Teshaeva Dilbar Shuxrat qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Katta so‘lak bezlarining sifat tarkibi turlicha bo‘lgan ichimlik suvlari ta’siridagi morfofunsional o‘zgarishlarning o‘ziga xosligi” 14.00.02 – Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Tib5090.
Ilmiy rahbar: Xasanova Dilnoza Axrorovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.06/2025.27.12.Tib.05.01.
Rasmiy opponentlar: Zokirova Nargiza Baxodirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kurbanov Said Safarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Turkiya sog‘lik bilimlar universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: katta so‘lak bezlarida sifat tarkibi turlicha bo‘lgan ichimlik suvlari ta’sirida yuzaga keladigan morfofunksional o‘zgarishlarning o‘ziga xos xususiyatlarini qiyosiy o‘rganish va umumiy minerallashuvi yuqori bo‘lgan er osti suvi chaqirgan o‘zgarishlarni biofaol qo‘shimcha yordamida korreksiyalash samaradorligini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
ilk bor umumiy minerallashuvi yuqori bo‘lgan er osti suvini (institut hududidagi 20 metr chuqurlikdagi) iste’mol qilgan oq zotsiz kalamushlar katta so‘lak bezlarining parenximasida sekretor atsinuslar distrofiyasi va chiqaruvchi naychalar epiteliyida degenerativ o‘zgarishlar gistologik jihatdan aniqlangani, atsinuslar diametrining kichrayishi va stromaning nisbiy ulushining oshishi morfometrik o‘lchovlar orqali nazorat guruhi ko‘rsatkichlari bilan solishtirma tahlilda statistik jihatdan isbotlangan;
ilk bor umumiy minerallashuvi yuqori er osti suvini iste’mol qilgan oq zotsiz kalamushlarga qushqo‘nmas biofaol qo‘shimchasi qo‘llanganda, katta so‘lak bezlari parenximasida atsinuslar diametrining ortishi, stroma ulushining kamayishi, chiqaruvchi naychalar epiteliy hujayralarida degenerativ belgilarning susayishi morfometrik o‘lchovlar orqali aniqlangan va mazkur ko‘rsatkichlarning korreksiyalanmagan guruh bilan solishtirganda nazorat guruhi qiymatlariga statistik jihatdan ishonchli darajada yaqinlashishi isbotlangan;
ilk bor umumiy minerallashuvi yuqori bo‘lgan er osti suvini iste’mol qilgan oq zotsiz kalamushlar so‘lagida pH ko‘rsatkichining ishqoriy tomonga statistik ishonchli siljishi, interleykin-6 miqdorining oshishi va lizotsim miqdorining kamayishi, IL-10 ko‘rsatkichi nazorat guruhidan statistik ishonchli kamayganligi yuqori minerallashgan er osti suviga xos patologik immun disbalans va bufer funksiyasi buzilishi sifatida aniqlangan;
ilk bor korreksiya maqsadida qushqo‘nmas biofaol qo‘shimchasi qo‘llanilganda so‘lak pH ko‘rsatkichining neytral tomonga siljishi, natriy, mochevina va kreatinin miqdorining kamayishi, interleykin-6 ning pasayishi va interleykin-10 ning oshishi kuzatilgani, ushbu biokimyoviy va immunologik ko‘rsatkichlar dinamikasi qushqo‘nmasning metabolik va immunomodulyasion ta’siri isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi: Er osti suvlari iste’moli natijasida katta so‘lak bezlarida kechadigan morfo-funksional o‘zgarishlarni aniqlash va davo-profilaktika usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor umumiy minerallashuvi yuqori bo‘lgan er osti suvini (institut hududidagi 20 metr chuqurlikdagi) iste’mol qilgan oq zotsiz kalamushlar katta so‘lak bezlarining parenximasida sekretor atsinuslar distrofiyasi va chiqaruvchi naychalar epiteliyida degenerativ o‘zgarishlar gistologik jihatdan aniqlangani, atsinuslar diametrining kichrayishi va stromaning nisbiy ulushining oshishi morfometrik o‘lchovlar orqali nazorat guruhi ko‘rsatkichlari bilan solishtirma tahlilda statistik jihatdan isbotlanganligi bo‘yicha takliflari Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 29.05.2024 yildagi №96-son hamda Navoiy viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 19.05.2025 yildagi №59-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: tadqiqot natijalari turli xil kimyoviy tarkibli er osti suvlarini iste’mol qilish orqali katta so‘lak bezi to‘qimasi va hujayralarida morfologik tuzilishini o‘rganish natijasida katta so‘lak bezda patologik holatning kelib chiqish patogenezi, morfogenezi va xarakterli o‘ziga xos patomorfologik belgilarini aniqlash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: umumiy minerallashuv darajasi yuqori bo‘lgan er osti suvlari iste’moli natijasida yuz bergan katta so‘lak bezi tuzilmalaridagi morfologik o‘zgarishlari inobatga olinishi, profilaktik-davolash chora tadbirlari uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Xulosa: tajribaviy tadqiqotlar va morfologik tekshirishlarni optimallashtirish hisobiga har bir tajribaviy tadqiqot usuli uchun sarflangan mablag‘ning 100000 so‘mgacha tejalishiga erishiladi.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor umumiy minerallashuvi yuqori er osti suvini iste’mol qilgan oq zotsiz kalamushlarga qushqo‘nmas biofaol qo‘shimchasi qo‘llanganda, katta so‘lak bezlari parenximasida atsinuslar diametrining ortishi, stroma ulushining kamayishi, chiqaruvchi naychalar epiteliy hujayralarida degenerativ belgilarning susayishi morfometrik o‘lchovlar orqali aniqlangan va mazkur ko‘rsatkichlarning korreksiyalanmagan guruh bilan solishtirganda nazorat guruhi qiymatlariga statistik jihatdan ishonchli darajada yaqinlashishi isbotlanganligi bo‘yicha takliflari Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 29.05.2024 yildagi №96-son hamda Navoiy viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 19.05.2025 yildagi №59-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: tadqiqot natijalari umumiy minerallashuv darajasi yuqori bo‘lgan er osti suvlarini iste’mol qilish bilan birga korreksiya maqsadida biofaol qo‘shimcha qo‘llash orqali katta so‘lak bezi to‘qimasi va hujayralarida morfologik tuzilish o‘rganildi. Natijada, katta so‘lak bezda patologik holatning kelib chiqish patogenezi, morfogenezi va xarakterli o‘ziga xos patomorfologik belgilarning kamayishi aniqlandi. Iqtisodiy samaradorligi: umumiy minerallashuv darajasi yuqori bo‘lgan er osti suvi bilan qushqo‘nmas iste’mol qilinganda yuz bergan katta so‘lak bezi tuzilmalaridagi morfologik o‘zgarishlarning normallashuvi natijasida, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 100000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan va iqtisodiy samaradorlikka erishilgan. Xulosa: qushqo‘nmas biofaol qo‘shimchasi qo‘llanganda, katta so‘lak bezlarida morfologik tuzilishida tiklanishiga va funksional faollashuviga yordam beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor umumiy minerallashuvi yuqori bo‘lgan er osti suvini iste’mol qilgan oq zotsiz kalamushlar so‘lagida pH ko‘rsatkichining ishqoriy tomonga statistik ishonchli siljishi, interleykin-6 miqdorining oshishi va lizotsim miqdorining kamayishi, IL-10 ko‘rsatkichi nazorat guruhidan statistik ishonchli kamayganligi yuqori minerallashgan er osti suviga xos patologik immun disbalans va bufer funksiyasi buzilishi sifatida aniqlanganligi bo‘yicha takliflari Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 29.05.2024 yildagi №96-son hamda Navoiy viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 19.05.2025 yildagi №59-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: tadqiqot natijalari umumiy minerallashuv darajasi yuqori bo‘lgan er osti suvlarini iste’mol qilgan oq zotsiz kalamushlarning so‘lagining biokimyoviy va immunologik tarkibidagi o‘zgarishlar natijasida katta so‘lak bezda patologik holatning kelib chiqish patogenezi va o‘ziga xos xarakterli belgilarini aniqlash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: umumiy minerallashuv darajasi yuqori bo‘lgan er osti suvlarini iste’mol qilish natijasida so‘lakning biokimyoviy va immunologik tarkibida yuzaga kelgan o‘zgarishlarni aniqlash patologik holatlar rivojlanishining mexanizmlarini ochib berishga, diagnostik noaniqlikni kamaytirishga xizmat qildi va natijada iqtisodiy samaradorlikka erishildi. Xulosa: umumiy minerallashuvi yuqori bo‘lgan suv iste’moli natijasida yuzaga keladigan o‘zgarishlar klinik jihatdan amaliyotga tadbiq etish, erta tashxislash, kasallikning rivojlanish darajasini aniqlashga yordam beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor korreksiya maqsadida qushqo‘nmas biofaol qo‘shimchasi qo‘llanilganda so‘lak pH ko‘rsatkichining neytral tomonga siljishi, natriy, mochevina va kreatinin miqdorining kamayishi, interleykin-6 ning pasayishi va interleykin-10 ning oshishi kuzatilgan; ushbu biokimyoviy va immunologik ko‘rsatkichlar dinamikasi qushqo‘nmasning metabolik va immunomodulyasion ta’siri isbotlanganligi bo‘yicha takliflari Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 29.05.2024 yildagi №96-son hamda Navoiy viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 19.05.2025 yildagi №59-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: umumiy minerallashuv darajasi yuqori bo‘lgan er osti suvlarini iste’mol qilgan va korreksiya qilish maqsadida qushqo‘nmas doni berilgan oq zotsiz kalamushlarning so‘lagining biokimyoviy va immunologik tarkibidagi o‘zgarishlar natijasi me’yorga yaqinligi, katta so‘lak bezda patologik holatning kelib chiqish patogenezi va o‘ziga xos belgilarini aniqlash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: umumiy minerallashuv darajasi yuqori bo‘lgan er osti suvlarini iste’mol qilish natijasida oq zotsiz kalamushlar so‘lagining biokimyoviy va immunologik tarkibida yuzaga kelgan o‘zgarishlarni o‘rganish patologik holatlarning rivojlanish mexanizmlarini aniqlash, diagnostik noaniqlikni kamaytirish hamda samarali davo-profilaktik chora-tadbirlarni ishlab chiqishga xizmat qildi. Natijada tibbiy-biologik tadqiqotlar samaradorligi oshirilib, iqtisodiy samaradorlikka erishildi. Xulosa: qushqo‘nmasning antioksidant va antiinflamator xususiyati tufayli og‘iz bo‘shlig‘i immuniteti oshishiga, asoratlarini kamaytirish, shuningdek, bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga ma’lum darajada yordam beradi.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Katta so‘lak bezlarining sifat tarkibi turlicha bo‘lgan ichimlik suvlari ta’siridagi morfofunksional o‘zgarishlarning o‘ziga xosligi» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashidan 2026 yil 12-mayda 08/21-son yagona xulosa olingan.