining ekspressiya darajalariga asoslangan kasallikning noqulay prognozini ifodalovchi immunogistokimyoviy mezonlar hamda klinik-morfologik parallellar bemor ayollarni keyingi davolash taktikasini tanlash maqsadida stratifikatsiya qilish imkonini ta’minlashi isbotlangan;
klinik-morfologik baholash, mul`tiskin-diagnostika (sebumetriya, kutometriya, korneometriya) va dermatoskopiya natijalari asosida VSALda ALA-FDT va niatsinamid bilan mezoterapiya, shuningdek ALA-FDT va autolipofilingni birgalikda qo‘llashga asoslangan minimal invaziv davolash usullarining samaradorligi va yuqori natijadorligi isbotlangan;
birinchi marta OPVning onkogen tiplari bo‘yicha DNK-tiplash bevosita vul`va to‘qimalarida o‘tkazildi va OPVning 16, 18, 45, 31, 33, 52 va 58-tiplari  aniqlanishi isbotlandi hamda ularning kasallik patogenezidagi roli asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Vul`vaning skleroatrofik lixeni klinik-morfologik xususiyatlarini o‘rganish, minimal invaziv diagnostik usullarning ahamiyatini baholash hamda kasallikni patogenetik jihatdan asoslangan davolash yondashuvlarini takomillashtirish natijalariga (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2026 yil 12 maydagi 8-son xulosasi) ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor baholash ballari tizimi asosida komplaensga tavsif berish hamda VSAL bilan og‘rigan turli toifadagi bemor ayollarda uni oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish mumkinligi isbotlangan. Mazkur qoida RIDvaKIATM muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan tasdiqlangan «Vul`vaning skleroatrofik lixenini tashxislash va davolashning minimal invaziv usullari» uslubiy tavsiyalari mazmuniga kiritilgan (2024 yil 01.11 dagi 9-sonli bayonnoma). Ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish: mazkur takliflar RIDvaKIATM Buxoro filiali klinik amaliyotiga (2024 yil 11.12 dagi 34-sonli buyruq) va RIDvaKIATM Toshkent viloyati filiali klinik amaliyotiga (2025 yil 07.02 dagi 39-sonli buyruq) joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: ishlab chiqilgan komplaensni baholash tizimini qo‘llash davolashga sodiqligi past bo‘lgan xavf guruhidagi bemor ayollarni o‘z vaqtida aniqlash, bemorlarning kasallik haqida xabardorligini oshirish, shifokor va bemor ayol o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni yaxshilash, davolash-profilaktika tadbirlarini bajarishni optimallashtirish va rivojlangan asoratlar bosqichida tibbiy yordamga kech murojaat qilish xavfini kamaytirish imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: ishlab chiqilgan komplaensni baholash usuli va uni oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar majmuasini qo‘llash davolashga sodiqligi past bo‘lgan bemor ayollarni o‘z vaqtida aniqlash, takroriy konsul`tatsiyalar, qo‘shimcha muolajalar va samarasiz terapiyani korreksiya qilish holatlari sonini qisqartirish imkonini berdi. 80 nafar bemor ayolga qayta hisoblaganda iqtisodiy samara 28000000 so‘mni yoki 1 nafar bemor ayolga 2,1–3 koyka-kunni tashkil etdi. Xulosa: komplaensni baholash usuli va uni oshirish choralarini joriy etish bemor ayollarning davolashga sodiqligini yaxshilash, davolash tadbirlari samaradorligini oshirish va 80 nafar bemor ayol hisobida 40000000 so‘mgacha byudjet mablag‘larini tejashni ta’minlash imkonini berdi;
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor p-53 va Ki-67 onkomarkerlarining ekspressiya darajalariga asoslangan kasallikning noqulay prognozini ifodalovchi immunogistokimyoviy mezonlar hamda klinik-morfologik parallellar bemor ayollarni keyingi davolash taktikasini tanlash maqsadida stratifikatsiya qilish imkonini ta’minlashi isbotlangan. Mazkur qoida RIDvaKIATM Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan tasdiqlangan «Vul`vaning skleroatrofik lixenini tashxislash va davolashning minimal invaziv usullari» uslubiy tavsiyalari mazmuniga kiritilgan (01.11.2024 y.dagi 9-sonli bayonnoma). Ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish: mazkur takliflar RIDvaKIATM Buxoro filiali klinik amaliyotiga (11.12.2024 y.dagi 34-sonli buyruq) va RIDvaKIATM Toshkent viloyati filiali klinik amaliyotiga (07.02.2025 y.dagi 39-sonli buyruq) joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: ishlab chiqilgan klinik-morfologik stratifikatsiyani qo‘llash kasallik og‘irligini baholash ob’ektivligini oshirish, bemor ayollarni dinamik kuzatish sifatini yaxshilash, optimal davolash taktikasini o‘z vaqtida tanlashni ta’minlash va davolash natijalarini nazorat qilish samaradorligini oshirish imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: VSAL og‘irlik darajasining klinik-morfologik stratifikatsiyasidan foydalanish davolash-diagnostika tadbirlari hajmini optimallashtirish, asossiz tekshiruvlar va tayinlovlar sonini kamaytirish, shuningdek davolash taktikasining maqsadliligini oshirish imkonini berdi. 80 nafar bemor ayolga qayta hisoblaganda iqtisodiy samara 60000000 so‘mgacha yoki 1 nafar bemor ayolga 4,5 koyka-kunni tashkil etdi. Xulosa: VSAL og‘irligini baholashning ishlab chiqilgan klinik-morfologik algoritmi kasallik diagnostikasini standartlashtirish, davolash usulini tanlash aniqligini va o‘tkazilayotgan terapiya samaradorligini nazorat qilish ob’ektivligini oshirish imkonini berib, resurslarni sezilarli darajada tejashni ta’minladi;
