Nasrullaev Valijon Gulomovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Granulali omuxta ozuqalarini tayyorlaydigan qurilma ishlab chiqish va uning parametrlarini asoslash”, 05.07.01 – Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/T5433.
Ilmiy rahbar: G‘aybullaev Burxonjon Shermatjonovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa (muassasalar) nomi: Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.08/2025.27.12.T.13.01.
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, professor Norchaev Davron Rustamovich; texnika fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim Mamadjanov Sultanali Islomalievich.
Yetakchi tashkilot: Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi chorvachilikka ixtisoslashgan kichik fermer va dehqon xo‘jaliklari hamda aholi xonadonlarida boqilayotgan chorva mollari uchun granulali omuxta ozuqalarni tayyorlaydigan qurilmani ishlab chiqish va uning parametrlarini asoslash orqali ish sifati va unumini oshirish hamda boshqa xarajatlar sarfini kamaytirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
granulali omuxta ozuqalarni tayyorlaydigan qurilmaning konstruksiyasi va texnologik ish jarayoni granulali ozuqalarning talablar darajasidagi zichlanishi hamda kam energiya sarflanishini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan;
granulali omuxta ozuqalarni tayyorlaydigan qurilmaning parametrlari ularning fizik-mexanik xossalari, o‘lcham-massa va tarkibiy ko‘rsatkichlari, granulali omuxta ozuqalariga qo‘yiladigan zootexnik talablar darajasida bo‘lishi hamda qurilmaning energiya tejamkorligini hisobga olgan holda asoslangan;
qurilma matrisa kanalining kirish qismini diametri, zichlaydigan jo‘vaning diametri hamda granulali ozuqalarni hosil bo‘lishi uchun talab etiladigan bosim kuchlari ozuqalarni unga tiqilmasligi shartidan keltirib chiqarilgan analitik bog‘lanishlar asosida aniqlangan;
granulali omuxta ozuqalarni tayyorlaydigan qurilmaning talab darajasidagi ish sifatini ta’minlaydigan maqbul qiymatlari ularning agrotexnik va energetik ish ko‘rsatkichlarini baholaydigan regressiya tenglamalarini birgalikda echish orqali aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Granulali omuxta ozuqalarini tayyorlaydigan qurilmani ishlab chiqish va uning parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
granulali omuxta ozuqalarni tayyorlaydigan qurilmaning texnik hujjatlari (dastlabki talablar, texnik topshiriq va chizmalar) ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 12-dekabrdagi 05/01-05/02-05/04-03-562-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, granulali omuxta ozuqalarni tayyorlaydigan qurilmani ishlab chiqish imkoniyati yaratilgan;
qurilmaning tajriba nusxasi Samarqand viloyatining Narpay tumanidagi chorvachilikka ixtisoslashgan “AGRO VEGETABLE LEADERG”, “NARPAY NOZIMJON” va “TILOV QARShIEV” fermer xo‘jaliklari hamda Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot institutining tajriba uchastkasiga qarashli sut-mahsulot fermasida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 12-dekabrdagi 05/01-05/02-05/04-03-562-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tayyorlangan ozuqalarning zichligi 850 kg/m3, uning plastik mustaxkamligi 1,21 MPa, va qurilmaning ish unumi 78,8 kg/h ni tashkil etgan;
universal qurilmaning sanoat nusxalarini ishlab chiqish va tayyorlash uchun uning loyiha – konstruktorlik hujjatlari (dastlabki talablar, texnik topshiriq va chizmalar) “TECh LASER INVEST” MChJ da loyihalash jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 12-dekabrdagi 05/01-05/02-05/04-03-562-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, granulali omuxta ozuqalarni tayyorlaydigan qurilmani sanoat nusxalarini ishlab chiqarish imkoniyati yaratilgan.