Ashurov Akmal Xusanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Chov churralarda endovideojarrohlik protezli gernioplastikaning o‘ziga xos jihatlari», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Tib6321.
Ilmiy rahbar: Rizaev E’zoz Alimjanovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.17.03.
Rasmiy opponentlar: Jong Woo Kim, professor (Janubiy Koreya); Mamaradjabov Sobirjon Ergashevich, tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
II. Tadqiqotning maqsadi: chov churralarini jarrohlik yo‘li bilan davolash natijalarini endovideojarrohlik TAPP, TEP va e-TEP usullarini taqqoslama baholash va mushak-aponevrotik karkasni ul`tratovush baholashi asosida usulni tanlashning differensial algoritmini ishlab chiqish orqali yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ikki bosqichli dizaynda (220 bemor) uchta endovideojarrohlik usulining — TAPP, TEP va e-TEP — kompleks taqqoslanishi o‘tkazilgan bo‘lib, e-TEP usuli ishonchlilik bo‘yicha TAPP usulidan past emasligi (residivlar 2,0 % ga qarshi 3,8 %; p > 0,05) ishonchli tarzda isbotlangan;
chov sohasi qiyshiq mushaklari atrofiyasini miqdoriy baholashning ul`tratovush usuli (asimmetriya koeffisienti) nazorat guruhi bo‘yicha normal qiymatlar bilan ishlab chiqilgan va atrofiya darajasi bilan residiv xavfi o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlik aniqlangan (r = 0,51; p < 0,01);
e-TEP usulining kamroq operatsion jarohatliligi sistemali yallig‘lanish va stress-reaksiya markyorlari dinamikasi bo‘yicha ob’ektiv isbotlangan (SRB, IL-6 va kortizol 24 va 72 soatdan keyin ishonchli tarzda past), bu fiksatsiyalanmagan ekstraperitoneal plastika afzalligi asoslangan;
usulni tanlashning ball algoritmi mushaklarning ul`tratovush atrofiyasi, churra o‘lchami, tana massasi indeksi va anamnez asosida ishlab chiqilgan va validatsiya qilingan bo‘lib, yuqori prognostik qimmatga ega ekanligi aniqlangan (asoratlar uchun AUC 0,81 va residiv uchun 0,84).
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Chov churralarida endovideo-jarrohlik protezli gernioplastikaning o‘ziga xos jihatlarini o‘rganish va davolash natijalarini yaxshilash bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 05.03.2026 y. 04/01-son xulosasi):
birinchi ilmiy yangilik: ikki bosqichli dizaynda (220 bemor) uchta endovideojarrohlik usulining — TAPP, TEP va e-TEP — kompleks taqqoslanishi o‘tkazilgan bo‘lib, e-TEP usuli ishonchlilik bo‘yicha TAPP usulidan past emasligi (residivlar 2,0 % ga qarshi 3,8 %; p > 0,05) ishonchli tarzda isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Qarshi shahar tibbiyot birlashmasi (21.01.2026 y. 51-son buyrug‘i) va Qashqadaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (21.01.2026 y. 251 Ch-son buyrug‘i) amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: Ikki bosqichli dizaynda (retrospektiv 118 bemor + prospektiv 102 bemor) TAPP, TEP va e-TEP metodikalarining qiyosiy tahlili asosida implantatni ekstraperitoneal pozisiyalash usulining ustuvorligini asoslash qorin bo‘shlig‘i a’zolari va epigastral tomirlar shikastlanishi xavfini sezilarli darajada kamaytiradi. Prospektiv tadqiqotda konversiyalar va og‘ir intraoperatsion asoratlar qayd etilmadi, Klav`en–Dindo bo‘yicha asoratlar har ikki guruhda asosan engil va teng chastotada kuzatildi. Bu jarrohlik aralashuv xavfsizligini oshiradi va bemorlarning davolanish natijalarini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Prospektiv tadqiqotda e-TEP usuli natijasida residivlar chastotasi TAPP dagi 3,8 % dan 2,0 % gacha, surunkali og‘riq sindromi esa 7,5 % dan 4,1 % gacha kamaydi. Bu takroriy jarrohlik aralashuvlar va surunkali og‘riqni davolashga yo‘naltiriladigan qo‘shimcha xarajatlarning kamayishiga olib keldi hamda sog‘liqni saqlash tizimi uchun mablag‘ tejamkorligini ta’minladi. Xulosa: TAPP, TEP va e-TEP metodikalarining kompleks taqqoslanishi asosida e-TEP usulining ishonchlilik bo‘yicha TAPP dan past emasligi va bezararlik bo‘yicha ustuvorligi jarrohlik usulini tanlashda xavfsiz va oqilona yondashuvni ta’minlaydi, bu esa asoratlar va residiv chastotasini kamaytiradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: chov sohasi qiyshiq mushaklari atrofiyasini miqdoriy baholashning ul`tratovush usuli (asimmetriya koeffisienti) nazorat guruhi bo‘yicha normal qiymatlar bilan ishlab chiqilgan va atrofiya darajasi bilan residiv xavfi o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlik aniqlangan (r = 0,51; p < 0,01). Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Qarshi shahar tibbiyot birlashmasi (21.01.2026 y. 51-son buyrug‘i) va Qashqadaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (21.01.2026 y. 251 Ch-son buyrug‘i) amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: Mushak-aponevrotik karkas holatini ul`tratovush yo‘li bilan ob’ektiv baholash va atrofiya darajasi bilan residiv xavfi o‘rtasidagi to‘g‘ri bog‘liqlikni (r = 0,51) aniqlash operatsiyadan oldin karkas nokifoyatligi yuqori bo‘lgan bemorlarni ajratish va differensial jarrohlik taktikasini tanlash imkonini beradi. O‘rtacha 18,6 oy kuzatuv davomida churra residivi TAPP usulida 2 bemorda (3,8 %), e-TEP usulida 1 bemorda (2,0 %) qayd etildi; residivgacha o‘rtacha muddat TAPP da 11,5 ± 3,1 oy, e-TEP da 9 oy bo‘ldi. Bemorlarning mehnatga qaytishi tezlashdi va vaqtincha mehnatga layoqatsizlik kunlari kamaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Mushak karkasining ul`tratovush bahosini joriy etish va differensial yondashuvni qo‘llash intraoperatsion va operatsiyadan keyingi asoratlar, to‘r siljishi hamda residiv chastotasini kamaytirish hisobiga takroriy jarrohlik aralashuvlar va qo‘shimcha davolash xarajatlarini qisqartiradi. Natijada har bir bemor hisobiga iqtisodiy tejamkorlikka erishiladi. Xulosa: Qiyshiq mushaklar atrofiyasini ul`tratovush yo‘li bilan miqdoriy baholash va uning residiv xavfi bilan bog‘liqligini aniqlash operatsiyadan oldin yuqori xavfli bemorlarni ajratish hamda jarrohlik taktikasini maqbullashtirish imkonini beradi, bu residiv chastotasini kamaytiradi va eng yaxshi klinik natijalarni ta’minlaydi.