uchinchi ilmiy yangilik: klinik-morfologik baholash, mul`tiskin-diagnostika (sebumetriya, kutometriya, korneometriya) va dermatoskopiya natijalari asosida VSALda ALA-FDT va niatsinamid bilan mezoterapiya, shuningdek ALA-FDT va autolipofilingni birgalikda qo‘llashga asoslangan minimal invaziv davolash usullarining samaradorligi va yuqori natijadorligi isbotlangan. Mazkur qoida RIDvaKIATM Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan tasdiqlangan «Vul`vaning skleroatrofik lixenini tashxislash va davolashning minimal invaziv usullari» uslubiy tavsiyalari mazmuniga kiritilgan (01.11.2024 y.dagi 9-sonli bayonnoma). Ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish: mazkur takliflar RIDvaKIATM Buxoro filiali klinik amaliyotiga (11.12.2024 y.dagi 34-sonli buyruq) va RIDvaKIATM Toshkent viloyati filiali klinik amaliyotiga (07.02.2025 y.dagi 39-sonli buyruq) joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: kombinatsiyalangan terapiya usulini qo‘llash VSALning klinik namoyon bo‘lishlarida yaqqol regressga erishish, to‘qimalarning anatomik-funksional holatini yaxshilash, bemor ayollarning hayot sifatini oshirish va kasallik remissiyasi davomiyligini uzaytirish imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: 5-aminolevulin kislotasidan foydalangan holda FDT va autolipofilingning kombinatsiyalangan usulini qo‘llash VSALni davolash samaradorligini oshirish, kasallik qaytalanishlari chastotasini kamaytirish hamda takroriy davolash kurslari va qo‘shimcha davolash muolajalarini o‘tkazishga bo‘lgan ehtiyojni pasaytirish imkonini berdi. 80 nafar bemor ayolga qayta hisoblaganda iqtisodiy samara 36000000 so‘mni yoki 1 nafar bemor ayolga 2,7–4,9 koyka-kunni tashkil etdi. Xulosa: FDT va autolipofilingni kombinatsiyalangan holda qo‘llashning isbotlangan klinik-morfologik samaradorligi VSAL bilan og‘rigan bemor ayollarni davolash natijalarini yaxshilash va keyingi davolashga sarflanadigan xarajatlarni qisqartirish imkonini berdi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: birinchi marta OPVning onkogen tiplari bo‘yicha DNK-tiplash bevosita vul`va to‘qimalarida o‘tkazildi va OPVning 16, 18, 45, 31, 33, 52 va 58-tiplari  aniqlanishi isbotlandi hamda ularning kasallik patogenezidagi roli asoslangan. Mazkur qoida RIDvaKIATM Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan tasdiqlangan «Vul`vaning skleroatrofik lixenini tashxislash va davolashning minimal invaziv usullari» uslubiy tavsiyalari mazmuniga kiritilgan (01.11.2024 y.dagi 9-sonli bayonnoma). Ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish: mazkur takliflar RIDvaKIATM Buxoro filiali klinik amaliyotiga (11.12.2024 y.dagi 34-sonli buyruq) va RIDvaKIATM Toshkent viloyati filiali klinik amaliyotiga (07.02.2025 y.dagi 39-sonli buyruq) joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: OPVni DNK-tiplashni bevosita vul`va to‘qimalarida o‘tkazish diagnostika aniqligini oshirish, kasallikning potensial noqulay kechishiga ega bemor ayollarni aniqlash hamda davolash va dispanser kuzatuviga personallashtirilgan yondashuvni shakllantirish imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: OPVning yuqori onkogen tiplari bo‘yicha DNK-tiplashni VSAL bilan og‘rigan bemor ayollarni tekshirish algoritmiga kiritish kasallikning virus-assotsiatsiyalangan shakllarini o‘z vaqtida ajratib ko‘rsatish, diagnostik tadbirlar hajmini optimallashtirish va davolash taktikasini differensiyalangan holda tanlash imkonini berdi. 80 nafar bemor ayolga qayta hisoblaganda, bu 3200000 so‘m miqdorida yoki 1 nafar bemor ayolga 2,4–5,2 koyka-kun hisobida mablag‘larni tejashga erishish imkonini berdi. Xulosa: OPVning yuqori onkogen tiplarini bevosita vul`va to‘qimalarida aniqlash VSAL patogenezi haqidagi tasavvurlarni kengaytirdi, diagnostika sifatini oshirdi va bemor ayollarni olib borishda personallashtirilgan yondashuvni qo‘llashni asoslash imkonini berdi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish