Qosimova Sarvinoz Baxtiyorovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yoshlarni sotsial manipulyasion ta’sirlardan muhofaza qilishning psixologik mexanizmlarini takomillashtirish”, 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.DSc/P231.
Ilmiy rahbar: Xuseynova Abira Amanovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.P.08.10.
Rasmiy opponentlar: Ulug‘ova Shaxlola Musliddinovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor; Bafaev Muxiddin Muxammatovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Elmuratova Aysulu Usaxovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Yoshlarni sotsial manipulyasion ta’sirlardan muhofaza qilishning psixologik mexanizmlarini takomillashtirishni tadqiq qilish orqali zaruriy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yoshlar orasida axborot oqimining kengayishi sharoitida sotsial manipulyasiya shaxsning kognitiv, emotsional va irodaviy tizimlariga yo‘naltirilgan, normativ bosimlar hamda kommunikativ signallar orqali ongli qaror qabul qilish jarayoniga yashirin ta’sir ko‘rsatuvchi ijtimoiy-psixologik hodisa sifatida namoyon bo‘lganligi tufayli tashqi ijtimoiy talqinlarning ichki qaror mexanizmiga ta’siri kognitiv himoya va axborot madaniyati orqali samarali darajada neytrallashtirilishi mumkinligi aniqlangan;
yoshlarda kognitiv himoya mexanizmining shakllanganlik darajasiga ko‘ra normativ va informatsion ta’sirlar bilan bog‘liq axborotlarni tahlil qilish, filtratsiyalash va qayta ishlash orqali mustaqil qaror qabul qilish qobiliyatini kuchli ifodalanishi tufayli sotsial manipulyasiya kognitiv jarayonlarga kirib boruvchi, lekin rivojlangan kognitiv nazorat tizimi tomonidan neytrallashtiriluvchi psixologik bosim sifatida namoyon bo‘lishi dalillangan;
yoshlarning axborotga psixologik barqarorlik darajasiga ko‘ra destruktiv g‘oyalarga nisbatan informatsion stressning hissiy-ratsional nazorat ostida bo‘lishi kognitiv va kommunikativ motivlarning konstruktiv namoyon bo‘lishiga olib kelganligi tufayli emotsional barqarorlik sotsial manipulyasiyaga nisbatan “affektiv immunitet” funksiyasini bajarishi asoslangan;
yoshlarning axborot makonidagi individual xususiyatlariga ko‘ra tashqi ijtimoiy ta’sirlar shaxsning irodaviy avtonomiyasini susaytiruvchi, internetga qaramlik yuzaga keltiruvchi va mustaqil fikrlashni cheklovchi bosim sifatida namoyon bo‘lishiga asoslanib, mustaqillik shaxsning sotsial manipulyasiyaga qarshi avtonom qaror qabul qilish mexanizmini belgilovchi psixologik omil ekanligi dalillangan;
ma’lumotlarni filtratsiyalash ko‘nikmasiga ko‘ra yoshlarda kognitiv himoya, intellektualizatsiya va kompensatsiya mexanizmlari ijtimoiy bosimga qarshi ijobiy himoya vositasi, inkor etish, proeksiya, regressiya, siqib chiqarish esa ongli axborot tanlash jarayonini deformatsiyalovchi faktorligiga asoslanib axborot madaniyati sotsial manipulyasiyaga qarshi kognitiv-informatsion immun tizimini shakllantiruvchi omil ekanligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Yoshlarni sotsial manipulyasion ta’sirlardan muhofaza qilishning psixologik mexanizmlarini takomillashtirish” yuzasidan o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
Yoshlar orasida axborot oqimining kengayishi sharoitida sotsial manipulyasiya shaxsning kognitiv, emotsional va irodaviy tizimlariga yo‘naltirilgan, normativ bosimlar hamda kommunikativ signallar orqali ongli qaror qabul qilish jarayoniga yashirin ta’sir ko‘rsatuvchi ijtimoiy-psixologik hodisa sifatida namoyon bo‘lganligi tufayli tashqi ijtimoiy talqinlarning ichki qaror mexanizmiga ta’siri kognitiv himoya va axborot madaniyati orqali samarali darajada neytrallashtirilishi mumkinligi aniqlanganligiga oid takliflar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 23-avgustdagi PM-479 son buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 20-avgustdagi PM-479a-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlarni sotsial manipulyasion ta’sirlardan muhofaza qilishning asosiy ijtimoiy-psixologik komponentlari aniqlashtirilgan;
Yoshlarda kognitiv himoya mexanizmining shakllanganlik darajasiga ko‘ra normativ va informatsion ta’sirlar bilan bog‘liq axborotlarni tahlil qilish, filtratsiyalash va qayta ishlash orqali mustaqil qaror qabul qilish qobiliyatini kuchli ifodalanishi tufayli sotsial manipulyasiya kognitiv jarayonlarga kirib boruvchi, lekin rivojlangan kognitiv nazorat tizimi tomonidan neytrallashtiriluvchi psixologik bosim sifatida namoyon bo‘lishi dalillanganligiga oid ma’lumotlar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 23-avgustdagi PM-479 son buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 20-avgustdagi PM-479a-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlarni sotsial manipulyasion ta’sirlardan muhofaza qilishda o‘quv faoliyatining o‘zlashtirish strategiyalari ta’siri aniqlangan;
Yoshlarning axborotga psixologik barqarorlik darajasiga ko‘ra destruktiv g‘oyalarga nisbatan informatsion stressning hissiy-ratsional nazorat ostida bo‘lishi kognitiv va kommunikativ motivlarning konstruktiv namoyon bo‘lishiga olib kelganligi tufayli emotsional barqarorlik sotsial manipulyasiyaga nisbatan “affektiv immunitet” funksiyasini bajarishi asoslanganligiga oid ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 21-avgustdagi PM-179 son buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 26-avgustdagi PM-179a-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlarni sotsial manipulyasion ta’sirlardan muhofaza qilishning mezonlari va darajalari aniqlashtirilgan.
Yoshlarning axborot makonidagi individual xususiyatlariga ko‘ra tashqi ijtimoiy ta’sirlar shaxsning irodaviy avtonomiyasini susaytiruvchi, internetga qaramlik yuzaga keltiruvchi va mustaqil fikrlashni cheklovchi bosim sifatida namoyon bo‘lishiga asoslanib, mustaqillik shaxsning sotsial manipulyasiyaga qarshi avtonom qaror qabul qilish mexanizmini belgilovchi psixologik omil ekanligi dalillanganligiga oid ilmiy yangilik Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 23-avgustdagi PM-479 son buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 20-avgustdagi PM-479a-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlarni sotsial manipulyasion ta’sirlardan muhofaza qilishning ahamiyati tadqiq qilingan.
Ma’lumotlarni filtratsiyalash ko‘nikmasiga ko‘ra yoshlarda kognitiv himoya, intellektualizatsiya va kompensatsiya mexanizmlari ijtimoiy bosimga qarshi ijobiy himoya vositasi, inkor etish, proeksiya, regressiya, siqib chiqarish esa ongli axborot tanlash jarayonini deformatsiyalovchi faktorligiga asoslanib axborot madaniyati sotsial manipulyasiyaga qarshi kognitiv-informatsion immun tizimini shakllantiruvchi omil ekanligi dalillanganligiga oid ilmiy yangilik Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 23-avgustdagi PM-479 son buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 20-avgustdagi PM-479a-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlarni sotsial manipulyasion ta’sirlardan muhofaza qilishga oid psixologik trening dasturi ishlab chiqilgan va samaradorligi baholangan.