Ro‘zieva Gavhar Tohirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalar tish qatorlari okklyuzion sathidagi o‘zgarishlarida tish-jag‘ tizimidagi morfofunksional buzilishlar va ularni davo-profilaktikasi», 14.00.21 – Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Tib.3610.
Ilmiy rahbar: Saidov Akbar Ahadovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.06/2025.27.12.Tib.05.03.
Rasmiy opponentlar: Fozilov Uktam Abdurazzoqovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent; Sokolovich Nataliya Aleksandrovna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi)
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: bolalar tish qatorlari okklyuzion sathidagi o‘zgarishlarida tish-jag‘ tizimidagi morfofunksional buzilishlarni aniqlash va ularni davo-profilaktikasini takomilashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
vaqtinchalik tishlovda molyar tishlar toj qismi edirilganda ularni suyuq kompozit xom-ashyolar Bulk Fill Flow i Estelite Universal Flow, shuningdek kompomer Dyract XP i Twinky Star bilan tiklash yuqori samaradorligi isbotlangan;
doimiy tishlar toj qismi qisman nuqsonlarida CAD/CAM texnologiyasi asosida tayyorlangan qoplamalar bilan tiklash natijalari samaradorligi isbotlangan;
K1, K2 treynerlar qo‘yish va chaynov maydonchali plastinkalarni qo‘llash tish qatori anomaliyalarini davolash samarasi tish qatorida rivojlanadigan anomaliya va deformatsiyalarni kamaytirgani aniqlangan;
vaqtinchalik va doimiy tishlovdagi molyar tishlar erta yo‘qotilganda paydo bo‘ladigan tish-jag‘ tizimidagi morfofunksional o‘zgarishlarni profilaktikasi uchun qisman olinadigan plastinkali protezlarni qo‘llashning amaliy ahamiyati isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi. 
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tadbig‘i bo‘yicha 2025 yil 17 dekabrdagi 31/29- son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: vaqtinchalik tishlovda molyar tishlar toj qismi edirilganda ularni suyuq kompozit xom-ashyolar Bulk Fill Flow i Estelite Universal Flow, shuningdek kompomer Dyract XP i Twinky Star bilan tiklash yuqori samaradorligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: bolalarda molyar sut tishlari tojini tiklash, keyinchalik tish qatorlari anomaliya va deformatsiyalarni oldini olish bilan izohlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy - amaliy ma’lumotlar Samarqand viloyat stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (17.10.2025 yildagi 125-u- son) hamda Xorazm viloyat bolalar stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (05.06.2025 yildagi 50-I-son) klinik amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: olingan natijalar bolalarda tish qatorlari anomaliya va deformasiyalarni oldini olishga imkon berdi. Yuqoridagi sut molyar tishlarni tiklash usullari ushbu kontingentdagi bemorlarda stomatologik yordamni tashkil qilish hamda asoratlarning oldini olish uchun xizmat qildi. Iqtisodiy samaradorligi: bolalarda molyar sut tishlar tojini tiklash tish qatorlari anomaliya va deformatsiyalarni oldini olishdagi hamda yangi zamonaviy ishlab chiqilgan stomatologik davolash usulini o‘tkazish jarayonida har bir bemorga sarflangan mablag‘ning 420 ming so‘mgacha tejalishini ko‘rsatdi. Bu esa mablag‘i tejalishi, mukammallashtirilgan davolash jarayonini ta’minladi. Xulosa: bolalarda molyar sut tishlar toj qismini tiklash natijasida tish qatorlari anomaliya va deformatsiyalarni og‘ir holatlarga o‘tishi oldi olinadi. Tish qatorlari anomaliya va deformatsiyalari kasalliklarining tarqalishi, tuzilishi, klinikasi va kechishi (tabiati ortodontik davolashni davolashni boshlash muddatiga bog‘liq.
ikkinchi ilmiy yangilik: doimiy tishlar toj qismi qisman nuqsonlarida CAD/CAM texnologiyasida tayyorlanadigan qoplamalar bilan tiklash orqali davolash samaradorligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: doimiy tishlar toj qismi qisman nuqsonlarida CAD/CAM texnologiyasida tayyorlanadigan qoplamalar bilan tiklash orqali bolalarda tish qatorlari anomaliya va deformatsiyalarni oldi olingan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy - amaliy ma’lumotlar Samarqand viloyat stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (17.10.2025 yildagi 125-u- son) hamda Xorazm viloyat bolalar stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (05.06.2025 yildagi 50-I-son) klinik amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: doimiy tishlar toj qismi qisman nuqsonlarida CAD/CAM texnologiyasida tayyorlanadigan qoplamalar bilan tiklash orqali bolalarda tish qatorlari anomaliya va deformatsiyalarni samarali davolashga imkon berdi. Yuqoridagi davolash usullari ushbu kontingentdagi bemorlarda stomatologik yordamni tashkil qilish hamda asoratlarning oldini olish uchun xizmat qildi. Iqtisodiy samaradorligi: bolalarda tish qatorlari anomaliya va deformatsiyalarni ortodontik davolash jarayonida kelib chiqadigan gingivitlarni davolashda anor danagi moyidan va prapolis gelidan foydalanish jarayonida har bir bemorga sarflangan mablag‘ning 250 ming so‘mgacha tejalishini ko‘rsatdi. Bu esa mablag‘i tejalishi, mukammallashtirilgan davolash jarayonini ta’minladi. Xulosa: bolalarda tish qatorlari anomaliya va deformatsiyalarni ortodontik davolash jarayonida kelib chiqadigan gingivitlarni davolashda anor danagi moyidan va prapolis gelidan foydalanish bazaviy davolashga nisbatan samarali natija berdi.
uchinchi ilmiy yangilik: K1, K2 treynerlar qo‘yish va chaynov maydonchali plastinkalarni qo‘llash tish qatori anomaliyalarini davolash samarasi tish qatorida rivojlanadigan anomaliya va deformatsiyalarni kamaytirgani aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: K1, K2 treynerlar qo‘yish va chaynov maydonchali plastinkalarni qo‘llash bolalarda tish qatorlari anomaliya va deformatsiyalarni oldi olingan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Samarqand viloyat stomatologiya poliklinikasi buyicha buyruq (17.10.2025 yildagi 125-i son) hamda Xorazm viloyat bolalar stomatologiya poliklinikasi buyicha buyruq (05.06.2025 yildagi 50-I-son) klinik amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: K1, K2 treynerlar qo‘yish va chaynov maydonchali plastinkalarni qo‘llash bolalarda tish qatorlari anomaliya va deformatsiyalarni samarali davolashga imkon berdi. Yuqoridagi davolash usullari ushbu kontingentdagi bemorlarda stomatologik yordamni tashkil qilish hamda asoratlarning oldini olish uchun xizmat qildi. Iqtisodiy samaradorligi: tish qatorida rivojlanadigan anomaliya va deformatsiyalar davolashda K1, K2 treynerlar qo‘yish va chaynov maydonchali plastinkalarni qo‘llash har bir bemorga sarflangan mablag‘ning 250 ming so‘mgacha tejalishini ko‘rsatdi. Bu esa mablag‘ni tejalishi, mukammallashtirilgan davolash jarayonini ta’minladi. Xulosa: K1, K2 treynerlar qo‘yish va chaynov maydonchali plastinkalarni qo‘llash tish qatori anomaliyalarini davolash bazaviy davolashga nisbatan samarali natija berdi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: vaqtinchalik va doimiy tishlovdagi molyar tishlar erta yo‘qotilganda paydo bo‘ladigan tish-jag‘ tizimidagi morfofunksional o‘zgarishlarni profilaktikasi uchun qisman olinadigan plastinkali protezlarni qo‘llashning amaliy ahamiyati isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: sut molyar va doimiy molyar tishlar erta yo‘qotilganda qisman olinadigan plastinkali protezlarni qo‘llash orqali tish qatorlari anomaliya va deformatsiyalarini oldi olingan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Samarqand viloyat stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (17.10.2025 yildagi 125-i son) hamda Xorazm viloyat bolalar stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (05.06.2025 yildagi 50-I-son) klinik amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: sut molyar va doimiy molyar tishlar erta yo‘qotilganda qisman olinadigan plastinkali protezlarni qo‘llash, rivojlanadigan anomaliya va deformatsiyalarni oldini olishga imkoni berdi. Yuqoridagi davolash usullari ushbu kontingentdagi bemorlarda stomatologik yordamni tashkil qilish hamda kasalliklarning asoratlarini oldini olish uchun xizmat qildi. Iqtisodiy samaradorligi: bolalarda tish qatorlari anamaliya va deformatsiyalarni davo-profilaktika usullari ushbu kontingentdagi bemorlarda stomatologik yordamni tashkil qilish hamda kasalliklarning oldini olish uchun xizmat qildi. Tavsiya etilayotgan ushbu profilaktika usullari har bir bemorga sarflangan mablag‘ning 230 ming so‘mgacha tejalishini ko‘rsatdi. Bu esa mablag‘ni tejashni, mukammallashtirilgan tashxislash jarayonini ta’minladi. Xulosa: sut molyar va doimiy molyar tishlar erta yo‘qotilganda qisman olinadigan plastinkali protezlarni qo‘llash, rivojlanadigan anomaliya va deformatsiyalarni oldini olishga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish