Pardaqulov Norbek Pardaqulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Talabalarda kasbiy qobiliyatni rivojlantirishning ijtimoiy-psixologik mexanizmlari”. 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/P711.
Ilmiy rahbar: Jabborov Azim Meyliqulovich, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.P.08.10.
Rasmiy opponentlar: Safarov Dilmurod Xalimovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor; Jumaev Nodir Zayniddinovich, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: talabalarda kasbiy qobiliyatni rivojlantirishning ijtimoiy psixologik mexanizmlarini ochib berish orqali amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning kasbiy qobiliyatlari o‘quv jarayonida namoyon bo‘lishiga ko‘ra real “kreativ Men”da originallik, ideal “kreativ Men”da mustaqil izlanish, ijodiy tafakkur, ijodiy hayol, emotsional-irodaviy intiluvchanlik, empatiyaning ustuvorligi, shaxsiy va kasbiy fazilatlarning rivojlanganligi va yaratuvchanligiga ustuvorlik berishga asoslanib, bo‘lajak mutaxassislardagi kasbiy qobiliyatning psixologik profili dalillangan;
hududiy sharoitlar, iqtisodiy imkoniyatlar, ta’lim tizimidagi farqlar va madaniy omillar ta’siriga ko‘ra Qarshi davlat universiteti va Samarqand davlat universiteti respondentlari o‘rtasida texnik, ijtimoiy, tadbirkorlik, ilmiy-tadqiqot va ma’muriy yo‘nalishlar bo‘yicha yuzaga keluvchi ahamiyatli farqlarni kasbiy yo‘nalishlarni rivojlantirish, hududlar kesimida mos ravishda ta’lim va kasbiy orientatsiya texnologiyalarini yaratish hamda mavjudlarini takomillashtirish orqali barataraf etish mumkinligi isbotlangan;
har bir talabaning individual psixologik xususiyatlariga ko‘ra, bosqichma-bosqich yondashuv asosida tuzilgan, diagnostik, korreksion, rivojlantiruvchi va reflektiv-kompetension bloklarni o‘z ichiga oluvchi psixokorreksion rivojlantiruvchi dastur talaba shaxsining kasbiy salohiyatini aniqlash, psixologik qo‘llab-quvvatlash, motivatsion muhit yaratish va qaror qabul qilish qobiliyatlarini shakllantirishda samarador vosita ekanligi aniqlangan;
talabalarda kasbiy qobiliyatlarni rivojlantirishning ijtimoiy-psixologik mexanizmlari modeli ta’lim jarayonidagi uzlyuksizlik, ilmiylik, tizimlilik, motivatsion yunalganlik, hissiy-irodaviy faoliyatga integrativ tayyor bo‘lish muhimligi tufayli “motivatsion”, “operatsional”, “refleksiv”, “kreativ-intellektuallik”ni baholash mezonlarini kiritish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Talabalarda kasbiy qobiliyatlarni rivojlantirishning ijtimoiy-psixologik mexanizmlarini tadqiq etish asosida:
talabalarning kasbiy qobiliyatlari o‘quv jarayonida namoyon bo‘lishiga ko‘ra real “kreativ Men”da originallik, ideal “kreativ Men”da mustaqil izlanish, ijodiy tafakkur, ijodiy hayol, emotsional-irodaviy intiluvchanlik, empatiyaning ustuvorligi, shaxsiy va kasbiy fazilatlarning rivojlanganligi va yaratuvchanligiga ustuvorlik berishga asoslanib, bo‘lajak mutaxassislardaga kasbiy qobiliyatning psixologik profili dalillangan takliflar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 9-dekabrdagi PM-188-son buyrug‘i bilan “Kasb psixologiyasi” moduliga kiritilgan. (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 9-dekabrdagi PM-188-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalar kasbiy qobiliyatlarining o‘quv jarayonida namoyon bo‘lishiga ko‘ra talabalardagi kasbiy qobiliyatlarning psixologik profili ochib berilgan;
hududiy sharoitlar, iqtisodiy imkoniyatlar, ta’lim tizimidagi farqlar va madaniy omillar ta’siriga ko‘ra Qashqadaryo va Samarqand viloyati respondentlari o‘rtasida texnik, ijtimoiy, tadbirkorlik, ilmiy-tadqiqot va ma’muriy yo‘nalishlar bo‘yicha yuzaga keluvchi ahamiyatli farqlarni kasbiy yo‘nalishlarni rivojlantirish, hududlar kesimida mos ravishda ta’lim va kasbiy orientatsiya texnologiyalarini yaratish hamda mavjudlarini takomillashtirish orqali bartaraf etish mumkinligi isbotlanganligiga oid takliflar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 9-dekabrdagi PM-188-son buyrug‘i bilan “Shaxslararo munosabatlar psixologiyasi” moduliga kiritilgan. (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 9-dekabrdagi PM-188-son ma’lumotnomasi). Natijada hududlar kesimida mos ravishda ta’lim va kasbiy orientatsiya texnologiyalarini yaratish hamda mavjudlarini takomillashtirish orqali barataraf etish mumkinligi isbotlangan;
har bir talabaning individual psixologik xususiyatlariga ko‘ra, bosqichma-bosqich yondashuv asosida tuzilgan, diagnostik, korreksion, rivojlantiruvchi va reflektiv-kompetension bloklarni o‘z ichiga oluvchi psixokorreksion rivojlantiruvchi dastur talaba shaxsining kasbiy salohiyatini aniqlash, psixologik qo‘llab-quvvatlash, motivatsion muhit yaratish va qaror qabul qilish qobiliyatlarini shakllantirishda samarador vosita ekanligiga oid takliflar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 9-dekabrdagi PM-188-son buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya” moduliga kiritilgan. (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 9-dekabrdagi PM-188-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur psixokorreksion rivojlantiruvchi dastur talaba shaxsining kasbiy salohiyatini aniqlash, psixologik qo‘llab-quvvatlash, motivatsion muhit yaratish va qaror qabul qilish qobiliyatlarini shakllantirishda samarador vosita ekanligi dalillangan;
talabalarda kasbiy qobiliyatlarni rivojlantirishning ijtimoiy-psixologik mexanizmlari modeli ta’lim jarayonidagi uzlyuksizlik, ilmiylik, tizimlilik, motivatsion yunalganlik, hissiy-irodaviy jihatdan faoliyatga integrativ tayyor bo‘lish muhimligi tufayli “motivatsion”, “operatsional”, “refleksiv”, “kreativ-intellektuallik”ni baholash mezonlarini kiritish asosida takomillashtirilgan takliflar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 9-dekabrdagi PM-188-son buyrug‘i bilan “Kasb psixologiyasi” moduliga kiritilgan. (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 9-dekabrdagi PM-188-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda kasbiy qobiliyatlarni rivojlantirishning ijtimoiy-psixologik mexanizmlari modeli ishlab chiqilgan.