Normuminova Dilafruz Erkinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Shaxs xavotirlanishi va agressivligining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari diagnostikasi” 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/P709.
Ilmiy rahbar: Sharafutdinova Xadichaxon Gulyamutdinovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro xalqaro universiteti, PhD.03/2025.27.12.R.43.01.
Rasmiy opponentlar: Fayzieva Mavluda Xudayarovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor; Ziyavutdinova Gulnora Ziyavutdinovna psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent;
Yetakchi  tashkilot: Ma’mun  universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: xavotirlanish va agressivlik hissining  psixologik xususiyatlarini ilmiy, nazariy hamda amaliy jihatdan o‘rganish,  xavotirlanish va agressivlikni aniqlash va bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
shaxsda xavotirlanish va agressivlik hissi namoyon bo‘lishining psixologik jihatlaridan xavotirlilik, tushkunlik, negativlik, tajanglik, agressivlik kabi psixologik omillar shaxs agressivligini baholashga yo‘naltirilgan tadqiqot natijalari asosida xavotirlanish va agressivlikning oldini olishda asosiy faktorlarni tashkil etganligi dalillangan; 
shaxsning xavotirlanishi va agressivlik hissi namoyon bo‘lishida asabiylashish, stressga moyillik, jizzakilik, negativ fikrlash, munosabatlardan va faoliyat natijalaridan qoniqmaslik, emotsional ta’sirchanlik, hissiy reaksiyalardagi beqarorlik kabi psixologik xususiyatlarning salbiy ta'siri differensial emotsiyalar shkalasi natijalari tahlili asosida dalillangan;
shaxs agressivlik darajasini aniqlash bo‘yicha tadqiqotlar tahlili asosida xavotirlanish va agressivlik hissi shakllanishiga jismoniy tajovuz, verbal tajovuz, bilvosita tajovuz, negativizm, tajanglik, shubha gumondorlik, egoizm, jizzakilik kabi salbiy emotsiyalar ta’sirining ustuvorligi dalillangan;
shaxs faoliyati va munosabatlarida xavotirlanish va agressivlik hissi o‘zini nazorat qilish, ijtimoiy moslashuvda o‘zini boshqarish, ziqnalik va ishonchsizlik hissi kabilar yuqori darajada ahamiyatli ta'sirga egaligi shaxs xavotirlanish darajasini aniqlash metodikasi  natijalari tahliliga muvofiq asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:  shaxs xavotirlanishi va agressivligining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari diagnostikasi bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari yuzasidan o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
Shaxsda xavotirlanish va agressivlik hissi namoyon bo‘lishining psixologik jihatlaridan konstruktivlik, sog‘lom tarakkur, o‘zini boshqarish, pozitivlik, adekvat emotsional reaksiya, kommunikativlik kabi psixologik omillar xavotirlanish va agressivlikning oldini olishda asosiy faktorlarni tashkil etganligi yuzasidan dalillangan yangilik Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy  pedagogika universiteti qoshidagi “Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi”ning 2025-yil 30-sentyabrdagi PM-135-sonli buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 30-sentyabrdagi PM-135-sonli ma’lumotnomasi). Natijada markaz laboratoriyalarining ilmiy-metodik ta’minotini yanada boyishini ta’minlanishiga xizmat qilgan;
Xavotirlanish va agressivlik hissining shakillanishida asabiylashish, stressga moyillik, jizzakilik, negativ fikrlashlik, qoniqmaslik, emotsional ta’sirchanlik, beqarorlik kabi psixologik xususiyatlarning salbiy ta'siri asoslangan yangilik Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy  pedagogika universiteti qoshidagi “Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi”ning 2025-yil 30-sentyabrdagi PM-135-sonli buyrug‘i bilan markaz qoshidagi psixologlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kursi o‘quv rejasining “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 30-sentyabrdagi PM-135-sonli ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda xavotirlanish va agressiya hissini aniqlashning psixodiagnostik jihatlarini takomillashtirish yuzasidan ko‘nikmalarini boyitishga xizmat qilgan; 
Xavotirlanish va agressivlik hissi shakllanishiga jismoniy tajovuz, verbal tajovuz, bilvosita tajovuz, negativizm, tajanglik, shubha gumondorlik, egoizm, jizzakilik kabilarning ta'siri dalillangan yangilik Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy  pedagogika universiteti qoshidagi “Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi”ning 2025-yil 30-sentyabrdagi PM-135-sonli buyrug‘i bilan markaz qoshidagi psixologlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kursi o‘quv rejasining “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan. (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 30-sentyabrdagi PM-135-sonli ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning xavotirlanish va agressivlik hissi shakllanishiga ta'sir etuvchi omillar va ularni bartaraf etish yuzasidan bilimlarini takomillashtirishga xizmat qilgan; 
Shaxs faoliyati va munosabatlarida xavotirlanish va agressivlik hissi o‘zini boshqarish, ijtimoiy moslashuvda o‘zini boshqarish, ziqnalik va ishonchsizlik hissi kabilar yuqori darajada ahamiyatli ta'sir ko‘rsatishi asoslangan yangilik Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy  pedagogika universiteti qoshidagi “Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi”ning 2025-yil 30-sentyabrdagi PM-135-sonli buyrug‘i bilan markaz qoshidagi psixologlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kursi o‘quv rejasining “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan. (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 30-sentyabrdagi PM-135-sonli ma’lumotnomasi) Natijada talabalarning xavotirlanish va agressivlik hissining o‘zini boshqarish, ijtimoiy moslashuvda o‘zini boshqarish, ziqnalik va ishonchsizlik hissi kabilarga ta’siri yuzasidan amaliy ko‘nikmalari shakllanishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish