Qahharova Malika Lutfilla qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘smirlarda milliy identivlik integratsiyasining ijtimoiy psixologik omillari”. 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/P806.
Ilmiy rahbar: Safarov Dilmurod Xalimovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/27.12.2025.P.08.10.
Rasmiy opponentlar: Saidov Azamat Ismoilovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor; Musinova Nozira Mirzadjanovna, psixologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
hayotiy turg‘unlik va etnik identifikatsiya ko‘rsatkichlari bilan aniqlangan korrelyasion munosabatlar asosida o‘smirlarda milliy identivlik integratsiyasi shaxsiy o‘zlikni milliy qadriyatlar bilan uyg‘unlashtirish, madaniy muhitga moslashishda ichki nazoratni kuchaytirish hamda jamoaviy birdamlikni tavakkalchilik va faol ijtimoiy ishtirok bilan bog‘lash orqali shakllanishi dalillangan;
etnik ustanovkalar bilan bog‘liq tahlillar natijasida milliy identivlik integratsiyasining ijobiy shakllanishi me’yoriy etnik identlik va madaniy moslashuvchanlikning o‘zaro uyg‘unligi bilan, salbiy shakllari esa etnonigilizm, etnik indifferentlik, etnoegoizm hamda etnofanatizm kabi destruktiv yo‘nalishlarning kuchayishi bilan tavsiflanishi ilmiy asoslangan;
yosh dinamikasiga doir empirik natijalar o‘smirlikning keyingi bosqichlarida ehtiyojlar tizimining etilishi, milliy qadriyatlarga hissiy dahldorlikning chuqurlashuvi va o‘zini boshqarish ko‘nikmalarining barqarorlashuvi milliy identivlik integratsiyasini kuchaytiruvchi muhim ijtimoiy-psixologik omillar ekanligini ko‘rsatgan;
tajriba-sinov ishlari natijasida maxsus psixologik-pedagogik ta’sir dasturi o‘smirlarda o‘zlikni anglash, madaniy moslashuvchanlik va jamoaviy birdamlik ko‘rsatkichlarini sezilarli ravishda oshirishi aniqlanib, milliy identivlik integratsiyasini rivojlantirish refleksiv o‘zlikni chuqurlashtirish, madaniyatlararo muvozanatni shakllantirish va jamoaviylikni mustahkamlashga yo‘naltirilgan tizimli yondashuv asosida samarali kechishi dalillangan.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ota-onaning bolaga munosabati natijasida farzandga nisbatan gʻamxo‘rlik qilish, kuchli hissiy aloqa bildirishning o‘rtoqlik (hamkorlik) omiliga bogʻliq ravishda kuchli namoyon bo‘lishi tufayli o‘smirlarda milliy tarbiya shakllanishiga ijobiy taʼsir etuvchi «mustaqillik», «muloqotmandlik», «kurashga tayyorlik», «jamoaviylik», «affiliatsiya», «tartib-intizom», «ko‘makni qabul qilish» kabi ijtimoiy-psixologik xususiyatlar aniqlangan;
shaxs xususiyatlariga ko‘ra xalqimiz orasida ko‘proq milliylik kasb etadigan va milliy qadriyatga aylangan «mehmondo‘stlik», «tinglovchanlik», «muruvvatlilik», «gʻamxo‘rlik», «hojatbarorlik», «ahillik» va «hurmatlilik» kabi fazilatlarni xulqda ustuvor namoyon bo‘lishi sababli o‘smirlarda milliy tarbiyalanganlikni taʼminlovchi o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabatni ijobiyligi, o‘ziga ishonch, o‘zini o‘zi hurmat qilish, boshqalardan ijobiy munosabatni kutish va «Men»ni «Biz»ga proeksiyalash kabi tayanch mezonlarni differensiatsiyalash zarurati asoslangan;
o‘smirlarda milliy identivlik darajasini namoyon bo‘lishi guruhni idrok qilishning individuallik tipi «ahillik», «gʻamxo‘rlik», «pragmatiklik»ning “muruvvatlilik” bilan teskari, “jamoaviylik”ning “mehmondo‘stlik», «hurmatlilik» bilan to‘gʻri proporsional bogʻliqligi tufayli guruhdagi xulq-atvor motivatsiyasi rivojlanishiga identiv ekani asoslangan;
yoshlar tarbiyasi darajasining diagnostikasi natijasida “mehmondo‘stlik”, “tinglovchanlik”, “hojatbarorlik”, “gʻamxo‘rlik”, “ahillik” milliy fazilatlarining ijtimoiy maydon taʼsirida namoyon bo‘lish tufayli ijtimoiy nufuzga, raqobat, maqsadga erishishga intilish ustuvor omil sifatida namoyon bo‘lishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘smirlarda milliy identivlik shakllanishining ijtimoiy-psixologik omillari yuzasidan o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida: Xususan, o‘smirlarda milliy identivlik integratsiyasining ijtimoiy-psixologik omillarini takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi. Ota-onaning bolaga munosabati natijasida farzandga nisbatan gʻamxo‘rlik qilish, kuchli hissiy aloqa bildirishning o‘rtoqlik (hamkorlik) omiliga bogʻliq ravishda kuchli namoyon bo‘lishi tufayli o‘smirlarda milliy tarbiya shakllanishiga ijobiy taʼsir etuvchi “mustaqillik”, “muloqotmandlik”, “kurashga tayyorlik”, “jamoaviylik”, “affiliatsiya”, “tartib-intizom”, “ko‘makni qabul qilish” kabi ijtimoiy-psixologik xususiyatlar aniqlanganligi to‘g‘risidagi ilmiy natijalar O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining (O‘zRMvMTV) O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi faoliyati amaliyotiga tatbiq etilgan (O‘zRMvMTV O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazining 2026-yil 1-maydagi № 01/10-01-171-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘smirlarda milliy identivlikning ijtimoiy-psixologik omillarini shakllantirish imkoniyati kengaytirilgan;
shaxs xususiyatlariga ko‘ra xalqimiz orasida ko‘proq milliylik kasb etadigan va milliy qadriyatga aylangan “mehmondo‘stlik”, “tinglovchanlik”, “muruvvatlilik”, “gʻamxo‘rlik”, “hojatbarorlik”, “ahillik” va “hurmatlilik” kabi fazilatlarni xulqda ustuvor namoyon bo‘lishi sababli o‘smirlarda milliy tarbiyalanganlikni taʼminlovchi o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabatni ijobiyligi, o‘ziga ishonch, o‘zini o‘zi hurmat qilish, boshqalardan ijobiy munosabatni kutish va “Men”ni “Biz”ga proeksiyalash kabi tayanch mezonlarni differensiatsiyalash zarurati asoslanganligi to‘g‘risidagi ilmiy natijalar O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining (O‘zRMvMTV) O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi faoliyati amaliyotiga tatbiq etilgan (O‘zRMvMTV O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazining 2026-yil 1-maydagi № 01/10-01-171-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘smirlarda milliy identivlikning ijtimoiy-psixologik omillarini shakllantirish imkoniyati kengaytirilgan;
o‘smirlarda milliy identivlik darajasini namoyon bo‘lishi guruhni idrok qilishning individuallik tipi “ahillik”, “gʻamxo‘rlik”, “pragmatiklik”ning “muruvvatlilik” bilan teskari, “jamoaviylik”ning “mehmondo‘silik”, “hurmatlilik” bilan to‘gʻri proporsional bogʻliqligi tufayli guruhdagi xulq-atvor motivatsiyasi rivojlanishiga identiv ekani asoslangan; yoshlar tarbiyasi darajasining diagnostikasi natijasida “mehmondo‘stlik”, “tinglovchanlik”, “hojatbarorlik”, “gʻamxo‘rlik”, “ahillik” milliy fazilatlarining ijtimoiy maydon taʼsirida namoyon bo‘lish tufayli ijtimoiy nufuzga, raqobat, maqsadga erishishga intilish ustuvor omil sifatida namoyon bo‘lishi asoslanganligi to‘grisidagi ilmiy yangilik O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining (O‘zRMvMTV) O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi faoliyati amaliyotiga tatbiq etilgan (O‘zRMvMTV O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazining 2026-yil 1-maydagi № 01/10-01-171-son ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiyada ilgari surilgan ilmiy-amaliy tadqiqotlar asosida talabalarda milliy identivlikni shakllantirishning psixologik mexanizmlarini takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar amaliyotga joriy etilgan. Xususan, o‘smirlarning maʼnaviy-axloqiy qiyofasini yuksaltirishga xizmat qiluvchi, milliy identivligini shakllantiruvchi maxsus psixologik treninglar tizimi ishlab chiqilib, ularning natijadorligi eksperimental tarzda tasdiqlangan.