Quvondiqov Hamza Olimboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Emotsional intellekt – ichki ishlar xodimlari xizmat faoliyatida hissiy barqarorlikni ta’minlovchi omili sifatida”, 19.00.01 – Psixologiya tarixi va nazariyasi. Umumiy psixologiya. Shaxs psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/P562.
Ilmiy rahbar: Juraev Baxrom psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.R.03.02.
Rasmiy opponentlar: Ismailova Nurjahon Zuxridinovna, psixologiya fanlari doktori, professor; Ergashev Po‘lat Sabirovich, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ichki ishlar tizimi xodimlari xizmat faoliyatida hissiy barqarorlikni rivojlantirishda emotsional intellektning psixologik o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish va korreksion dastur asosida amaliy imkoniyatlarni oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ichki ishlar xodimlarining ichki nazorat hissi bilan emotsional intellekt darajasi o‘zaro uyg‘unlashishi natijasida ularning stressga nisbatan psixologik barqarorlik darajasi ortishi, tashqi salbiy omillar ta’sirida o‘z emotsiyalarini samarali boshqarishi kombinatsiyasi ichki mustahkamlikni ta’minlaydigan asosiy psixologik mexanizm sifatida aniqlangan;
kasbiy-irodaviy fazilatlar (matonat, qat’iylik, mas’uliyat) va emotsional intellekt sifatlari psixokorreksion treninglar asosida ijtimoiy xabardorlik bilan birgalikda rivojlantirilganda, xodimning nafaqat individual, balki jamoaviy barqarorlikni ham mustahkamlovchi holatga kelishi kuzatilishi orqali, ruhiy chidamlilikni kompleks shakllantirishda muhim omil sifatida ekanligi dalillangan;
reflektiv fikrlash (o‘zini tahlil qilish) bilan emotsional intellekt (emotsiyalarni boshqarish) o‘zaro kuchaytiruvchi ta’sir ko‘rsatib, ichki ishlar xodimining qaror qabul qilishdagi aniqligi, stressga bardoshligi va jamoa bilan munosabatdagi muvozanatini oshirishi natijasida, psixik barqarorlikning o‘zaro integratsiyalashganligi isbotlangan;
ichki ishlar xodimining kasbiy motivatsiyasi (kasbga ishonch, ijtimoiy vazifa sifatida qabul qilish) va emotsional intellekti bilan uyg‘unlashishi orqali, o‘zgaruvchan sharoitlarga mosligi, yangiliklarni qabul qilishga asoslangan korreksion dastur hamda psixologik model ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Emotsional intellekt ichki ishlar xodimlari xizmat faoliyatida hissiy barqarorlikni ta’minlovchi omili sifatida” tadqiqot ishini o‘rganish bo‘yicha amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
ichki ishlar xodimlarining ichki nazorat hissi bilan emotsional intellekt darajasi o‘zaro uyg‘unlashishi natijasida, ularning stressga nisbatan psixologik barqarorlik darajasi ortishi, tashqi salbiy omillar ta’sirida o‘z emotsiyalarini samarali boshqarishi kombinatsiyasi ichki mustahkamlikni ta’minlaydigan asosiy psixologik mexanizm sifatida aniqlanganligiga doir ilmiy natijalar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining «Umumiy psixologiya» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2026-yil 27-yanvardagi PM-13-son ma’lumotnomasi). Natijada ichki ishlar tizimidagi xodimlarda hissiy barqarorlikni takomillashtirishning psixologik xususiyatlari shakllanishiga erishilgan;
kasbiy-irodaviy fazilatlar (matonat, qat’iylik, mas’uliyat) va emotsional intellekt sifatlari psixokorreksion treninglar asosida ijtimoiy xabardorlik bilan birgalikda rivojlantirilganda, xodimning nafaqat individual, balki jamoaviy barqarorlikni ham mustahkamlovchi holatga kelishi kuzatilishi orqali, ruhiy chidamlilikni kompleks shakllantirishda muhim omil sifatida ekanligi dalillanganligi to‘gʻrisida ilmiy yangilik O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2026-yil 27-yanvardagi PM-13-son ma’lumotnomasi). Natijada psixodiagnostik tadqiqot asosida shakllantirilgan metodik testlari Markaz laboratoriyalarining metodik ta’minotini boyitishga xizmat qilgan;
reflektiv fikrlash (o‘zini tahlil qilish) bilan emotsional intellekt (emotsiyalarni boshqarish) o‘zaro kuchaytiruvchi ta’sir ko‘rsatib, ichki ishlar xodimining qaror qabul qilishdagi aniqligi, stressga bardoshligi va jamoa bilan munosabatdagi muvozanatini oshirishi natijasida, psixik barqarorlikning o‘zaro integratsiyalashganligi isbotlanganligiga doir ilmiy yangilik O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining «Shaxs psixologiyasi» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2026-yil 27-yanvardagi PM-13-son ma’lumotnomasi). Bu esa, ichki ishlar tizimidagi harbiy ta’lim muassasalari tizimidagi harbiy psixologlar hamda kursantlarning hissiy barqarorligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlarga yordam bergan;
ichki ishlar xodimining kasbiy motivatsiyasi (kasbga ishonch, ijtimoiy vazifa sifatida qabul qilish) va emotsional intellekti bilan uyg‘unlashishi orqali, o‘zgaruvchan sharoitlarga mosligi, yangiliklarni qabul qilishga asoslangan korreksion dastur hamda psixologik model ishlab chiqilganligi haqida ilmiy yangilik O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining «Umumiy psixologiya» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2026-yil 27-yanvardagi PM-13-son ma’lumotnomasi). Natijada ichki ishlar xodimlarida hissiy barqarorlikni takomillashtirishning psixologik modeli ishlab chiqilgan.