Negmatshaeva Mubinabonu Sinobek qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Homilador ayollar preeklampsiyasida platsenta disfunksiyasining morfometrik xususiyatlari”, 14.00.02 – Morfologiya; 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1. PhD/Tib5074.
Ilmiy rahbar: Axmadjonova Gulnoza Murodovna, tibbiyot fanlar doktori (DSc), dotsent, Axmedov Farhod Qaxramonovich tibbiyot fanlar doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.06/2025.27.12.Tib.05.01.
Rasmiy opponentlar: Zokirova Nargiza Baxodirovna tibbiyot fanlar doktori, professor; Najmutdinova Dilbar Kamariddinovna tibbiyot fanlar doktori, pofessor.
Yetakchi tashkilot: N.I.Pirogov nomidagi milliy tadqiqot tibbiyot universiteti (Rossiya).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqodning maqsadi: yo‘ldosh disfunksiyasida preeklampsiya namoyon bo‘lishining klinik-genetik shakllariga bog‘liq holda yo‘ldoshning morfometrik ma’lumotlarini tahlil qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
preeklampsiyaning og‘irlik darajasi ortishi bilan yo‘ldosh vorsinka apparatining morfometrik ko‘rsatkichlari va xorion vorsinkalari qon tomir o‘zanida kechuvchi morfologik o‘zgarishlar, o‘rta og‘irlikdagi preeklampsiyada kompensator angiogenez ustunligi kuzatilgan bo‘lsa, og‘ir preeklampsiyada vaskulyarizatsiyaning pasayishi va sinsitiotrofoblast shikastlanishining kuchayishi platsentar disfunksiyaning asosiy morfometrik mezonlari ekanligi asoslangan;
preeklampsiyada platsentar disfunksiyaning morfometrik ifodalanish darajasini belgilashda SOD2, GSTP1 va GSTM1 genlarining polimorf variantlari mustaqil omil sifatida ta’sir ko‘rsatishi o‘rganilib, genotip xususiyatlariga qarab terminal vorsinalar maydonida, kapillyarlar sonida va sinsitial tugunchalar zichligida ishonchli ravishda o‘zgarishlar yuzaga kelishi isbotlangan;
yo‘ldoshning morfologik o‘zgarishlari xamda SOD2 (Ala16Val) geni polimorfizmi o‘rtasida patogenetik bog‘liqlik mavjud bo‘lib, Val mutant alleli va Val / Val genotipi chastotasining oshishi yo‘ldosh ishemiyasi va qon-tomir etishmovchiligi belgilarining kuchayishiga olib kelishi aniqlangan;
O‘zbek millatiga mansub preeklampsiya bilan asoratlangan homilador ayollarda GSTP1 (Ile105Val) genining Val alleli va Val/Val genotipi hamda GSTM1 (Ins/Del) genining Del alleli va Del/Del genotipi preeklampsiya rivojlanishi bilan ishonchli bog‘liqligi, ushbu polimorfizmlar platsentadagi morfologik o‘zgarishlar, oksidativ stress, endotelial disfunksiya va bachadon-yo‘ldosh perfuziyasi buzilishi bilan patogenetik jihatdan bog‘liqligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Preeklampsiya bilan asoratlangan homilador ayollarda yo‘ldosh disfunksiyasining morfometrik xususiyatlarini tahlil qilish, uning turli darajalaridagi morfometrik va funksional o‘zgarishlarini baholash hamda ushbu jarayonlar asosida yotgan zamonaviy patogenetik gipotezani shakllantirishga oid olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida:
birinchi ilmiy yangilik: preeklampsiyaning og‘irlik darajasi ortishi bilan yo‘ldosh vorsinka apparatining morfometrik ko‘rsatkichlari va xorion vorsinkalari qon tomir o‘zanida kechuvchi morfologik o‘zgarishlar, o‘rta og‘irlikdagi preeklampsiyada kompensator angiogenez ustunligi kuzatilgan bo‘lsa, og‘ir preeklampsiyada vaskulyarizatsiyaning pasayishi va sinsitiotrofoblast shikastlanishining kuchayishi platsentar disfunksiyaning asosiy morfometrik mezonlari ekanligi asoslanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona viloyati filiali 1 yanvar 2026 yildagi №20 buyrug‘i, hamda Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro viloyati filiali 23 dekabr 2025 yildagi №74 buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2026 yil 5 martdagi 04/06-son xulosasi. Ijtimoiy samaradorligi: preeklampsiyaning og‘irlik darajasiga ko‘ra homiladorlik paytida yo‘ldoshda bo‘lib o‘tadigan morfometriq o‘zgarishlarni taxlil qilishda yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: preeklampsiyaning og‘irlik darajasiga ko‘ra bir nafar ayoldan olingan yo‘ldoshni gistomorfometrik tikshirish 800000 so‘mni tashkil etadi. Ishemik angiopatiyani aniqlashdagi gistomorfometrik tekshirish 250400 so‘m mablag‘ni tashkil etadi. Xulosa: preeklampsiya bilan asoratlangna homilador ayollarda morfometrik markyorlarni o‘rganish orqali yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldini olish tadbirlari ishlab chiqilganligi bilan izohlanadi va 800000 so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishilgan;
ikkinchi ilmiy yangilik: preeklampsiyada platsentar disfunksiyaning morfometrik ifodalanish darajasini belgilashda SOD2, GSTP1 va GSTM1 genlarining polimorf variantlari mustaqil omil sifatida ta’sir ko‘rsatishi o‘rganilib, genotip xususiyatlariga qarab terminal vorsinalar maydonida, kapillyarlar sonida va sinsitial tugunchalar zichligida ishonchli ravishda o‘zgarishlar yuzaga kelishi isbotlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona viloyati filiali 1 yanvar 2026 yildagi №20 buyrug‘i, hamda Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro viloyati filiali 23 dekabr 2025 yildagi №74 buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2026 yil 5 martdagi 04/06-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: preeklampsiyada yo‘ldosh disfuknsiyasida morfologik prediktorlarni aniqlashga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: preeklampsiyada to‘liq morfologik tekshiruv olib borish bir nafar ayolda 650000 so‘m mablag‘ sarf qilinishin talab etadi. Xulosa: taklif qilingan morfologik taxlillarni olib borish uchun tadqiqot ko‘lamiga ko‘ra 1 nafar bemorga 372600 so‘mni tadqiqot qo‘lamida esa (n=80) 29808000 so‘m bo‘lib, preeklampsiya bilan asoratlangan ayollarda yurak platsentaning morfometrik markyorlarni amaliyotga qo‘llash orqali preeklampsiyaning xavfini to‘g‘ri baholash, homiladorlik va tug‘ruqni olib borishni to‘g‘ri tanlash imkoniyatini beradi;
uchinchi ilmiy yangilik: yo‘ldoshning morfologik o‘zgarishlari xamda SOD2 (Ala16Val) geni polimorfizmi o‘rtasida patogenetik bog‘liqlik mavjud bo‘lib, Val mutant alleli va Val / Val genotipi chastotasining oshishi yo‘ldosh ishemiyasi va qon-tomir etishmovchiligi belgilarining kuchayishiga olib kelishi aniqlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona viloyati filiali 1 yanvar 2026 yildagi №20 buyrug‘i, hamda Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro viloyati filiali 23 dekabr 2025 yildagi №74 buyrug‘i bilan amaliyotiga tatbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2026 yil 5 martdagi 04/06-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: preeklampsiya bilan asoratlangan homilador ayollarda genetik markyorlarning ahamiyatini o‘rganish orqali kasallikning keyingi bosqichlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlarni barvaqt profilaktika qilish imkoniyati yaratilgan. Shuningdek, erta tashxis qo‘yish natijasida preeklampsiya rivojlanish xavfi mavjud bo‘lgan bemorlar sonini kamaytirishga erishilgan. Iqtisodiy samaradorligi: preeklampsiya aniqlangan bir nafar ayolni davolashdagi umumiy sarf 1340000 so‘m mablag‘ni tashkil qiladi. Xulosa: yangilik usuli bir nafar bemor uchun 410000 so‘m mablag‘ni iqtisod qilish imkonini beradi, tadqiqot qo‘lamida esa (n=80) 33800000 so‘m miqdorda bo‘lib, preeklampsiya bilan asoratlangan homilador ayollarda erta genetik laborator ko‘rsatkichlarning monitoringini joriy etish akusherlik asoratlarining oldini olish, kasalxonada bo‘lish muddatini qisqartirish, shuningdek, kasallangan ayollarni davolash xarajatlarini kamaytirish imkonini beradi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: O‘zbek millatiga mansub preeklampsiya bilan asoratlangan homilador ayollarda GSTP1 (Ile105Val) genining Val alleli va Val/Val genotipi hamda GSTM1 (Ins/Del) genining Del alleli va Del/Del genotipi preeklampsiya rivojlanishi bilan ishonchli bog‘liqligi, ushbu polimorfizmlar platsentadagi morfologik o‘zgarishlar, oksidativ stress, endotelial disfunksiya va bachadon-yo‘ldosh perfuziyasi buzilishi bilan patogenetik jihatdan bog‘liqligi isbotlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona viloyati filiali 1 yanvar 2026 yildagi №20 buyrug‘i, hamda Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro viloyati filiali 23 dekabr 2025 yildagi №74 buyrug‘i bilan amaliyotiga tatbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2026 yil 5 martdagi 04/06-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: preeklampsiya rivojlanish xavfini genetik omillar natijasiga ko‘ra prediktor axamiyatini aniqlashga va statsionardagi profilaktik davo muddatini qisqartirishga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: preeklampsiyada genetik omilning prediktorlik fazifasini aniqlash uchun to‘liq tekshirish bir nafar ayolda statsionar sharoitida 1 kunlik sarf 1650000 so‘m mablag‘ni sarf tashkil etadi. Xulosa: taklif etilgan usul tadqiqot ko‘lamiga ko‘ra shifohonada bo‘lish vaqtini 4 kunga qisqartirishi 1 nafar bemor uchun 700 000 so‘mni tadqiqot qo‘lamida esa (n=80) 56000000 so‘m mablag‘ni iqtisod qilish imkonini beradi.