Mamatqulova Kimyoxon Abdujalilovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Oliy ta’lim tashkiloti kafedra mudirlari boshqaruv kompetentligining ijtimoiy-psixologik determinantlari”, 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.DSc/P232
Ilmiy rahbar: Karimova Vasila Mamanasirovna psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti,  DSc.01/2025.27.12.R.03.02.
Rasmiy opponentlar: Bafaev Muhiddin Muxammadovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Hayitov Oybek Eshboevich, psixologiya fanlari doktori, professor; Baratov Sharif Ramazanovich psixologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Profi universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: oliy ta’lim muassasasi kafedra mudirlarida boshqaruv kompetentligini samarali rivojlantirishning ijtimoiy-psixologik determinantlarini empirik jihatdan tadqiq etish orqali boshqaruv faoliyati samaradorligini takomillashtirish usullarini ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim muassasasi kafedra mudirlarining boshqaruv kompetentligi institutsional muhit, jamoadagi muloqot va hamkorlik munosabatlari hamda rahbarning psixoemotsional holati o‘zaro ta’sirida shakllanadigan ijtimoiy-psixologik dinamik tizim sifatida konseptuallashtirilgan.
oliy ta’lim muassasasi kafedra mudirlari faoliyatida akademik va ma’muriy rollarning integratsiyasi boshqaruv kompetentligining muhim ijtimoiy-psixologik mexanizmi sifatida asoslangan.
kafedra mudirlari boshqaruv kompetentligining ijtimoiy-psixologik determinantlari tizimlashtirilib, ularning intrapsixologik (shaxsiy xususiyatlar, stressga bardoshlilik, liderlik sifatlari) va interpsixologik (jamoadagi muloqot, boshqaruv uslubi, konfliktlarni boshqarish) omillar bilan o‘zaro bog‘liqligi empirik jihatdan asoslangan.
oliy ta’lim muassasasi boshqaruv muhitida kafedra mudirlari faoliyatiga ta’sir etuvchi institutsional omillar, jumladan, subordinatsiya munosabatlari va hokimiyatdan masofalanish indeksi boshqaruv kompetentligining muhim ijtimoiy-psixologik determinantlari ekani ilmiy jihatdan asoslangan.
kafedra mudirlarining boshqaruv kompetentligini rivojlantirish modeli ishlab chiqilib, unda muloqot jarayonidagi motivatsion, vaziyatli va psixologik to‘siqlarni engish, maqsadga yo‘naltirilganlik va emotsional intellektni rivojlantirish orqali boshqaruv kompetentligini belgilovchi shaxsiy va ijtimoiy-psixologik xususiyatlarni differensial rivojlantirish mexanizmlari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Oliy ta’lim muassasasi kafedra mudirlari boshqaruv kompetentligining ijtimoiy-psixologik determinantlarini o‘rganishga doir olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari asosida:
oliy ta’lim muassasasi kafedra mudirlarining boshqaruv kompetentligi institutsional muhit, jamoadagi muloqot va hamkorlik munosabatlari hamda rahbarning psixoemotsional holati o‘zaro ta’sirida shakllanadigan ijtimoiy-psixologik dinamik tizim sifatida konseptuallashtirilgan ma’lumotlar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Psixologiya oʻquv-ilmiy markazining 2025-yil 10-maydagi 16-son buyrug‘iga muvofiq  “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan. Natijada kafedra mudirlarining boshqaruv kompetentligi institutsional omillar, jamoada shakllanadigan muloqot va hamkorlik munosabatlari hamda rahbarning psixoemotsional holati o‘zaro ta’siri asosida shakllanadigan ijtimoiy-psixologik dinamik tizim ekanligi aniqlangan.
oliy ta’lim muassasasi kafedra mudirlari faoliyatida akademik va ma’muriy rollarning integratsiyasi boshqaruv kompetentligining muhim ijtimoiy-psixologik mexanizmi sifatida asoslangan ma’lumotlar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Psixologiya oʻquv-ilmiy markazining 2025-yil 10-maydagi 16-son buyrug‘iga muvofiq “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan. Natijada kafedra mudirlari faoliyatida akademik va ma’muriy rollarning uyg‘un integratsiyasi boshqaruv kompetentligining rivojlanishi hamda boshqaruv samaradorligini ta’minlovchi muhim ijtimoiy-psixologik omil ekanligi aniqlangan.
kafedra mudirlari boshqaruv kompetentligining ijtimoiy-psixologik determinantlari tizimlashtirilib, ularning intrapsixologik (shaxsiy xususiyatlar, stressga bardoshlilik, liderlik sifatlari) va interpsixologik (jamoadagi muloqot, boshqaruv uslubi, konfliktlarni boshqarish) omillar bilan o‘zaro bog‘liqligi empirik jihatdan asoslangan  ma’lumotlar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Psixologiya oʻquv-ilmiy markazining 2025-yil 10-maydagi 16-son buyrug‘iga muvofiq “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan. Natijada kafedra mudirlarining boshqaruv kompetentligini shakllantirishda intrapsixologik va interpsixologik omillarning o‘zaro uyg‘un ta’siri boshqaruv samaradorligini belgilovchi muhim ijtimoiy-psixologik determinantlar tizimi ekanligi aniqlangan.
oliy ta’lim muassasasi boshqaruv muhitida kafedra mudirlari faoliyatiga ta’sir etuvchi institutsional omillar, jumladan, subordinatsiya munosabatlari va hokimiyatdan masofalanish indeksi boshqaruv kompetentligining muhim ijtimoiy-psixologik determinantlari ekani ilmiy jihatdan asoslangan  ma’lumotlar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Psixologiya oʻquv-ilmiy markazining 2025-yil 10-maydagi 16-son buyrug‘iga muvofiq “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan. Natijada kafedra mudirlarining boshqaruv kompetentligini shakllantirish va rivojlantirishda boshqaruv tizimidagi subordinatsiya munosabatlari hamda hokimiyatdan masofalanish indeksi muhim institutsional ijtimoiy-psixologik determinantlar sifatida namoyon bo‘lishi aniqlangan.
kafedra mudirlarining boshqaruv kompetentligini rivojlantirish modeli ishlab chiqilib, unda muloqot jarayonidagi motivatsion, vaziyatli va psixologik to‘siqlarni engish, maqsadga yo‘naltirilganlik va emotsional intellektni rivojlantirish orqali boshqaruv kompetentligini belgilovchi shaxsiy va ijtimoiy-psixologik xususiyatlarni differensial rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirishga erishilgan, ma’lumotlar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Psixologiya oʻquv-ilmiy markazining 2025-yil 10-maydagi 16-son buyrug‘iga muvofiq “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan. Natijada ishlab chiqilgan model asosida kafedra mudirlarining boshqaruv kompetentligini rivojlantirishda motivatsion, vaziyatli va psixologik to‘siqlarni engish, maqsadga yo‘naltirilganlik hamda emotsional intellektni rivojlantirish boshqaruv samaradorligini ta’minlovchi muhim ijtimoiy-psixologik mexanizmlar ekanligi aniqlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish