Kalandarova Umida Arslanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Metabolik sindromning asosiy komponentlari toifalariga bog‘liq bo‘lgan oxirgi nuqtalar shakllanishini solishtirma baholash», 14.00.05–Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Tib268.
Ilmiy rahbar: Kayumov Ulugbek Karimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.02.
Rasmiy opponentlar: Uzbekova Nelli Rafikovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Nurillaeva Nargiza Muxtarxanovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oxirgi nuqtalar shakllanishidagi metabolik sindrom turli komponentlarining rolini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
giperglikemiyaning metobolik sindrom (MS) patogenezi va unga komorbid kasalliklar (ushbu tadqiqotda – YuIK) haqidagi tasavvurlarni kengaytiradigan oxirgi nuqtalar shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadigan turli xil toifalarining nisbiy ahamiyati isbotlangan;
ilk bor glikemik egrilik simpatoadrenal va vagoinsulyar fazalarining MS davolash-profilaktika chora-tadbirlarini shakllantirishga imkon beradigan nisbiy qiymati aniqlangan;
semizlik hamda ortiqcha tana vazni turli hil toifalarining oxirgi nuqtalar shakllanishidagi ahamiyati isbotlangan;
ilk bor MS komponentlari va giperglikemiyaning turli kategoriyalari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik mavjudligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
MSning asosiy tarkibiy qismlari turli xil toifalarining oxirgi nuqtalarni shakllantirishdagi qiyosiy ahamiyati bo‘yicha olingan natijalar asosida:
“Metabolik sindromda xavf guruhini aniqlash” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 3 martdagi 8n-r/107-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma MS xavf omillarini o‘z vaqtida aniqlash, turli asoratlar rivojlanish xavfini kamaytirish imkonini bergan;
MS xavf omillarini aniqlash usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, xususan, Respublika 2-son klinik shifoxonasi, Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy markazining Xorazm filiali, “Qibray” sanatoriyasi, Urganch shahar tibbiyot birlashmasi markaziy poliklinikasi klinik amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 5 dekabrdagi 8n-z/216-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarining klinik amaliyotga tatbiq etilishi metabolik sindromning differensiallashgan profilaktikasi va davolashni amalga oshirish imkonini yaratish, shu bilan birga MS asosiy komponentlari turli uyg‘unlikda kelishi xavf guruhlarini aniqlash, bir qator noinfeksion kasalliklarning ko‘p omilli profilaktikasi bo‘yicha dasturlarni rejalashtirish va amalga oshirish imkonini bergan.