Vaxabova Nargiza Maksudovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Keksalardagi ishemik insul`t klinikasi va terapiyasidagi gender kursatkichlari», 14.00.13–Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Tib308.
Ilmiy rahbar: Raximbaeva Gulnora Sattarovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti, DSc.04/30.12. 2019.Tib.31.01.
Rasmiy opponentlar: Mirdjuraev Elbek Mirshavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Alikulova Nigora Abdukodirovna. tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: keksa yoshdagi bemorlarda insul`tning gender ko‘rsatkichlarini, xavf omillari, klinikasi va davolash tartibini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘tkir insul`t xavf omillarining gender va yoshga bog‘liq xususiyatlari aniklangan;
keksalarda o‘tkir ishemik insul`t gender va yoshga bog‘liq holda aterotrombotik, kardioembolik, lakunar va sung gemodinamik ketma-ketlik turlari shakllanishi isbotlangan;
keksalarda kognitiv buzilishlarni erta tashxislash va demensiyaga o‘tishini oldini olishning gender va yoshga bog‘liq mezonlari ishlab chikilgan;
ilk bor ishemik insul`t bilan ogrigan bemorlarda gormonal buzilishlar (TTG, T3, T4, FSG, LG, estradiol, testosteron, kortizol) kasallikning klinik kechishini og‘irlashtirishi isbotlangan;
keksalarda o‘tkir insul`t rivojlanishida kortizol miqdori jinsga bog‘liq xolda mikdorining oshishi ahamiyatga molikligi isbotlangan;
ishemik insul`tni erta tashxislashda gormonlar konsentratsiyasining uzgarishi extimollik omili ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Keksalarning ishemik insul`t klinikasi va terapiyasidagi gender ko‘rsatkichlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Keksa yoshdagi bemorlarda ishemik insul`tni davolashning optimallashtirilgan usuli» uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 1 maydagi 8n-d/96-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanoma ishemik insul`tda an’anaviy davolashda qo‘llaniladigan kompleks antikoagulyant, vazoaktiv, nootrop dori vositalari jarayonida gangliozid maviks dori vositasining samaradorligi qiyosiy tahlil qilinganligi va kasallikni davolashning samarali ko‘rsatkichiga erishish imkonini bergan.
keksalarning ishemik insul`t klinikasi va terapiyasidagi gender ko‘rsatkichlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash sohasi amaliyotiga, jumladan, Toshkent shahri 7-son shahar kasalxonasi, hamda 1-son shahar klinikasi amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 9 yanvardagi 8n-z/6-son ma’lumotnomasi). Olingan tadkikot natijalarning klinik amaliyotga joriy qilinishi orqali ishemik insul`t bilan xastalangan bemorlarning reanimatsion bo‘limlarda davolash muddatlarini kiskartirish va ulim kursatkichini kamaytirishshh imkonini yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish