Ismatova Dilafruz Tuymuratovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ota-ona va farzandlar o‘rtasidagi emotsional munosabatlarning ijtimoiy-psixologik asoslari”. 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.DSc/P168.
Ilmiy rahbar: Xuseynova Abira Amanovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.P.08.10.
Rasmiy opponentlar: Saidov Azamat Ismoilovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor; Ro‘ziqulov Faxriddin Rasulovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor; Urazbaeva Dilbar Abdullaevna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ota-ona va farzandlar o‘rtasidagi emotsional munosabatlarning ijtimoiy-psixologik asoslarini tadqiq qilish orqali zaruriy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oiladagi farzandlar sonining ortishi yoki kamayishi ota-ona va farzandlar o‘rtasidagi emotsional munosabatlar mazmuni muloqot kompetensiyasi, va ijtimoiy identifikatsiyaning rivojlanishi orqali belgilanishi, emotsional yaqinlik, ijtimoiy mas’uliyat va mustaqil qaror qabul qilish darajasining turlicha namoyon bo‘lishiga ta’sir etuvchi ijtimoiy-psixologik qonuniyat ekanligi asoslangan;
ota-onalarning hissiy yaqinligini namoyon bo‘lishida ijtimoiy nazorat darajasi, qo‘llab-quvvatlashi, oilaviy yaqinlikni ta’minlashi hamda farzandlarga nisbatan talabchanligi kabi tarbiyaviy omillarning farzandlar bilan emotsional munosabatlar sifatiga kompleks ta’sir ko‘rsatish mexanizmi aniqlanib, ularning o‘zaro bog‘liqligi ota-onaning bola tomonidan idrok qilinishi ustuvor omil ekanligi dalillangan;
ota-ona va farzandlar munosabatlarida emotsional qabul qilish, kooperatsiya hamda simbioz munosabatlarining differensial namoyon bo‘lishiga ko‘ra oiladagi bolaga munosabat kontekstidagi omillarning farzand shaxsiy rivojlanishi va oilaviy psixologik muhit barqarorligiga ta’sir etuvchi determinant ekanligiga asoslanib boladagi ishonch hissini konstruktiv munosabatlar negizida ijtimoiy adaptatsiya yuzaga keltiruvchi mexanizm ekandligi aniqlangan;
ota-ona va farzand orasidagi emotsional munosabatlar bolalarning ota-onasiga bo‘lgan ishonchi uning o‘ziga bo‘lgan hurmatni, oiladagi konstruktiv muloqot autosimpatiyani, o‘smirning o‘ziga ishonchi esa ijtimoiy rollarni anglashiga olib kelganligiga asoslanib shaxsning o‘ziga bo‘lgan munosabatiga bog‘liq ekanligi isbotlangan;
ota-ona va farzandlar o‘rtasidagi emotsional munosabatlarni barqarorlashtirishda emotsional qo‘llab-quvvatlash, samarali muloqot, o‘zaro ishonch va konstruktiv hamkorlikning muhimligiga asoslanib ijtimoiy-psixologik korreksion-profilaktik model ijtimoiy rollarini anglash orqali konstruktiv munosabatlarni o‘rnatish ko‘nikmasiga ko‘ra ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ota-ona va farzandlar o‘rtasidagi emotsional munosabatlarning ijtimoiy-psixologik asoslarini o‘rganishga doir olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari asosida;
oiladagi farzandlar sonining ortishi yoki kamayishi ota-ona va farzandlar o‘rtasidagi emotsional munosabatlar mazmuni muloqot kompetensiyasi, va ijtimoiy identifikatsiyaning rivojlanishi orqali belgilanishi, emotsional yaqinlik, ijtimoiy mas’uliyat va mustaqil qaror qabul qilish darajasining turlicha namoyon bo‘lishiga ta’sir etuvchi ijtimoiy-psixologik qonuniyat ekanligi asoslanganligiga oid takliflar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-iyundagi 388-sonli buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 16-iyundagi PM-388a-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ota-ona va farzandlar o‘rtasidagi emotsional munosabatlarning shakllanishi borasidagi naza-iy tahlillar tasniflangan.
ota-onalarning hissiy yaqinligini namoyon bo‘lishida ijtimoiy nazorat darajasi, qo‘llab-quvvatlashi, oilaviy yaqinlikni ta’minlashi hamda farzandlarga nisbatan talabchanligi kabi tarbiyaviy omillarning farzandlar bilan emotsional munosabatlar sifatiga kompleks ta’sir ko‘rsatish mexanizmi aniqlanib, ularning o‘zaro bog‘liqligi ota-onaning bola tomonidan idrok qilinishi ustuvor omil ekanligi dalillanganligiga oid ma’lumotlar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025 yil 19-iyundagi 388-sonli buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 16-iyundagi PM-388a-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ota-ona va farzandlar o‘rtasidagi emotsional munosabatlarning shakllanishiga ta’sir etuvchi boshqa omillar bilan aloqadorligi aniqlangan.
ota-ona va farzandlar munosabatlarida emotsional qabul qilish, kooperatsiya hamda simbioz munosabatlarining differensial namoyon bo‘lishiga ko‘ra oiladagi bolaga munosabat kontekstidagi omillarning farzand shaxsiy rivojlanishi va oilaviy psixologik muhit barqarorligiga ta’sir etuvchi determinant ekanligiga asoslanib boladagi ishonch hissini konstruktiv munosabatlar negizida ijtimoiy adaptatsiya yuzaga keltiruvchi mexanizm ekandligi aniqlanganligiga oid ma’lumotlar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-iyundagi 388-sonli buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 16-iyundagi PM-388a-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ota-ona va farzandlar o‘rtasidagi emotsional munosabatlarning shakllanishiga ta’sir qiluvchi omillar izohlangan.
ota-ona va farzand orasidagi emotsional munosabatlar bolalarning ota-onasiga bo‘lgan ishonchi uning o‘ziga bo‘lgan hurmatni, oiladagi konstruktiv muloqot autosimpatiyani, o‘smirning o‘ziga ishonchi esa ijtimoiy rollarni anglashiga olib kelganligiga asoslanib shaxsning o‘ziga bo‘lgan munosabatiga bog‘liq ekanligi isbotlanganligiga oid ilmiy yangilik Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-iyundagi 388-sonli buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 16-iyundagi PM-388a-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ota-ona va farzandlar o‘rtasidagi emotsional munosabatlarning shakllantirish dasturi ishlab chiqilgan va samaradorligi aniqlashtirilgan.
ota-ona va farzandlar o‘rtasidagi emotsional munosabatlarni barqarorlashtirishda emotsional qo‘llab-quvvatlash, samarali muloqot, o‘zaro ishonch va konstruktiv hamkorlikning muhimligiga asoslanib ijtimoiy-psixologik korreksion-profilaktik model ijtimoiy rollarini anglash orqali konstruktiv munosabatlarni o‘rnatish ko‘nikmasiga ko‘ra ishlab chiqilganligiga oid ilmiy yangilik Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-iyundagi 388-sonli buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 16-iyundagi PM-388a-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ota-ona va farzandlar o‘rtasidagi emotsional munosabatlarning rivojlantiruvchi psixologik modeli ishlab chiqilgan.