uchinchi ilmiy yangilik: e-TEP usulining kamroq operatsion jarohatliligi sistemali yallig‘lanish va stress-reaksiya markyorlari dinamikasi bo‘yicha ob’ektiv isbotlangan (SRB, IL-6 va kortizol 24 va 72 soatdan keyin ishonchli tarzda past), bu fiksatsiyalanmagan ekstraperitoneal plastika afzalligi asoslangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Qarshi shahar tibbiyot birlashmasi (21.01.2026 y. 51-son buyrug‘i) va Qashqadaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (21.01.2026 y. 251 Ch-son buyrug‘i) amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: Ob’ektiv markyorlar e-TEP usulining kamroq operatsion travmatikligini tasdiqlaydi: operatsiyadan 24 soat o‘tgach SRB e-TEP guruhida 22,9 ± 6,2 mg/l, TAPP da 28,7 ± 7,1 mg/l; 72 soatdan keyin — mos ravishda 11,8 ± 3,7 va 16,1 ± 4,9 mg/l. IL-6 darajasi 24 soatdan keyin 33,4 ± 7,2 va 41,8 ± 8,6 pg/ml, 72 soatdan keyin — 13,9 ± 4,3 va 18,6 ± 5,1 pg/ml bo‘ldi. Fiksatsiyasiz pozisiyalash usuli qon tomirlar va nervlarga yuklamani kamaytirib, surunkali chov og‘rig‘i sindromi rivojlanish ehtimolini pasaytiradi: 3 oydan ortiq davom etadigan surunkali chov og‘rig‘i TAPP usulidan keyin 4 bemorda (7,5 %), e-TEP usulida 2 bemorda (4,1 %) kuzatildi — bu 3,4 % ga yaxshilanish demakdir va bemorlarning hayot sifatini sezilarli darajada oshiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Fiksatsiyasiz metodika qo‘llanilganda gerniostepler sarfi kamayib, har bir operatsiyada o‘rtacha 800000–1000000 so‘m xarajat tejaldi, bu esa umumiy jarrohlik xarajatlarini taxminan 12–15 % ga kamaytirish imkonini berdi. Xulosa: Sistemali yallig‘lanish va stress markyorlari bo‘yicha ob’ektiv isbotlangan e-TEP usulining kamroq travmatikligi fiksatsiyasiz ekstraperitoneal plastikani qo‘llash imkonini beradi, surunkali og‘riq sindromi chastotasini kamaytiradi, jarrohlik xarajatlarini qisqartiradi va davolash natijalarini sezilarli yaxshilaydi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: usulni tanlashning ball algoritmi mushaklarning ul`tratovush atrofiyasi, churra o‘lchami, tana massasi indeksi va anamnez asosida ishlab chiqilgan va validatsiya qilingan bo‘lib, yuqori prognostik qimmatga ega ekanligi aniqlangan (asoratlar uchun AUC 0,81 va residiv uchun 0,84). Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Qarshi shahar tibbiyot birlashmasi (21.01.2026 y. 51-son buyrug‘i) va Qashqadaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (21.01.2026 y. 251 Ch-son buyrug‘i) amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: Mushaklarning ul`tratovush atrofiyasi, churra o‘lchami, tana massasi indeksi va anamnezni hisobga olgan holda endovideojarrohlik usulini tanlashning ball algoritmini joriy etish jarrohlik taktikasini individuallashtirish va optimallashtirish imkonini beradi. Algoritm asoratlar uchun AUC 0,81 va residiv uchun 0,84 qiymatlari bilan yuqori prognostik qimmatni namoyon etadi, bu davolash sifatini oshiradi hamda bemorlarning yaqin va uzoq muddatli natijalarini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Usul tanlash algoritmini qo‘llash e-TEP guruhida gospitalizatsiya muddatini 3,8 ± 0,8 koyko-kundan 2,9 ± 0,6 koyko-kungacha, ya’ni 0,9 kunga qisqartirdi. Bir koyko-kun o‘rtacha 500000 so‘m deb hisoblanganda, har bir bemor hisobiga 450000 so‘m tejamkorlik ta’minlandi. Yiliga 100 ta operatsiya bajarilganda bu 45000000 so‘m iqtisod qilish imkonini beradi. Xulosa: Yuqori prognostik qimmatga ega (asoratlar uchun AUC 0,81 va residiv uchun 0,84) ball algoritmini joriy etish jarrohlik taktikasini optimallashtiradi, gospitalizatsiya muddatini qisqartiradi va sog‘liqni saqlash tizimi uchun sezilarli iqtisodiy samara beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish